Ызбекистон Республикаси Олий ва



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/80
Sana13.09.2021
Hajmi0,83 Mb.
#173520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Tuproqshunoslikvaosimlikshunoslikasoslari.oquvqollanma.

Tuproq  unumdorligi  -  o„simliklarning  suv  va  oziq  moddalar,    shuningdek, 

zarur  sharoitlar  bilan  ta‟min  etish  xususiyati  tuproqning  asosiy  va  tog„  jinslarining 

farq qiladigan sifati va xossalaridan biridir. 

Tuproq unumdorligini to„liq  va har tomonlama o„rganish, uni oshirish,  qishloq 

xo„jalik fan yutuqlaridan foydalangan holda  unumdorlikni oshirish va yaxshilashga 

qaratilgan tadbirlarni  ishlab chiqish  asosiy va muhim  vazifadir. 

Demak, tuproq o„zining unumdorlik xususiyati bilan tog„ jinsidan farq qiladi. 

O„simlik  hayoti  uchun  zarur  bo„lgan  oziqaviy  moddalar,  suv,  havo  va  issiqlik 

qay darajada bo„lishiga qarab, unumdorlik turli tuproqlarda turlicha bo„ladi. 

Masalan, serchirindili, donador strukturali  tuproqlarda  o„simlik hayoti uchun  

zarur  sharoit  qulayligi sababli uning unumdorligi yaxshi bo„ladi. 

Tuproqlarni  mukammal  o„rganish,  ulardan  foydalanish  usullarini,  beriladigan 

turli  o„g„itlarni  to„g„ri  qo„llash,  melioratsiya  va  sug„orish  kabi  agrotexnikaviy 



 

tadbirlarni  amalda  joriy  etish  tuproq  unumdorligini  oshirish  yo„li  bilan  ekinlardan 



yanada ko„proq hosil olish kabi muammolarni hal etish tuproqshunoslik fani oldida 

turgan hozirgi zamonning eng muhim vazifalari hisoblanadi. 

Chunki,  tuproqlar  bizni  yediradi,  kiydiradi,  to„ydiradi,    demak,  shunday  ekan, 

tuproqlarimizni  asrab  avaylash  biz  tuproqshunoslarni  oldidagi  eng  asosiy 

vazifamizdir. 

Ota  bobolarimiz  diyorimiz  tuproqlarini  zar,  suvini  kavsar  deb  aytishlari  bejiz 

emas.  Masalan,  qora  tuproqlarni  chirindisi  8-10  foizni  tashkil  qiladi.  O„zbekiston  

tuproqlarning  chirindisi  1-1,5  foizni  tashkil  qiladi,    lekin  hosildorlik  jihatidan  bu 

tuproqlar  bir  xil.  Chunki  O„zbekiston  tuproqlarining  xossa  va  xususiyatlari    juda 

yaxshi    (tuproqning  singdirish    sig„imida    kalsiy  elementining  ko„pligi,  ser 

karbonatliligi) hisoblanadi. 

Tuproq mustaqil tabiiy jism bo„lib, o„ziga xos tuzilishga, tarkibga va bir qancha 

xossa va xususiyatlarga ega. 

Tuproq  yer  sharining  barcha  qobiqlari  hayotida  katta  rol  o„ynaydi  va  quyidagi 

qator vazifalarni bajaradi: 

 

1.  Tuproqning  bioekologik  vazifasi.  Tuproq  ekologiya  manbayi  va  muhiti 



bo„lib, unda ko„plab organik moddalar to„planadi. Tuproqdagi ko„p sonli makro va 

mikroorganizmlar yer sharidagi barcha tirik organizmlarning ajralmas qismidir. 

2. Tuproq qoplamining bioenergetik vazifasi.  

Tuproqlarda  o„simliklar  har  yili  yerda  taxminan  n  *10  darajali  17  kkal  

miqdorda  kimyoviy  aktiv  energiya  to„playdi.  Chirindi  va  organik  qoldiqlarda 

to„planadigan  bu  energiya  tuproqdagi  turli  organizmlarning  yashash  faoliyati  va 

tuproq    paydo  bo„lishidagi    kechadigan  jarayonlarni  borishi  uchun  sarflanadi.  1  gr. 

tuproq biomassasi oksidlanganda va yonganda 2-3 kkal issiqlik energiyasi ajraladi. 

Yerdan  noto„g„ri  foydalanish  uni  turli  kasalliklarga  duchor  qilish  natijasida  

unumdorlik  pasayadi  va  bioqatlamdagi  muvozanat  buziladi.  Demak,  dehqonchilik 

madaniyatini  ko„tarish  kerak,  bu  tuproq  qoplamining  bioenergetik    vazifasidan 

to„g„ri foydalanish imkonini beradi. 

3. Tuproq qoplamining azot oqsili to‘plash vazifasi. 

Tuproq    o„simlik  tarzidagi  ekologik  sistema.  Atmosferadagi  molekular  azotni 

to„plab,  ularni  aminokislotalar  va  oqsillarga  aylantirish  xusuiyatiga  ega.    1  tonna 

chirindi 15-40 kg  azotni   to„plash uchun yetarli bo„lgan energiya manbayiga ega. 

Yer yuzasi quruqlik qismi tuproqlaridagi  azotning biologik fiksatsiyalanishi har 

yili 140 mln  tonnani tashkil qiladi. 

4.  Tuproq qoplamining biokimyoviy vazifasi. 

Tuproqda  to„planadigan  biologik  yig„ilma  turli  kimyoviy  elementlar  va  ular 

birikmalarning manbayi ham hisoblanadi. 

  O„simlik ildiz sistemasi tuproqning pastki qatlamida  S,  N, N, O, P, Ca, S, K,  

Mg, Al, Si, Zn ni surib oladi va tuproq  qatlamlarida   to„plash imkonini beradi. 

  O„simlik-hayvonot olami mikroorganizmlar sistemasi  tuproqda turli  

oziq    moddalarni    tuplanishini  va  tabiatdagi  biogeokimyoviy  aylanishida  katta  rol  

o„ynaydi . 



 

 



5.  Tuproq qoplamining gidrologik vazifasi. 

Tuproqda 

atmosfera 

yog„inlaridan 

to„planadigan 

bug„simon  suvlar 

kondensatsiyalanib  quyuqlashadi  va  erkin  suvga  aylanadi.  Natijada    bu  suvlar 

tuproqning  pastki    qatlamlariga  sizib  o„tadi  va  sizot  suvlarini    hosil    qiladi.  Quruq 

iqlimli  yer osti suvlari oqimi qiyin      bo„lgan maydonlarda yuqori minirallashgan 

suvlar to„planib tuproqlarning  sho„rlanishiga olib keladi. 




Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish