16
Bugungi kunda biznes va tadbirkorlikning ahamiyatini ko‗pchilik to‗g‗ri
tushungan va anglagan, chunki ular asosida doim ham foyda keltiruvchi ishni yo‗lga
qo‗yish, boshqacha qilib aytganda pul to‗plash yotmaydi, balki o‗ziga, oilasiga,
butun jamiyatga foyda keltirish birinchi o‗ringa qo‗yiladi. Biznesmen, tadbirkor – biz
ilgari o‗ylaganday, bizga o‗rgatishganday kapitalist emas, u tashabbuskor, o‗z
faoliyatida muvaffaqiyatga erishish istagiga ega bo‗lgan shaxsdir.
Bunda biznesmen
(tadbirkor) yoki uning komandasidan (jamoaviy biznesda) boshqa biror kishi
muvaffaqiyatni ta‘minlashi ahamiyatga ega emas, tadbirkorlik ishi amaldagi
qonunchilik qoida va normalariga mos kelsa bo‗ldi. Bunday qonun-qoidalar
doirasidan tashqarida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatining «yashirin» va tabiiyki,
noqonuniy, jamiyatga qarshi faoliyat deb atalishi bejiz emas.
Hozirgi sharoitda biznes va tadbirkorlikning tashkiliy shakllari kichik biznes
korxonalari va mikrofirmalar, qishloq xo‗jaligida esa fermer va dehqon xo‗jaliklari
hisoblanadi. 1999 yilda ularning umumiy soni respublika bo‗yicha 150,8 mingta,
2000 yilda 175,6 mingta, 2003 yilda 240 mingta bo‗lgan bo‗lsa, 2005 yil boshida 280
mingtaga etdi.
Kichik biznes (KB)
korxonalari eng arzon, oson boshqariluvchi bozor
kon‘yunkturasi o‗zgarishlariga tez moslashuvchan sub‘ektlar hisoblanadi. Ular yirik
korxonalardan farqli o‗laroq, atrof-muhitning yomonlashuviga kam ta‘sir ko‗rsatadi,
jiddiy ekologik muammolarga olib kelmaydi. Kapital sig‗imining kichikligi va
moslashuvchanligi tufayli biznes va tadbirkorlik sohasi korxonalari ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash va chiqarilayotgan mahsulot assortimentini yangilashda yirik
korxonalarga nisbatan ko‗proq muvaffaqiyatga erishadi va demak, bozor talabiga
tezroq moslashib oladi.
Fan-texnika
taraqqiyoti kuchayib, yuqori texnologiyalar, mehnat qurollari va
asbob-uskunalar tez-tez o‗zgarib turgan iqtisodiyot globallashuvi – hozirgi kunda
biznes va tadbirkorlik korxonalari yaratilayotgan va faoliyat ko‗rsatayotgan muhit
aynan shundaydir. Boshqaruv xarajatlarining nisbatan kamligi, faoliyatning ko‗p
funksionalligi iqtisodiy muvaffaqiyatga tez erishish imkoniyatlari KB va tadbirkorlik
korxonalarini jamiyatning iqtisodiyot strukturasida ustivor bo‗lishini belgilab beradi.
Kichik va o‗rta biznes, xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning nodavlat sektorida
karvonboshi hisoblanishi shubhasiz, albatta.
Bundan tashqari, muhim struktura
yaratuvchi omil sifatida KB korxonalari iqtisodiyotning nodavlat sektori
rivojlanishiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadilar.
O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‗nalishlari
qatoriga xususiy tarmoq va kichik tadbirkorlikni (biznesni) (KB) rivojlantirish kiradi.
SHu nuqtai nazardan ham ularni rivojlantirishni jadallashtirish va YAIMdagi ulushini
ko‗paytirish, bozor iqtisodiyotiga mos tovar va xizmatlar bozorini shakllantirish
hamda mahsulot eksportini oshirishda asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi: davlat
tashkilotlarini xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini cheklash, xususiy
tadbirkorlarni resurslar va sotish bozorlarida ishtirokini kengaytirish,
moliyaviy
qo‗llab-quvvatlash va qo‗shimcha soliq imtiyozlarini joriy etish.
Kichik tadbirkorlikni rag‗batlantirish bo‗yicha amalga oshirilgan keng
qamrovli chora-tadbirlar, xususan, tadbirkorlikni erkin faoliyat yuritishi uchun
kafolatlarning ta‘minlanganligi, ularni davlat tomonidan ro‗yxatga olishning ixcham
17
mexanizmining joriy etilishi, kredit mablag‗laridan foydalanish doirasining
kengayishi, qulay makroiqtisodiy muhitning shakllanganligi,
milliy valyuta kursi
barqarorligi, KBning YAIMdagi ulushini o‗sishini ta‘minladi.
Bu sharoitlarda odamlar psixologiyasini o‗zgartirish, tadbirkorlik motivatsiyasi
tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, biznes va tadbirkorlik
«yuqoridan» berilgan chaqiriq va tashabbus emas, balki insonning, butun jamiyatning
hayotiy ehtiyoji bo‗lishi lozim. Biznes va tadbirkorlikni moddiy ishlab chiqarishni
rivojlantirish hamda mavjud va ishlab chiqarishga jalb qilinayotgan resurslardan
samarali foydalanishga yo‗naltirish muhim. Jahon tajribasining ko‗rsatishicha, aynan
ishlab chiqarish yo‗nalishidagi biznes tufayli ko‗plab G‗arb mamlakatlari, hozirgi
kunda esa SHarq mamlakatlari ham ishlab chiqarish kuchlarini
rivojlantirish va
iqtisodiyotning gullab-yashnashiga erishgan.
SHu sababli ishlab chiqarish yo‗nalishidagi, ya‘ni oldi-sotdiga emas, balki
aholi va jamiyat uchun kerakli mahsulot chiqarishga asoslangan biznesni
rivojlantirish iqtisodiyotning ustivor yo‗nalishiga aylangan. Rivojlanishning aynan
shu yo‗li milliy boyliklarni ko‗paytirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: