INFORMATIKA VA AXBOROT TeXNOLOGIYaLARINI
O‘QITISh MeTODIKASI
fanidan kurs ishlarini bajarishga doir ko‘rsatmalar
Kompyuterning paydo bo‘lishi va uning rivojlanishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlab chiqarish texonlogiyasi yangilanishiga olib keldi, natijada insonlarning ish sharoitlarini yanada yaxshilandi. Turli sohalarda faoliyat ko‘rsatish jarayonida insonda ko‘plab sohalarga oid axborot va ma'lumotlarni yig‘ish, hisoblash jarayonlarini tezlatishga zaruriy extiyoji tug‘iladi. Kompyuterlar ana shunday axborot va ma'lumotlarni tez «ko‘rib chiqish» va juda oz vaqtda katta aniqlikda qaror qabul qilish imkoniyatini bermoqda.
Bo‘lajak mutaxassislar kompyuter bilan muloqot jarayonida mavjud dasturiy vositalardan foydalanib turli shaldagi axborotlarni qayta ishlaydilar. Shuning uchun kompyuterning mavjud dasturiy vositalaridan foydalanish malakalarini hosil qilish va o‘rgatishda “Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi” fani katta ahamiyatga ega.
5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishida o‘qitiladigan “Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi” o‘quv fani bo‘lajak fan o‘qituvchisi egallashi kerak bo‘lgan qo‘yidagi bilimlar va ko‘nikmalar majmuini o‘z ichiga oladi:
informatika va axborot texnologiyalari fan va o‘quv predmeti sifatida, informatika va axborot texnologiyalarini ta'lim tizimida o‘qitishning metodik tizimi, uning asosiy komponentalarining xarakteristikalari; o‘qitishning maqsadi va vazifalari; pedagogik funksiyalari; o‘qitishning tuzilmasi va mazmuni;
davlat ta'lim standartlari; o‘qitishda uzviylik va uzluksizlik; o‘quv va metodik adabiyotlar tahlili; dasturiy ta'minot; o‘quv jarayonini rejalashtirish; o‘qitishda asosiy didaktik prinsiplar; o‘qitishning tashkiliy shakllari; o‘qitishni nazorat qilish va natijalarini baholash usullari; reyting tizimi, testlash; o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodikalar va interfaol usullar; informatika va axborot texnologiyalari xonasi va unda mashg‘ulotlar o‘tkazish metodikasi; informatika va axborot texnologiyalari kursining asosiy bo‘limlarini o‘qitish metodikasi.
Ushbu metodik ko‘rsatma Davlat ta'lim standartlariga mos namunaviy dastur hamda unga mos ishchi dasturlar asosida tuzilgan bo‘lib, “Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish nazariyasi va metodikasi” fanidan muayyan kurs ishlarini bajarishga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |