Boshqa fanlarni o‘qitishda informatikaning ahamiyati
Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning didaktik vazifalari. Zamonaviy informatika xonasida boshqa fanlari bo‘yicha darslarini o‘tkazish haqida. Informatikaga oid yangi axborot texnologiyasi vositalari va ulardan foydalanish usullari.
Informatika va axborot texnologiyalarining maxsus metodikasi
Informatikani o‘qitishning maxsus masalalari. Informatikaning asosiy tushunchalari. Informatikaning asosiy mavzularini o‘rganish.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari
Informatika kursini mustaqil O‘zbekistonimizning rivojlanish davridagi istiqboli va ahamiyati. Informatikani o‘qitishda Web texnologiyalardan foydalanish. Informatikani o‘qitishda masofaviy texnologiyalaridan foydalanish.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
“Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi” fanidan amaliy mashg‘ulotlar nazariy ma’lumotlarni tahlili va ulardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
Informatika va axborot texnologiyalari va ularni o‘qitish uslubiyotining tarixi.
O‘qitishning asosiy didaktik tamoyillari va ulardan informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitishda foydalanish.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari informatika kursi tizimining tahlili.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari informatika kursi tizimining tahlili.
Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika fanini o‘qitishning dasturiy ta’minoti tahlili.
Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika fanini o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti tahlili.
Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika fanini o‘qitishning elektron o‘quv-metodik adabiyotlari tahlili.
Informatikani boshlang‘ich ta’limida o‘rgatish muammolari.
Informatikani o‘qitishda interfaol usullaridan foydalanish.
Informatikani o‘qitishda guruxlarda ishlash usullaridan foydalanish.
Informatikadan kechalar va viktorinalar o‘tkazish uslubiyoti.
Test sinovlarini kompyuterda o‘tkazish uslublari.
Web texnologiyalarga asoslangan test sinovlarini o‘tkazish.
Web texnologiyalarga asoslangan didaktik materiallar yaratish.
O‘quv jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish muammolari.
O‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish.
O‘quv jarayonida Web texnologiyalardan foydalanish.
Zamonaviy informatika xonasida o‘quv-tarbiya ishlarining tashkil etish.
Amaliy mashgulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalarni hal qilishga qaratadi. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha dars ishlanmalari, ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |