Ызбекистон Республикаси Олий ва



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/80
Sana13.09.2021
Hajmi0,83 Mb.
#173520
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
Bog'liq
Tuproqshunoslikvaosimlikshunoslikasoslari.oquvqollanma.

Sinov savollari: 

1.  Tuproq morfologiyasi deganda sizni tushunchangiz? 

2.  Genetik qatlamlar to„g„risida gapiring. 

3.  Tuproq morfologiyasi dala va laboratoriya sharoitda qaysi usullar yordamida 

o„rganiladi? 

4.  Qo„shilma  tuproq  hosil  bo„lish  jarayonida  ishtirok  etadimi  yoki    yo„qmi, 

tushuntirib bering. 

5.  Tuproqni zichligi qanday bo„ladi? 

6.  Dala sharoitida tuproqni mexanik tarkibi qanday aniqlandi? 

7.  Tuproq strukturasi nima? 

  

 

 

 

 

 

O‘ZBEKISTON TUPROQLARI 

TUPROQLARNI  MUHOFAZA QILISH 

TUPROQSHUNOSLIKNING HOZIRGI ZAMON MUAMMOLARI 

 

O‘zbeksiton tuproqlari , tuproqlarni muhofaza qilish va saqlash  hozirgi 

zamonning eng dolzarb muammolaridir. 

   

O„zbekiston tabiiy iqlim  sharoitlarining  murakkabligi bu yerda tuproqlarning  

turlicha bo„lishini hamda qishloq xo„jaligida foydalaniladigan yerlarning o„ziga xos  

xususiyatlarini  belgilaydi.  Keyingi  paytlarda  insonlarning  aktiv  ta‟siri  natijasida 

yerdan foydalanish sohasida katta o„zgarishlar ro„y  bermoqda 

O„zbekiston Respublikasining  territoriyasi asosan cho„l  zonasida  joylashgan 

bo„lib, unda asoan  sur-qo„ng„ir tuproqlar 25,26%, qumli cho„l tuproqlar 30,34 keng  

tarqalgan,  bo„z  tuproqlar  23%,  qo„ng„ir  va  jigarrang  tuproqlar  4,5%  tashkil  qiladi. 

Taqir tuproqlar bor 

 4%  sho„rxok tuproqlar - 4% tashkil  qiladi. 



Sug„oriladigan  yerlarning  60  %    ga  yaqinini  bo„z  tuproqlar    mintaqasida, 

qolganlari  cho„l  zonasida  joylashgan.  Sug„oriladigan  yerdarda    yarimgidromorf  va 

gidromorf  tuproqlarning  eng  ko„p  qismi  Xorazm  viloyatida  bo„lib,  yer  osti  sizot 

suvlari  1  m  dan  yuqori  bo„lgan    maydonlar  19%  ni,    1-2  m  dan  yuqori  bo„lgan 

maydonlar  esa  8%  tashkil  etadi.  Bu  tuproqlar  daryo  va  deltalarda    vodiylarda  keng 

tarqalgan.  

( Mirzacho„l, Qarshi, Farg„ona). 

Tuproqlardan  ko„proq  foydalanish    maqsadida  ko„p  joylar    o„zlashtirilmoqda. 

Chunki cho„l zonasi  tuproqlarda  sho„rlanish jarayoni ketayapti, bu   hosildorlikni  

ancha pasaytirishga olib keladi. Bu jarayon ayniqsa  cho„l zonasida  va och tusli bo„z 

tuproqlar zonasida kuchli  bormoqda. 

1987-yilda  O„zbekistonning  sug„oriladigan  yerlarida  turli  darajada  sho„rlangan 

maydonlar  1970,7  ming  gektar  bo„lib,  jumladan  kam    sho„rlangan  1117,7  ming 



 

24 


gektar, o„rtacha  sho„rlanish 611,2 va kuchli  sho„rlangan 241,8 ming gektarni tashkil 

qiladi. 


Demak, sho„rlangan tuproqlar  - 55,4% 

             kuchli sho„rlangan tuproqlar - 25,2% 

             o„rtacha sho„rlangan tuproqlar - 13,4% 

             kuchli sho„rlangan tuproqlar - 5,8% 

             juda kuchli sho„rlangan tuproqlar - 0,2%  tashkil qiladi.  

Bu olingan ma‟lumotlar 1990-yilgacha olingan ma‟lumotlardir. 

Dehqonchilik  qilinadigan  joylarda  ekinlarni    joylashtirishni  ilmiy  jihatdan  

asoslanmagan  sistemalarini  qo„llash  natijasida    tuproqlar  suv  va  shamol  eroziyasini  

kuchaytirishga olib kelmoqda. 

Eroziya  (lotincha      o„yilish,  yemirilish)  suv  va  shamol  ta‟sirida  tuproqning 

yemrilish  jarayonidir.  Tuproq  eroziyasi  kelib  chiqishiga  qarab  suv  eroziyasi  va 

shamol eroziyasiga bo„linadi. 

Tuproqlarni  muhofaza  qilish  tuproqlarni  eroziyadan  saqlashdir.  Buning  uchun 

turli  ixota  daraxtlarni  o„tkazish,  tog„li  rayonlarda    ko„ndalangiga    terrassalash  va 

boshqa tadbirlarni amalga oshirish. Yerlarni sho„rlanishidan saqlash, ximikatlar bilan 

zaharlanishi,  o„g„itlarni  to„g„ri  qo„llash,  tuproqlarninng  og„ir  metallar  bilan 

ifloslanishining oldini olish hisoblanadi.  

Inson uzoq vaqt davomida jamiyat uchun zarur bo„lgan tabiiy resurslar bitmas-

tuganmasdir,  ulardan  qancha  foydalanilsa  ham    tugamaydi  degan  tushunchaga  ega 

edi.  Ammo  inson    insonning  tabiatga  ta‟sir  etishi  va  uning    resurslardan  noto„g„ri 

foydalanishi tufayli tabiiy muhit ifloslanib, xo„jalikka va ayniqsa inson salomatligiga 

ta‟sir eta boshladi. Inson o„zining tabiatga ko„rsatayotgan  salbiy ta‟siri oqibatlarini 

sezgach  va  bilgach  tabiatdan  oqilona    reja  bilan  tejab  tergab  foydalanib  muhofaza 

qilish kerakligini o„ylay boshlaydi.  

Mustaqil  o„lkamizda,  sayyoramizda  kishilar  hayotining  farovonligi  uchun 

albatta tabiiy resurslardan foydalanish kerak lekin  tabiiy  resurslardan foydalanishda 

nihoyatda  ehtiyotlik  bilan  olib  borish  lozim,  aks  holda  tabiat  qashshoqlanib 

boraveradi. 

Biz  tabiatga  ta‟sir  etib,  undan  o„zimiz  uchun    zarur  bo„lgan  narsalarni 

olayotganda,  shunday  qilaylikki,  tabiatdagi  bu  o„zgarishlar    insoniyat  uchun 

faqatgina naf keltirsin, lekin ekologik muammoni keltirib chiqarmasin. 

Atrof-muhitni,  eng  avvalo  tuproqlarni  muhofaza  qilish,  har  bir  insonning 

muqaddas burchidir. 

  


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish