Dengiz yotqiziqlari - dengiz tagida va qirg„oqlarida uchraydigan turli xil
mexanikaviy tarkibdagi to„plam qoldiqlaridan iborat. Dengiz qirg„oqlarida asosan
mayda shag„al, yirik qum va qum kabi yirik mexanikaviy elementlar yig„ilgan
bo„lib, qirg„oqdan uzoqlashgan sayin fizikaviy loy va loyqalarga o„xshash mayda
zarrachalar to„planadi. Bu yotqiziqlar tarkibida ko„p miqdorda kimyoviy birikmalar,
jumladan, xlorid va sulfatlardan iborat suvda tez eruvchan tuzlar ko„p, ular ma‟lum
darajada sho„rlangandir. Orol va Kaspiy dengizi qirg„oqlariga yaqin bo„lgan past
tekisliklargacha tarqalgan u yotqiziqlarda sho„rlangan tuproqlar paydo bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |