Sinov savollari:
1. Tuproq morfologiyasi deganda sizni tushunchangiz?
2. Genetik qatlamlar to„g„risida gapiring.
3. Tuproq morfologiyasi dala va laboratoriya sharoitda qaysi usullar yordamida
o„rganiladi?
4. Qo„shilma tuproq hosil bo„lish jarayonida ishtirok etadimi yoki yo„qmi,
tushuntirib bering.
5. Tuproqni zichligi qanday bo„ladi?
6. Dala sharoitida tuproqni mexanik tarkibi qanday aniqlandi?
7. Tuproq strukturasi nima?
O‘ZBEKISTON TUPROQLARI
TUPROQLARNI MUHOFAZA QILISH
TUPROQSHUNOSLIKNING HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI
O‘zbeksiton tuproqlari , tuproqlarni muhofaza qilish va saqlash hozirgi
zamonning eng dolzarb muammolaridir.
O„zbekiston tabiiy iqlim sharoitlarining murakkabligi bu yerda tuproqlarning
turlicha bo„lishini hamda qishloq xo„jaligida foydalaniladigan yerlarning o„ziga xos
xususiyatlarini belgilaydi. Keyingi paytlarda insonlarning aktiv ta‟siri natijasida
yerdan foydalanish sohasida katta o„zgarishlar ro„y bermoqda
O„zbekiston Respublikasining territoriyasi asosan cho„l zonasida joylashgan
bo„lib, unda asoan sur-qo„ng„ir tuproqlar 25,26%, qumli cho„l tuproqlar 30,34 keng
tarqalgan, bo„z tuproqlar 23%, qo„ng„ir va jigarrang tuproqlar 4,5% tashkil qiladi.
Taqir tuproqlar bor
4% sho„rxok tuproqlar - 4% tashkil qiladi.
Sug„oriladigan yerlarning 60 % ga yaqinini bo„z tuproqlar mintaqasida,
qolganlari cho„l zonasida joylashgan. Sug„oriladigan yerdarda yarimgidromorf va
gidromorf tuproqlarning eng ko„p qismi Xorazm viloyatida bo„lib, yer osti sizot
suvlari 1 m dan yuqori bo„lgan maydonlar 19% ni, 1-2 m dan yuqori bo„lgan
maydonlar esa 8% tashkil etadi. Bu tuproqlar daryo va deltalarda vodiylarda keng
tarqalgan.
( Mirzacho„l, Qarshi, Farg„ona).
Tuproqlardan ko„proq foydalanish maqsadida ko„p joylar o„zlashtirilmoqda.
Chunki cho„l zonasi tuproqlarda sho„rlanish jarayoni ketayapti, bu hosildorlikni
ancha pasaytirishga olib keladi. Bu jarayon ayniqsa cho„l zonasida va och tusli bo„z
tuproqlar zonasida kuchli bormoqda.
1987-yilda O„zbekistonning sug„oriladigan yerlarida turli darajada sho„rlangan
maydonlar 1970,7 ming gektar bo„lib, jumladan kam sho„rlangan 1117,7 ming
24
gektar, o„rtacha sho„rlanish 611,2 va kuchli sho„rlangan 241,8 ming gektarni tashkil
qiladi.
Demak, sho„rlangan tuproqlar - 55,4%
kuchli sho„rlangan tuproqlar - 25,2%
o„rtacha sho„rlangan tuproqlar - 13,4%
kuchli sho„rlangan tuproqlar - 5,8%
juda kuchli sho„rlangan tuproqlar - 0,2% tashkil qiladi.
Bu olingan ma‟lumotlar 1990-yilgacha olingan ma‟lumotlardir.
Dehqonchilik qilinadigan joylarda ekinlarni joylashtirishni ilmiy jihatdan
asoslanmagan sistemalarini qo„llash natijasida tuproqlar suv va shamol eroziyasini
kuchaytirishga olib kelmoqda.
Eroziya (lotincha o„yilish, yemirilish) suv va shamol ta‟sirida tuproqning
yemrilish jarayonidir. Tuproq eroziyasi kelib chiqishiga qarab suv eroziyasi va
shamol eroziyasiga bo„linadi.
Tuproqlarni muhofaza qilish tuproqlarni eroziyadan saqlashdir. Buning uchun
turli ixota daraxtlarni o„tkazish, tog„li rayonlarda ko„ndalangiga terrassalash va
boshqa tadbirlarni amalga oshirish. Yerlarni sho„rlanishidan saqlash, ximikatlar bilan
zaharlanishi, o„g„itlarni to„g„ri qo„llash, tuproqlarninng og„ir metallar bilan
ifloslanishining oldini olish hisoblanadi.
Inson uzoq vaqt davomida jamiyat uchun zarur bo„lgan tabiiy resurslar bitmas-
tuganmasdir, ulardan qancha foydalanilsa ham tugamaydi degan tushunchaga ega
edi. Ammo inson insonning tabiatga ta‟sir etishi va uning resurslardan noto„g„ri
foydalanishi tufayli tabiiy muhit ifloslanib, xo„jalikka va ayniqsa inson salomatligiga
ta‟sir eta boshladi. Inson o„zining tabiatga ko„rsatayotgan salbiy ta‟siri oqibatlarini
sezgach va bilgach tabiatdan oqilona reja bilan tejab tergab foydalanib muhofaza
qilish kerakligini o„ylay boshlaydi.
Mustaqil o„lkamizda, sayyoramizda kishilar hayotining farovonligi uchun
albatta tabiiy resurslardan foydalanish kerak lekin tabiiy resurslardan foydalanishda
nihoyatda ehtiyotlik bilan olib borish lozim, aks holda tabiat qashshoqlanib
boraveradi.
Biz tabiatga ta‟sir etib, undan o„zimiz uchun zarur bo„lgan narsalarni
olayotganda, shunday qilaylikki, tabiatdagi bu o„zgarishlar insoniyat uchun
faqatgina naf keltirsin, lekin ekologik muammoni keltirib chiqarmasin.
Atrof-muhitni, eng avvalo tuproqlarni muhofaza qilish, har bir insonning
muqaddas burchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |