Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


 Logistikani savdoda qo‘llashning samaradorligi



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/177
Sana30.12.2021
Hajmi1,48 Mb.
#190866
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   177
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

15.7. Logistikani savdoda qo‘llashning samaradorligi 
 
 
Jahon  va  mamlakat  tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki,  logistikani  qo‘llash 
savdoning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. 
 
Samarani tarkib topishining asosiy tomonlarini ko‘rib chiqaylik. 
1. Tovar harakati bo‘g‘inlaridagi zahiralarni quyidagilar hisobiga qisqartirish: 
  zahiralarni  ulgurji  va  chakana  savdolar  o‘rtasida  qayta  taqsimlash  va 
zahiralarni ulgurji bo‘g‘inlarda to‘plash; 
  zahira holatlarini nazorat qilishning zamonaviy texnologiyasini qo‘llash; 
  ishtirokchilarning zahiralarni o‘z vaqtida to‘ldirib borish masalasida yuksak 
darajada muvofiqlashib borishi. 


 
175 
Joriy zahiralar ham, sug‘urta zahiralari ham qisqarib boradi. 
Joriy  zahiralar  –  qulay  o‘lchamdagi  to‘plamlarning  belgilangan  muddatida 
yetkazib berilishi hisobiga amalga oshiriladi. 
Sug‘urta  zahiralari  –  tovarlarning  yagona  taqsimot  omborida  to‘planishi 
hisobiga kamaytiriladi. 
Masalan,  agar  100  ta  do‘konni bitta taqsimot ombori atrofida birlashtirilsa 
va  bu  yerda  sug‘urta  zahiralari  to‘plansa,  u  holda  kvadrat  ildiz  qonuniga  ko‘ra, 
zahiralarning  umumiy  hajmi  xizmat  ko‘rsatish  bo‘yicha  barqarorlikka  zarar 
yetkazmagani holda 10 marta kamayadi. 
2.  Ulgurji  va  chakana  savdo  korxonalarining  maydonlari  va  hajmidan  yuqori 
darajada  foydalanish.  Masalan,  tovar  o‘tkazish  bo‘g‘inlarining  logistik  qulayligi 
do‘konlar  maydonlarining  tarkibini  sezilarli  darajada  o‘zgartirib,  savdo 
maydonchalari hisobiga ko‘paytiradi. Bularga ushbu hisoblarga ko‘ra erishiladi: 
  umumiy  zahiralar  miqdorining  keskin  qisqartirilishi  va  ularning  kattagina 
qismi do‘konlardan ulgurji bo‘g‘inlarga ko‘chirish hisobiga;  
  tayyorlov  jarayonlarining  bir  qismini  –  shularda  qadoqlash,  tamg‘alash, 
narxlarini  qo‘yish  va  boshqalar  tovar  harakatini  oldingi  bosqichlariga 
ko‘chirish; 
3.  Sarmoyalarning  aylanishini  tezlashtirish.  Bular  talablarni  bevosita  joylashtirish 
va ularni bajarish jarayonlarini vaqti bo‘yicha nazorat qilish hisobiga erishiladi. 
4. Transport harajatlarini qisqartirish, ishtirokchilarni yuqori darajada transportdan 
foydalanish masalasida muvofiqlashuvlari hisobiga erishiladi. 
5. Yuklarni ishlash, shu jumladan qo‘l mehnati harajatlarini kamaytirish. 
 
Logistikadan  foydalanishdagi  samaralar  to‘plami,  odatda,  sanab  o‘tilgan 
ko‘rsatkichlar  samaralarining  yig‘indisidan  ortib  tushadi.  Bu  shu  bilan 
izohlanadiki,  logistik  tashkillashtirilgan  tizimlarda  vujudga  kelgan  bozor  uchun 
kerakli bo‘lgan yukni yetkazib berishni ta’minlash qobiliyati, zarur sifatda, kerakli 
miqdorda,  belgilangan  muddatda,  kerakli  joyga,  eng  oz  miqdordagi  harajatlar 
bilan yetkazib berishning vujudga kelishi bilan tushuntiriladi.  
 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, savdodagi logistik qulaylik  – bu tabiiy 
sohaning rivojlanishidagi muhim yo‘ldir. 
 
Logistikani qo‘llash – bugungi kun savdo korxonasining raqobatbardoshlik 
garovidir. 
 
Ertangi kunda – bu uning asosiy resurslaridan biri bo‘ladi. 
 
 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish