Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Biznes va tadbirkorlik o’rtasidagi farqlar



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/243
Sana17.09.2021
Hajmi3,21 Mb.
#176523
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   243
Bog'liq
biznes - rejalashtirish 2

 
Biznes va tadbirkorlik o’rtasidagi farqlar 
 
Biznes  
Tadbirkorlik 
1. Erishilgan muvaffaqiyatni mustahkamlashga 
intilish,  faoliyatning reproduktiv xarakteri 
1. 
Tashabbuskorlik, 
uddaburronlik, 
izlanuvchanlik, ijodkorlik, serg‘ayratlik 
2.  Foyda  (daromad)  keltiradigan  ishga  ega 
bo‘lgan shaxs 
2. Ishga ega bo‘lgan shaxs 
3. Kapitalga ega 
3. 
Boshlang‘ich 
kapitalga 
ega 
bo‘lmasligi mumkin 
4.  Menejerlik  iqtidoriga  ega,  doimiylikka 
intiladi, 
fikran 
va 
hatti-harakatlarda 
konservator 
4. 
Tavakkalchilikka 
moyillik,  
novatorlik, «ilohiy» iqtidorga egalik 
5. Kapitaldan daromad olish 
5. Tadbirkorlikdan foyda olish 
6. Amaliyotda ko‘proq uchraydi 
6. Amaliyotda kamroq uchraydi 
 
Biznes va tadbirkorlik sohalari ko‘p  hollarda  «kichik»  iqtisodiyot  deb ataladi. 
Amaliyotning  ko‘rsatishicha,  kichik  biznes  kelgusida  yirik  tadbirkorlikka,  kichik 


 
13 
Tovar va xizmatlar
ularni ishlab chiqarish 
Foyda 
(daromad) 
Biznеsni 
rivojlantirish 
Ijtimoiy maqsadlar 
tadbirkorlik  esa  yirik  biznesga  aylanishi  mumkin.  AQSH,  Germaniya,  Yaponiya  va 
Koreyadagi  ko‘plab  avtomobil  firmalari  aynan  shu  yo‘lni  bosib  o‘tgan.  Rivojlangan 
mamlakatlarda,  ayniqsa,  AQSHda  ishbilarmonlar  va  tadbirkorlar  millatning  «oltin 
fondi»  hisoblanishi bejiz  emas,  bu  mamlakatlarda  xalq orasida  tadbirkorlik  ruhining 
so‘nmasligiga alohida e‘tibor qaratiladi. 
Biznes  bu  avvalo  ish  ekanligi  sababli,  u  amal  qiluvchi  sohadan  kelib  chiqqan 
holda  qishloq  xo‘jaligi,  sanoat,  savdo  va  bank  biznesi  kabi  turlarga  taqsimlanadi. 
Ishlab chiqarish miqyosiga bog‘liq holda esa biznesni kichik, o‘rta, yirik va xalqaro 
biznes turlarga ajratish mumkin. Biroq biznesning istalgan shakli va miqyosida ham 
uning  pirovard  maqsadi  foyda  yoki  daromad  olish  hisoblanadi.  Biznesning  ushbu 
pirovard maqsadini quyidagi sxemadagi kabi aks ettirish mumkin. 
 
 
Bugungi  kunda  biznes  va  tadbirkorlikning  ahamiyatini  ko‘pchilik  to‘g‘ri 
tushungan va anglagan, chunki ular asosida doim ham foyda keltiruvchi ishni yo‘lga 
qo‘yish,  boshqacha  qilib  aytganda  pul  to‘plash  yotmaydi,  balki    o‘ziga,  oilasiga, 
butun jamiyatga foyda keltirish birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Biznesmen, tadbirkor – biz 
ilgari  o‘ylaganday,  bizga  o‘rgatishganday  kapitalist  emas,  u  tashabbuskor,  o‘z 
faoliyatida  muvaffaqiyatga  erishish  istagiga  ega bo‘lgan shaxsdir.  Bunda biznesmen 
(tadbirkor)  yoki  uning  komandasidan  (jamoaviy  biznesda)  boshqa  biror  kishi 
muvaffaqiyatni  ta‘minlashi  ahamiyatga  ega  emas,  tadbirkorlik  ishi  amaldagi 
qonunchilik  qoida  va  normalariga  mos  kelsa  bo‘ldi.  Bunday  qonun-qoidalar 
doirasidan tashqarida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatining «yashirin» va tabiiyki, 
noqonuniy, jamiyatga qarshi faoliyat deb atalishi bejiz emas. 
Hozirgi  sharoitda  biznes  va  tadbirkorlikning  tashkiliy  shakllari  kichik  biznes 
korxonalari  va  mikrofirmalar,  qishloq  xo‘jaligida  esa  fermer  va  dehqon  xo‘jaliklari 
hisoblanadi.  1999  yilda  ularning  umumiy  soni  respublika  bo‘yicha  150,8  mingta, 
2000 yilda 175,6 mingta, 2003 yilda 240 mingta bo‘lgan bo‘lsa, 2005 yil boshida 280 
mingtaga etdi.  
Kichik  biznes  (KB)  korxonalari  eng  arzon,  oson  boshqariluvchi  bozor 
kon‘yunkturasi o‘zgarishlariga tez moslashuvchan subyektlar hisoblanadi. Ular yirik 
korxonalardan  farqli o‘laroq, atrof-muhitning  yomonlashuviga kam  ta‘sir ko‘rsatadi, 
jiddiy  ekologik  muammolarga  olib  kelmaydi.  Kapital  sig‘imining  kichikligi  va 
moslashuvchanligi tufayli biznes va tadbirkorlik sohasi korxonalari ishlab chiqarishni 
modernizatsiyalash  va  chiqarilayotgan  mahsulot  assortimentini  yangilashda  yirik 
korxonalarga  nisbatan  ko‘proq  muvaffaqiyatga  erishadi  va  demak,  bozor  talabiga 
tezroq moslashib oladi. 
Fan-texnika  taraqqiyoti  kuchayib,  yuqori  texnologiyalar,  mehnat  qurollari  va 


 
14 
asbob-uskunalar  tez-tez  o‘zgarib  turgan  iqtisodiyot  globallashuvi  –  hozirgi  kunda 
biznes  va  tadbirkorlik  korxonalari  yaratilayotgan  va  faoliyat  ko‘rsatayotgan  muhit 
aynan  shundaydir.  Boshqaruv  xarajatlarining  nisbatan  kamligi,  faoliyatning  ko‘p 
funktsionalligi iqtisodiy muvaffaqiyatga tez erishish imkoniyatlari KB va tadbirkorlik 
korxonalarini jamiyatning iqtisodiyot strukturasida ustivor bo‘lishini belgilab beradi. 
Kichik va o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning nodavlat sektorida 
karvonboshi  hisoblanishi  shubhasiz,  albatta.  Bundan  tashqari,  muhim  struktura 
yaratuvchi  omil  sifatida  KB  korxonalari  iqtisodiyotning  nodavlat  sektori 
rivojlanishiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadilar.  
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari 
qatoriga xususiy tarmoq va kichik tadbirkorlikni (biznesni) (KB) rivojlantirish kiradi. 
Shu nuqtai nazardan ham ularni rivojlantirishni jadallashtirish va YaIMdagi ulushini 
ko‘paytirish,  bozor  iqtisodiyotiga  mos  tovar  va  xizmatlar  bozorini  shakllantirish 
hamda mahsulot eksportini oshirishda asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi: davlat 
tashkilotlarini  xususiy  tadbirkorlik  faoliyatiga  aralashuvini  cheklash,  xususiy 
tadbirkorlarni  resurslar  va  sotish  bozorlarida  ishtirokini  kengaytirish,  moliyaviy 
qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha soliq imtiyozlarini joriy etish. 
Kichik  tadbirkorlikni  rag‘batlantirish  bo‘yicha  amalga  oshirilgan  keng 
qamrovli  chora-tadbirlar,  xususan,  tadbirkorlikni  erkin  faoliyat  yuritishi  uchun 
kafolatlarning  ta‘minlanganligi, ularni davlat tomonidan  ro‘yxatga olishning ixcham 
mexanizmining  joriy  etilishi,  kredit  mablag‘laridan  foydalanish  doirasining 
kengayishi,  qulay  makroiqtisodiy  muhitning  shakllanganligi,  milliy  valyuta  kursi 
barqarorligi, KBning YaIMdagi ulushini o‘sishini ta‘minladi. 
Bu sharoitlarda odamlar psixologiyasini o‘zgartirish, tadbirkorlik motivatsiyasi 
tizimini  yaratish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Gap  shundaki,  biznes  va  tadbirkorlik 
«yuqoridan» berilgan chaqiriq va tashabbus emas, balki insonning, butun jamiyatning 
hayotiy  ehtiyoji  bo‘lishi  lozim.  Biznes  va  tadbirkorlikni  moddiy  ishlab  chiqarishni 
rivojlantirish  hamda  mavjud  va  ishlab  chiqarishga  jalb  qilinayotgan  resurslardan 
samarali foydalanishga yo‘naltirish muhim. Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, aynan 
ishlab  chiqarish  yo‘nalishidagi  biznes  tufayli  ko‘plab  /arb  mamlakatlari,  hozirgi 
kunda  esa  Sharq  mamlakatlari  ham  ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlantirish  va 
iqtisodiyotning gullab-yashnashiga erishgan. 
Shu sababli ishlab chiqarish yo‘nalishidagi, ya‘ni oldi-sotdiga emas, balki aholi 
va  jamiyat  uchun  kerakli  mahsulot  chiqarishga  asoslangan  biznesni  rivojlantirish 
iqtisodiyotning ustivor yo‘nalishiga aylangan. Rivojlanishning aynan shu yo‘li milliy 
boyliklarni ko‘paytirishga xizmat qiladi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish