Nazorat savollari:
1. Nutq ma`daniyati deganda nimani tushunasiz va u jamiyat hayotida qanday rol
o`ynaydi?
2. Nutq madaniyatiga ajdodlarimiz qanday munosabatda bo`lgan va hozirgi kunda unga
qanday ahamiyat berilmoqda?
3. Nutq madaniyati va adabiy me`yor o`rtasida qanday aloqa bor?
4. Adabiy me`yor deganda nimani tushunasiz?
5. Adabiy me`yorning tuzilishi qanday?
Mavzu: Ta`lim jarayonida nutq madaniyati masalalari. Yozma nutq
madaniyati.
Reja.
1. Og`zaki nutq va unga qo`yiladigan talablar.
2. Yozma nutq va unga qo’yiladigan talablar
3.
Xulosa
Fikrni io’odalash usuliga ko`ra nutq ikki xildir: A). Og`zaki nutq;
B). Yozma nutq;
Og`zaki nutq bilan yozma nutq o`zaro ma`lum darajada farqlanadi. Bular tubandagicha:
og`zaki nutq yozma nutqqa qaragarda, juda qadimiydir. Og`zaki nutqni eshitamiz, yozma nutqni
esa ko`ramiz, o`qiympz, Og`zaki nutq formal ko`rsatkichga ega emas, yozma nutqning formal
belgilari juda ko`p va rang-barangdir. Og`zaki nutqda intonatsiya xizmat qilsa, yozma nutqda
tinish belgilaridan foydalaniladi.
Yozma ish turlarini tubandagicha tiplarga ajratish mumkin. Yordamchi
xarakterdagi
yozma ishlar asosiy yozma ishlar uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Yordamchi
xarakterdagi yozma ishlar ko`pincha badiiy asarlar matnini o`rganish bilan bog`liq
holda o`tkaziladi. Bunday yozma ishlarning asosiy maqsadi talabalarning nutqini
o`stirishga, kitob ustida mustaqil ishlashga qaratilgan bo`ladi.
Bunday yozma ishlar asosiy yozma ishlar uchun zarur materiallar tanlash,
matndan muhim o’aktlar, misollar keltirish, fikrni reja asosida sistemali yoritish,
tezis, konspekt tuzish kabi malakalarni egallashga yordam beradi.
LUG`AT USTIDA ISHLASH.
Yozma ish тurlari
Yordamchi
xarakterdagi йозма
ishlar
Asosiy
yozma ishlar
Lug’at ustida ishlash
Turli ko’chirib yozishlar
Diktant
Lug`at ustida ishlash yozma nutqni o`stirishning boshlang`ich nuqtasidir. Lug`at
sostavidagi so`zlar grammatik qonuniyatlar asosida o`zaro birikib, ma`lum kommunikativ
funktsiyani bajaradi. Lug`at boyligi qanchalik yaxshi o`zlashtirilsa, kishining og`zaki va yozma
nutqi shunchalik boy bo`ladi. Turli ko`chirib yozuvlar yozma nutq malakasini hosil qilishning
bir vositasi bo`lib, yozuv texnikasini puxta egallashga va yozma ishlarning mazmunli bo`lishiga,
badiiy uslubni aniqlashga muhim yordam beradi. Ko`chirib yozuvlar, asosan, tubandagilar:
1.
Badiiy asarlardai peyzaj va portret tasvirini ko`chirib yozish.
2.
Asar
qatnashchilari
nutqidan
monologlar
tayyorlash
maqsadida ko`chirish.
3. Yodlash, deklamatsiya kilish uchun she’rlar yoki undan parchalar ko`chirish.
Dialoglarni o`zlashtirma gaplarga aylantirib yozish, badiiy asarlardagi dialoglarni
ko`chirish va ularni o`zlashtirma gaplarga aylantirib yozish, bog`lanishli yozma nutqni
o`stirishga katta yordam beradi. Bunday mashq ijodiy fikrlashga, savodli va ixcham jumlalar
tuzishga yordam beradi.
Syujetli she`riy asarlarning mazmunini hikoyaga aylantirib yozish.
Ko`pgina syujetli she`riy asarlar mazmunini xotirada saqlab qolish uchun ularning
mazmunini nasrga aylantirib yozish ham muhim ahamiyatga egadir. Bu yozma nutq sohasida
o`ziga xos ijodiy mashq hisoblanadi. Masalan, A.Navoiyning «Yolg`onchi» she`riy masali
mazmunini nasriy yo`l bilan yozish mumkin.
Savollarga javob yozish o`quvchini bayon va insho yozishga tayyorlaydi, badiiy asar
mazmunini chuqur o`zlashtirishga, ularni analiz qila olish qobiliyatining takomillashishiga
yordam beradi. Savollarga mumkin qadar sitatalar bilan javob yozish, savolning talabidan kelib
chiqib, g`oyat muhim bo`lgan masalalarga diqqat qilish lozim.
Matn mazmunini qisqartirib, yozish kishidan ancha chuqur o’ikrlashni, ma`lum darajada
malaka va tajribani talab qiladi qisqartirib yozish uchun katta hajmli badiiy asarlar tanlanadi va
tubandagilarga e`tibor berish talab qilinadi:
1.Avvalo, asar to`liq o`qib chiqiladi.
2.G`oyat ahamiyatli o`rinlari belgilab olinadi va homaki reja tuziladi.
3.
Reja
asosida
asar
mazmuni
qisqartirib
yoziladi:
Matn mazmunini kengaytirib yozish ham ijodiy yozma ish turlaridan biridir. Shu bilan bir
qatorda, xalq maqollari mazmunini kengaytirib yoki uni biror matnga bog`lab yozish eng yaxshi
usullardandir.
Diktant o`quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o`stirishda muhim ahamiyatga egadir.
Diktant yozish og`zaki nutqini yozma nutqqa ko`chirishning o`ziga xos turidir.
Bayon- yozma ishlarning asosiy turlaridan biri bo`lib, o`quvchining nutq malakasini
takomillashtirishga yordam beradi. Bayon yozishda yozma nutqni o`stirish bilan birga, matnning
g`oyaviy, ta`lim-tarbiyaviy, ma`rifiy tomoniga jiddiy ahamiyat beriladi.
Insho mustaqil yoritilgan o`ziga xos ijodiy asar bo`lib, yozma nutqni rivojlantirishning
eng asosiy vositalaridan hisoblanadi.
Inshoning barcha turlari ta`limiy maqsadni ko`zda tutgani holda, talabalarning nutqini
o`stirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yozma nutq og`zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: nutqni
yozayotganda muallif vaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo`ladi. U o`z nutqi
qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi. O’ikr uchun eng mos imkoniyatlarni
tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq og`zaki
nutqdan ravondir.
Do'stlaringiz bilan baham: