Birinchi bosqich. Tizimni faoliyat yuritishining maqsadlari belgilanadi va
shakllantiriladi.
Ikkinchi bosqich. Tizimni faoliyat yuritishining maqsadlari va tashqi
muhitning cheklashlari tahlili asosida tizim qanoatlantirishi kerak bo‘lgan talablar
aniqlanadi.
Uchinchi bosqich. Ushbu talablar asosida, mo‘ljalga ko‘ra, ba’zi bir
tizimchalar shakllantiriladi.
To‘rtinchi bosqich. Tizimni sintez qilishning eng murakkab bosqichi: har
xil variantlarni tahlil qilish va tizimchalarni tanlash, ularni yagona tizimda tashkil
qilish, bunda tanlov mezonlaridan foydalaniladi. Logistikada tizimlarni sintez
qilishning asosiy usullaridan biri – modellashtirishdir.
Ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarishga an’anaviy va logistik
yondoshishlar 36-chizma
da ko‘rsatilgan.
179
Do'stlaringiz bilan baham: |