zarur sharoitlar bilan ta‟min etish xususiyati tuproqning asosiy va tog„ jinslarining
xo„jalik fan yutuqlaridan foydalangan holda unumdorlikni oshirish va yaxshilashga
O„simlik hayoti uchun zarur bo„lgan oziqaviy moddalar, suv, havo va issiqlik
Masalan, serchirindili, donador strukturali tuproqlarda o„simlik hayoti uchun
Tuproqlarni mukammal o„rganish, ulardan foydalanish usullarini, beriladigan
turli o„g„itlarni to„g„ri qo„llash, melioratsiya va sug„orish kabi agrotexnikaviy
5
tadbirlarni amalda joriy etish tuproq unumdorligini oshirish yo„li bilan ekinlardan
yanada ko„proq hosil olish kabi muammolarni hal etish tuproqshunoslik fani oldida
turgan hozirgi zamonning eng muhim vazifalari hisoblanadi.
Chunki, tuproqlar bizni yediradi, kiydiradi, to„ydiradi, demak, shunday ekan,
tuproqlarimizni asrab avaylash biz tuproqshunoslarni oldidagi eng asosiy
vazifamizdir.
Ota bobolarimiz diyorimiz tuproqlarini zar, suvini kavsar deb aytishlari bejiz
emas. Masalan, qora tuproqlarni chirindisi 8-10 foizni tashkil qiladi. O„zbekiston
tuproqlarning chirindisi 1-1,5 foizni tashkil qiladi, lekin hosildorlik jihatidan bu
tuproqlar bir xil. Chunki O„zbekiston tuproqlarining xossa va xususiyatlari juda
yaxshi (tuproqning singdirish sig„imida kalsiy elementining ko„pligi, ser
karbonatliligi) hisoblanadi.
Tuproq mustaqil tabiiy jism bo„lib, o„ziga xos tuzilishga, tarkibga va bir qancha
xossa va xususiyatlarga ega.
Tuproq yer sharining barcha qobiqlari hayotida katta rol o„ynaydi va quyidagi
qator vazifalarni bajaradi:
1. Tuproqning bioekologik vazifasi. Tuproq ekologiya manbayi va muhiti
bo„lib, unda ko„plab organik moddalar to„planadi. Tuproqdagi ko„p sonli makro va
mikroorganizmlar yer sharidagi barcha tirik organizmlarning ajralmas qismidir.
2. Tuproq qoplamining bioenergetik vazifasi.
Tuproqlarda o„simliklar har yili yerda taxminan n *10 darajali 17 kkal
miqdorda kimyoviy aktiv energiya to„playdi. Chirindi va organik qoldiqlarda
to„planadigan bu energiya tuproqdagi turli organizmlarning yashash faoliyati va
tuproq paydo bo„lishidagi kechadigan jarayonlarni borishi uchun sarflanadi. 1 gr.
tuproq biomassasi oksidlanganda va yonganda 2-3 kkal issiqlik energiyasi ajraladi.
Yerdan noto„g„ri foydalanish uni turli kasalliklarga duchor qilish natijasida
unumdorlik pasayadi va bioqatlamdagi muvozanat buziladi. Demak, dehqonchilik
madaniyatini ko„tarish kerak, bu tuproq qoplamining bioenergetik vazifasidan
to„g„ri foydalanish imkonini beradi.
3. Tuproq qoplamining azot oqsili to‘plash vazifasi.
Tuproq o„simlik tarzidagi ekologik sistema. Atmosferadagi molekular azotni
to„plab, ularni aminokislotalar va oqsillarga aylantirish xusuiyatiga ega. 1 tonna
chirindi 15-40 kg azotni to„plash uchun yetarli bo„lgan energiya manbayiga ega.
Yer yuzasi quruqlik qismi tuproqlaridagi azotning biologik fiksatsiyalanishi har
yili 140 mln tonnani tashkil qiladi.
4. Tuproq qoplamining biokimyoviy vazifasi.
Tuproqda to„planadigan biologik yig„ilma turli kimyoviy elementlar va ular
birikmalarning manbayi ham hisoblanadi.
O„simlik ildiz sistemasi tuproqning pastki qatlamida S, N, N, O, P, Ca, S, K,
Mg, Al, Si, Zn ni surib oladi va tuproq qatlamlarida to„plash imkonini beradi.
O„simlik-hayvonot olami mikroorganizmlar sistemasi tuproqda turli
oziq moddalarni tuplanishini va tabiatdagi biogeokimyoviy aylanishida katta rol
o„ynaydi .
6
5.
Tuproq qoplamining gidrologik vazifasi.
Tuproqda
atmosfera
yog„inlaridan
to„planadigan
bug„simon suvlar
kondensatsiyalanib quyuqlashadi va erkin suvga aylanadi. Natijada bu suvlar
tuproqning pastki qatlamlariga sizib o„tadi va sizot suvlarini hosil qiladi. Quruq
iqlimli yer osti suvlari oqimi qiyin bo„lgan maydonlarda yuqori minirallashgan
suvlar to„planib tuproqlarning sho„rlanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: