O„simlikshunoslik fani qishloq xo„jaligining asosiy tarmog„i bo„lib madaniy
o„simliklarning o„sish va rivojlanish qonuniyatlarini o„rganadi. Ana shu qonuniyatlar
asosida madaniy o„simliklardan yuqori va sifatli hosil olish imkoniyatini beradigan
xususiyatlari, rivojlanishi va hosil to„plash qonuniyatlarini o„rganish hamda ekinlar
Qishloq xo„jalik o„simliklari boshqa qurollar, mashinalar singari jamiyatning
lavlagini va moyli o„simliklarning paydo bo„lishi bilan (XIX asrning 2- yarmida)
Insonlar o„simlik yetishtirish jarayonida turli sharoitlarga duch keladi.
26
muhit sharoitini o„zgartirish kerak bo„ladi. Masalan, sho„rtuproqlarning sho„rini
yuvish, kislotali tuproqni ohaklash kerak.
O„simliklarning yaxshi o„sishi, rivojlanishi uchun, qulay sharoitlarni yaratish
uchun dala ishlarini o„z vaqtida sifatli bajarish katta ahamiyatga ega (tuproqni
ishlash, o„g„itlar solish, ekish, hosilni yig„ib terish). Bu ishlarni kechiktirib bajarish
hosilni kamaytirishga olib keladi va mahsulotning sifatini buzadi. Dala ekinlari
agrotexnikasida yo„l qo„yilgan xatolarni tuzatish qiyin yoki umuman tuzatib
bo„lmaydi. Shuning uchun o„simlikshunoslikda hamma sharoitlar qat‟iy hisobga
olinadi.
O„simlikshunoslik chorvachilik bilan chambarchas bog„liq bo„lib, unga ozuqa
mahsulotlarini yetkazib beradi va ulardan o„simliklar organik o„g„itlar oladi.
Kam unumdor yerlarga organik o„g„itlar solish muhim ahamiyatga ega.
Insonlar o„simliklarni qadimdan yetishtirib kelgan. Eng qadimiy dehqonchilik
mintaqalariga - Hindiston, Xitoy, Siriya, Misr, Meksika, Peru va boshqa mamlakatlar
kiradi.
Eng qadimiy dehqonchilik rayonlariga O„rta Osiyo ham kiradi.
Dehqonchilik tarixi insoniyatning umumiy progressi bilan bog„liq.
Insonlarning oziq mahsulotlariga bo„lgan talabi, sanoatning esa o„simliklar
mahsulotiga bo„lgan talabi oshib bormoqda.
Ilmiy fan sifatida o„simlikshunoslik fani faqat dala ekinlarini: donli ekinlar,
dukkakli-don ekinlari, kartoshka, tolali o„simliklar, sabzavot ekinlarini o„rganadi.
Yer sharida 20 mingdan ortiq qishloq xo„jalik o„simlik turlari mavjud.
Bulardan eng muhimlari 640 ta bo„lib, ulardan 90 tasi dala ekinlariga kiradi.
Dunyo dehqonchiligida katta maydonlarga don ekinlari ekiladi.
Ular yer yuzidagi ekin maydonini 70% ini egallaydi. Don ekinlarining o„rtacha
hosildorligi 19,5 s ga teng.
O„zbekistonda qadimdan beri bug„doy, arpa, beda, tariq, jo„xori ekib kelinadi.
Keng tarqalgan o„simliklardan g„o„za turlari, meva-sabzavot va poliz ekinlari ekiladi.
Respublikamiz dehqonchiligida g„o„za 1,5 mln. ga, donli ekinlar sug„oriladigan
yerlarda 1 mln. ga, lalmikor yerlarda 300 ming ga yerga ekilmoqda.
Boshqa fanlar kabi o„simlikshunoslik fani ham o„zning tadqiqot usullariga
ega. Bularga: dala va vegetatsion tajriba uchastkalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: