Ызбекистон Республикаси Олий ва


Tuproq  qoplamining atmosfera va gaz tarkibiga ta’siri  vazifasi



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/80
Sana01.01.2022
Hajmi0,83 Mb.
#282782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Tuproqshunoslikvaosimlikshunoslikasoslari.oquvqollanma.

6.Tuproq  qoplamining atmosfera va gaz tarkibiga ta’siri  vazifasi. 

Fotosintezda  karbonat  angidridning  birikishida,  azotning  to„planishi,  kislorod  

va vodorodning to„planishida dinetrifikatsiya, disulfikatsiya, oksidlanish qaytarilish 

nafas olish va hokazo. 

 Kishilar tuproqni insoniyat tarixida, qadim zamonlardan beri o„rganib kelganlar 

va  bu  insoniyat  tarixi  bilan  o„zaro  chambarchas  bogliqdir.  Tuproq  to„g„risidagi 

dastlabki  ma‟lumotlar  eramizdan  3-4  ming  yil  ilgari  xitoylar,  greklar  va  rimliklar 

yozib  qoldirgan  asarlarida  uchratiladi.  Eramizdan  4  asr  oldin  yashagan  faylasuf 

Aristotel  va  botanik  Teofast  asarlarida  tuproqning  xossalari  va    o„simliklarning 

oziqlanishi  haqida  ilk  ma‟lumotlari  yozilgan.  Markaziy  Osiyo,  jumladan,  Eronda  

istiqomat  qilgan  buyuk  allomalarimizdan  Beruniy,  Ibn  Sino  asarlarida  va 

“Qobusnomada”  Avestoda  tuproq  to„g„risida,  uni  sug„orish,  ishlov  berish  va 

hosildorlikni  oshirish  masalalari,  turli  kimyoviy  zaharli  moddalardan  muhofaza 

qilish  bayon etilgan.  

O„zbek xalqining O„rta asrda yashab o„tgan ulug„ olimi Aburayxon Muhammad 

ibn  Ahmad  Beruniy  litosferadagi  foydali  va  qimmatbaho  minarallarning  fizikaviy 

xossalarini  o„rganish  va  aniqlashda  olamshumul  ilmiy  tadqiqot  olib  bordi  va 

javohirlarni  bilishga  oid  ma‟lumotlar  nomli  genial  asarini  yozib  qoldirdi. 

Beruniyning    bu  qimmatli  asari    ona  jins  va  tuproq  mineral  qismining  fizikaviy 

xossalarini o„rganishda  dastlabki muhim dastur va qo„llanma hisoblanadi.    

Bundan  tashqari  1563-yilda  fransuz  olimi  Bernar  Tomasning  qishloq 

xo„jaligidagi turli tuzlar haqida asari nashr qilindi Bu asarda tuproq  o„simliklarning 

mineral oziq moddalar bilan ta‟min etadigan asosiy vositaligini to„g„ri bayon etiladi. 

XVIII  asrning  ikkinchi  yarimida  Rossiyada  ilmiy  bilimlar  sezilarli  darajada 

rivojlandi.  Bu  sohada  ulug  rus  olimini  Mixail  Vasilyevich  Lomonosovning 

xizmatlari juda kattadir. 

Keyinchalik      o„simliklar  faqat  suv  bilan  oziqlanadi  degan  nazariyasi,  gumus 

nazariyasi  va  hokazolar    paydo  bo„ldi.  1840-yilda  nemis  olimi  Yustus  Libix  yashil  

o„simliklar tuproqdan oziq moddalarni mineral birikma holdagina oladi degan to„g„ri 

fikrni bayon etadi. 

Ilm-fan  sifatida  tuproqshunoslik  fani  mamlakatimizda    XIX  asrning  oxirlarida 

ulug„  rus  olimlari  V.V.Dokuchayev,  P.A.Kostichev,  N.M.Sibirsev,  V.R.Vilyams 

g„oyalari  va asarlari tufayli  shakllana boshlandi va rivojlandi.  

V.V.Dokuchayev  tuproqshunoslikning  asosiy  yo„nalishlarini    ishlab  chiqdi  va 

tuproq  to„grisidagi  ilmiy  tushunchani  tavsiya  etdi.  V.V.Dokuchayev  tomonidan 

yaratilgan tuproq haqidagi fan genetik tuproqshunoslik deb nomlanadigan bo„ldi. 




 

N.M.Sibirsev, V.V.Dokuchayev  tuproqlar klassifikatsiyasini yaratdilar va unga 



aniqliklar kiritdilar. 

O„rta  Osiyo tuproqlarini  o„rganishda va klasifikatsiya qilishda S.S.Neustruyev, 

N.A.Dimoning  qilgan  xizmatlari  muhum  rol  o„ynaydi.  Tuproqshunoslikning 

agronomik  va  biologik  yo„nalishlarini  yanada  rivojlantirishga,  ayniqsa,  organik 

moddalarni  o„rganishda  katta  hissa  qo„shgan  rus  akademigi  V.R.Vilyams,  tuproq 

kimyosiga  akademik K.K.Gedroys hisoblanadi. 

O„rta Osiyoda bir guruh yirik olimlardan I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, A.A.Rode, 

N.A.Rozanov, 

N.A.Kachinskiy, 

M.A.Orlova, 

S.N.Ro„jov, 

A.M.Pankov, 

N.V.Kimberg,  M.U.Umarov,  M.B.Boxodirov  va  boshqalarning    tuproqlar 

geografiyasi,  fizikasi,  melioratsiyasi  va  hokazalarni  o„rganishga  o„zlarining    ulkan 

xizmatlarini qo„shishgan. 

 

              Sinov savollari:  



     1. Tuproq  deganda nimani tushunasiz? 

 

2. Tuproqshunoslik fanining paydo bo„lishi haqida sizning fikringiz? 



     3. Tuproqning biosferadagi roli? 

4.  Tuproqshunoslik fanining asoschilari. 

5.  Tuproqshunoslikning hozirgi zamon muammolari. 

6. O„zbekistondagi yirik tuproqshunos olimlardan kimlarni bilasiz? 

7. Tog„ jinsining tuproqdan farqi bormi? 

8. V. Dokuchayevning safdoshlari kimlar? 

      9. Tuproqqa ta‟rif bering. 

 

 10. V.V.Dokuchayevning tuproqqa bergan ta‟rifi qanday?     



 


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish