Elyuvial yotqiziqlar - nurash mahsullarining nurash qobig„ida o„z o„rnida
to„planishidan hosil bo„lgan yotqiziqlar. Asosan bu yotqiziqlar tog„ o„lkalarida
baland tekisliklarda uchraydi.
Delyuvial yotqiziqlar - nurash mahsulining yomg„ir va erigan qor suvlari
harakati ta‟sirida qiyaliklarning quyi qismlarida to„planishidan hosil qiladi.
Delyuviy jinslar ancha saralanganligi va yashil qatlamli bo„lib odatda yon bag„irlarga
parallel yo„nalishda joylagan bo„ladi. Mexanik tarkibi har xil bo„ladi, qum, qumoq,
qumloq va soz tarkibli bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |