51
sharoitlarida, iste‘molchilik talabi tez-tez o‗zgarib turgan bir paytda rejalashtirish
tizimida o‗tmishdagi kabi xatolarga yo‗l qo‗yish mumkin emas (korxonalar yakuniy
rejasi yil boshida emas, yil o‗rtasi va hatto oxiriga borib tugallangan). Bunday rejalar,
tabiiyki, rasmiyatchilik xarakteriga ega bo‗lib, korxona rivojlanishining belgilangan
strategiyasini amalga oshirishga xizmat qilmagan.
SHu sababli biznes-rejani o‗z vaqtida ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega
bo‗lib, korxonada boshqaruv sifatining baholash ko‗rsatkich bo‗lib xizmat qiladi.
Biznes-rejani ishlab chiqish muddatlarining cho‗zilib ketishi g‗oyaning eskirishi,
homiylar va kreditorlarning ketib qolishi, vaqt va ishlab chiqarish quvvatilarining
yo‗qotilishi, ishlab chiqarishning susayishiga olib keladi.
SHunday qilib, biznes-rejani tayyorlashning asoslanganlini, ishonchliligi va
o‗z vaqtidaligi korxona muvaffaqiyatining garovidir. O‗z vaqtida xorij amaliyotida
195 ta sanoat tovarlarining muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi sabablari tahlil
qilingan va chop etilgan (Amerikaning «Forchun» jurnali har yili sanoatning 33
tarmog‗ida tanlab olingan 300 ta kompaniyaning reytingini aniqlab boradi). Ularning
102 tasida firmalar muvaffaqiyatga erishgan bo‗lsa, 93 tasida buning aksi kuzatilgan.
Muvaffaqiyatga erishishning uchta asosiy omili aniqlangan:
tovarning raqobatchilar tovarlaridan ustunligi va uning iste‘molchilar
tomonidan qabul qilinishi;
firmaning marketing «nou-xau»lari, ya‘ni bozorni, xaridorlar xulq-atvori,
yangiliklarni qabul qilish va amalga oshirish sur‘ati, tovarning hayotiylik davri va
boshqalarni eng yaxshi tushunishi;
firmaning texnologik «nou-xau»lari, ya‘ni ilmiy tadqiqotlar va ishlab
chiqarish o‗rtasidagi aloqaning yuqoriligi.
Biroq ortiqcha chaqiriqlar, xorij tajribalarini targ‗ib qilishning o‗zi bilan
biznes-rejaning mazmunini, uni ishlab chiqish jarayonini boshqarishni yaxshilash
mumkin emas. Imkoniyat real voqelikka aylanishi hamda biznes-rejalar korxonalar
hayotida eng hayotiy vosita bo‗lishi uchun avvalo fan-texnika taraqqiyoti bilan
hamnafas qadam tashlovchi, yuqori malakali va o‗z vaqtida to‗g‗ri qaror qabul qilishi
mumkin bo‗lgan ishbilarmon kishilar kerak. Byurokratiya va rasmiyatchilikdan yiroq,
ishlab chiqarishni rivojlantirish manfaatlarini milliy iqtisodiyotning rivojlanishi bilan,
jamoa mafaatlarini har bir mehnatkash manfaatlari bilan bog‗lay oluvchi mutaxassis
va rahbarlar kerak bo‗ladi. Aynan shunday kishilar biznes-rejalar tayyorlashning
asoslanganligi, ishonchliligi va o‗z vaqtidaligini ta‘minlashga erishadilar va o‗z
navbatida biznesni rejalashtirish faoliyati uchun keng imkoniyatlar ochadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: