1-asosiy savol bo‘yicha darsning maqsadi: Matn muharrirlari va elektron jadval dasturlaridan foydalanish to‘g‘risida ma'lumotlar berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1.1. WORD matn protsessori va uning ish jarayonini tushuntirib bera oladi.
1.2. WORD matn protsessorida matnlar ustida turli ko‘rinishlarda ish bajara oladi.
1.3. EXCEL dasturi va uning imkoniyatlarini so‘zlab bera oladi.
1.4. EXCEL dasturida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘la oladi.
1-asosiy savolning bayoni:
Hozirgi kunda zamonaviy kompyuterlar, ya'ni IBM PC kompyuterlari uchun juda ko‘p har xil maqsadlarda ishlatiladigan amaliy dasturlar yaratilgan bo‘lib ularga quyidagilarni misol qilish mumkin:
Matn muharrirlari – WORD, LEXICON, WD, ChiWriter va boshqalar.
Jadvalli ma'lumotlarni qayta ishlovchi elektron jadvallar – Super Calc, EXCEL va boshqalar.
Ma'lumotlar bazasini yaratish – KARAT, dBASE, ACCESS va boshqalar.
Ko‘rgazmali qurollar tayyorlash – slayd shou dasturlari.
Moliya – iqtisod maqsadida ishlatiladigan dasturlar – S – 1 ish haqini hisoblash dasturlari.
Multfilm va videofilmlar yaratish uchun ishlatiladigan dasturlar.
Avtomatlashtirilgan loyihalash dasturlari – Avto cad dasturi.
Inshoat qismlarini chizish va loyihalash, grafik muharrirlari – PAINT, POWERPOINT dasturlari va boshqa dasturlar.
WORD dasturi Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori imkoniyatli, matnlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan matn muharriridir.
WORD dasturi WINDOWS dasturi asosida ishlashga mo‘ljallangan. Microsoft WORD dasturining avval WORD 5,6,7 va keyinchalik WORD 95, 97, 2000 versiyalari(turlari) paydo bo‘ldi.
Dasturning ishchi oynasi matnlarni yozish, muharrirlik qilish va formatlash uchun zarur bo‘lgan elementlardan tashkil topgan. Oynaning yuqori qismida buyruqlar paneli joylashgan bo‘lib, ularga Menyu satri va uskunalar panellari kiradi. Asosiy uskunalar paneli standart va formatlash uskunalar paneli hisoblanadi. Uskunalar paneli ostida chizg‘ich (lineyka) joylashgan bo‘lib, u santimetr yoki dyuymlarda ifodalanishi mumkin. Chizg‘ich oynaning ishchi sohasida elementlarning joylanishini va formatlash amallarini boshqarishni nazorat qilishda yordam beradi.
WORD oynasi parametrlari va buyruqlari klaviatura va "Sichqoncha" qurilmasi bilan boshqariladi. "Sichqoncha" da boshqarish uchun ekranda ko‘rsatilgan parametrni tanlab chap tugmasi bosiladi va natijada buyruq bajariladi. WORD buyruqlari uskunalar panellari tarkibida mos belgilar bilan ko‘rsatilgan.
WORD dasturi ishchi oynasining yuqori qismida menyu joylashgan bo‘lib, u quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |