Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Biznes-rejaning resurslar bilan ta‟minlanganligi



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/124
Sana11.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#543579
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn

5.2. Biznes-rejaning resurslar bilan ta‟minlanganligi 
 
Ma‘lumki, biznes-reja korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasini 
amalga oshirish, birinchi navbatda, nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish 
vazifasini bajarishga xizmat qilishi lozim. Mazkur ishlab chiqarish strategiyasi,
tabiiyki, 
biznes-rejani 
tuzish 
bosqichidayoq 
resurslar 
ta‘minoti 
bilan 
mustahkamlanishi lozim. 
Resurslar bilan ta‟minlanganlik
– biznesning asosiy qoidalaridan biri bo‗lib, 
mulkchilik qaysi shaklida ekanligidan qat‘i nazar majburiy hisoblanadi. Moddiy, 


52 
mehnat, moliyaviy va texnik-texnologik resurslarsiz mahsulotni ishlab chiqarish 
jarayonining imkoni yo‗qligi ham isbot talab qilmaydigan qoidadir. SHu sababli 
yangi yoki joriy ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida doimo resurslar bilan 
ta‘minlaganlik masalasi yuzaga chiqadi. To‗g‗ri, bu vazifani hal qilish metodikasi 
ko‗p jihatdan resurslar turi, ishlab chiqarish miqyosi va xarakteriga bog‗liq bo‗ladi. 
Aytish kerakki, o‗tmishda, iqtisodiyotda davlat mulki asosiy o‗rinni 
egallagan, korxonalarni zarur moddiy-texnik va moliyaviy resurslar bilan ta‘minlash 
davlatning vazifasi bo‗lgan paytlarda bu masalalar korxonalarning «boshini 
og‗ritmas» edi. Korxona davlatga qarashli bo‗lganligi sababli davlatning o‗zi uning 
iqtisodiy barqarorligi, jumladan, uning resurslar bilan ta‘minlanganligi uchun 
javobgar bo‗lgan. 
Bugungi kunda iqtisodiyotda vaziyat umuman o‗zgacha. Iqtisodiyotning 
asosini mulkchilikning turli shakllari tashkil etadi. Davlat iqtisodiy faoliyat va 
tadbirkorlik erkinligini, qonunda ko‗rsatilgan hollardan tashqari, korxonalarning 
ishlab chiqarish-xo‗jalik faoliyatiga aralashmaslikni kafolatlaydi, mulkchilikning 
barcha shakllarining tengligi va huquqiy himoya qilinishini ta‘minlaydi. Korxona 
o‗ziga tegishli bo‗lgan mulkni o‗z hohishiga ko‗ra boshqaradi. SHu bilan bir paytda u 
ishlab chiqarishni zarur resurslar bilan ta‘minlash masalalarini mavjud qonun-
qoidalarni buzmasdan, aylanma vositalarni tovar-moddiy boyliklarda band qilib 
qo‗ymasdan hal qilishi lozim bo‗ladi. 
SHuni qayd etib o‗tish joizki, biznes-reja tuzish bo‗yicha, ayniqsa, xorijiy 
tavsiyalarda ishlab chiqarish rejasi, menejment, moliyaviy va boshqa masalalarni hal 
qilishda bo‗lgani kabi, resurslar ta‘minotiga bag‗ishlangan maxsus bo‗lim yo‗q.
Xorijda va mamlakatimizda to‗plangan tajribalarning ko‗rsatishicha, har 
qanday ish, har qanday ishlab chiqarish moddiy, material va boshqa resurslar etarli 
bo‗lgan hollardagina rivojlanishi va kutilayotgan natijalarni berishi mumkin. 
SHuning uchun ham resurslar, ayniqsa, moddiy resurslar butun yil davomida ishlab 
chiqarish sur‘atining bir maromda bo‗lishini ta‘minlash uchun sifat va miqdor 
jihatidan etarli bo‗lishi kerak. Bunda zahiralarning normativdan oshib ketishiga ham 
yo‗l qo‗ymaslik kerak, chunki bu korxonaning pul resurslarini «ushlab» turadi va 
ularning xo‗jalik aylanmasida ishtirok etishiga yo‗l qo‗ymaydi. 
Biznesning (tadbirkorlikning) resurslar bilan to‗liq ta‘minlanganligi ishlab 
chiqarishning barcha bosqichlarida chiqarilayotgan mahsulot sifatiga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatmagan va belgilangan texnologik jarayonlarni buzmagan holda moddiy 
resurslarni tejash bilan bog‗liq bo‗lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning 
resurslar ta‘minoti sohasidagi siyosati resurslarni tejash siyosati bilan uyg‗unlikda 
olib borilishi lozim bo‗lib, bu bugungi bozor munosabatlari talablardan tashqari 
ayrim resurs turlarining taqchilligi bilan ham asoslanadi. 
Moddiy resurslarni tejashning asosiy yo‗nalishlari sifatida amaliyotda 
quyidagilardan foydalanish mumkin: 

yo‗qotish va chiqitlarni kamaytirish; 

brakni yo‗qotish; 

xom-ashyo va materillar sarflashning progressiv usullarini ishlab chiqish; 

yangi texnologiyalarni joriy qilish; 


53 
Аввало биз табиат томонидан 
берилган ноёб, қайта тикланмайдиган 
заҳиралар 
бўлмиш 
нефть, 
газ 
конденсати, табиий газ ва бошқа 
ёқилғи 
энергетика 
ресурсларидан 
оқилона ва тежамкорлик билан 
фойдаланишни ҳамон ўрганганимиз 
йўқ. Бу ресурсларнинг катта қисми 

o‗rinbosa materiallarni qo‗llash, ikkilamchi xom-ashyodan foydalanish va 
hokazo. 
Biznesning rivojlanishi, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatishi 
uchun moddiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish bilan birga investitsiyalar 
ham muhim ahamiyat kasb etdai. Investitsiyalar yangi korxona yaratish uchun ham, 
mavjud korxonani rivojlantirish uchun ham kerak bo‗ladi. Bugungi sharoitlarda chet 
el investitsiyalarini jalb qilishning ahamiyati katta bo‗lib, ular respublikaning asosiy 
kapitaliga, jumladan, korxonalarga kiritiluvchi mablag‗lar miqdorini oshirish bilan 
birga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, zamonaviy raqobatbardosh mahsulot 
turlarini chiqarish va ularni jahon standartlari talablariga etkazishga imkon beradi. 
Biznesni (tadbirkorlikni) resurslar bilan ta‘minlash oddiy va bir zumda 
echiladigan masala emasligi shubhasiz, albatta. U korxonaning ishlab chiqarish 
dasturi va marketing rejasini ishlab chiqish bilan bir paytda hal qilinishi lozim. 
Korxona xodimlarining malakasi va mahorati bu ishda etakchi rollardan birini 
o‗ynaydi. Resurslar bilan ta‘minlanganlik korxona biznes-rejasining muhim bo‗limi 
bo‗lib, iqtisodiy, texnik, tashkilotchlik va boshqa bilimlarni talab qiladi. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish