Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


-chizma. Moddiy zahiralarining asosiy turlari



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/177
Sana30.12.2021
Hajmi1,48 Mb.
#190866
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   177
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

16-chizma. Moddiy zahiralarining asosiy turlari 
 
 
Zahiralar  yetkazib  beruvchi,  ishlab  chiqaruvchi  va  iste’molchi  orasidagi 
bevosita  bog‘lanishni  kuchsizlantirish  uchun  xizmat  qiladi.  Zahiralar  mavjudligi 
ishlab  chiqarishni  optimal  xizmatdagi  partiyalar  bilan  yetkazib  berilayotgan 
xomashyo  bilan  ta’minlashga,  shuningdek,  xomshyoni  optimal  hajmdagi  tayyor 
mahsulotga  aylantirish  imkonini  beradi.  Xomashyo  zahiralari  shu  xomashyoni 
yetkazib  beruvchining  mahsulot  ishlab  chiqaruvchiga  bo‘lgan  bog‘lanishini 
kuchsizlantiradi.  Ishlab  chiqarish  jarayonida  bo‘lgan  yarim  tayyor  mahsulotlar 
zahirasi alohida sexlarning bir - biriga bo‘lgan bog‘lanishini kamaytiradi. 
 
Zahiralar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1. Bufer zahiralar yetkazib beruvchi va iste’molchilar orasida tashkil etiladi. 
Bu  zahiralar  materiallar  harakati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  qoplamalar  uchun  o‘z 
vaqtida etib kelmaslikni to‘ldirish, mahsulotni xarid qilish imkoniyatini ta’minlash, 
shuningdek,  mahsulotni  qulay  hajmdagi  partiyalar  bilan  ishlab  chiqarish  uchun 
ishlatiladi. 
2. Tayyor  mahsulot  zahiralari  qulay  hajmdagi  mahsulot  partiyalari  bilan 
ishlab  chiqarishni  ta’minlash,  kutilayotgan  talabni  qondirish,  haqiqiy  talabning 
istiqbollashgan zahiradan farqlanishini qoplash maqsadlariga xizmat qiladi. 
3. Ushlanib  qolishlarni      qoplash  uchun  zahiralar  material  resurslarning 
harakatlanishi bilan bog‘liqdir. Agar ushlanib qolish vaqti ma’lum bo‘lsa, bunday 
zahiralar hajmini aniqlash qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. 
4. Kutilayotgan  talabni  qondirish  uchun  kerak  bo‘lgan  zahiralar 
istiqbollashayotgan talabni qoplash uchun xizmat qiladi. Talabning hajmi va vaqti 
aniq  hisoblangani  uchun  bunday  zahiralarning  aniqlanishi  qiyinchiliklar 
tug‘dirmaydi. 
Moddiy zaxiralar 
 
Ishlab chiqarish zaxiralari 
 
 
Tovar zaxiralari 
 
Joriy zaxiralar 
 
Sug’urta zaxiralari 
 
Mavsumiy zaxiralar 
 


 
73 
5. Kafolat  zahirasi  talabning  aniqlab  bo‘lmaydigan  o‘sishini  qondirish 
uchun 
xizmat 
qiladi. 
Bu 
zahiralarning 
mavjudligi 
haqiqiy 
talabning 
istiqbollashayotgan talabdan farqini qoplaydi. 
 
Logistika  konsepsiyasining  amaliyotda  qo‘llanishi  korxona  va  firmalarda 
yalpi zahiralarning muvofiqligi bilan bog‘lanadi. Zahiralarni qulaylashtirish mezoni 
xarid bo‘yicha harajatlar mahsulotning yo‘qligi natijasida hisoblanadi. 
 
Xarid  bo‘yicha  harajatlarga  quyidagilar  kiradi:  buyurtmani  qayd  etish 
bo‘yicha  harajatlar;  yetkazib  beruvchilar  bilan  yetkazib  berilgan  tovarlar  va 
kommunikatsiya  haqida  shartnomani  qayd  etish  bo‘yicha  harajatlar,  agar 
transportda  tashish  narxi  qabul  qilinayotgan tovarning narxiga kirmasa; transport 
harajatlari, tovarni qabul qilish va omborda saqlash harajatlari. Bularning  ayrimlari 
buyurtmada  belgilanadi  va  buyurtma  hajmiga  bog‘liq bo‘lmaydi. Boshqalari esa, 
masalan,  transport  va  ombor  harajatlari  buyurtma  hajmiga  proporsional 
bog‘liqdir. 
 
Zahirani  saqlash  bo‘yicha  harajatlar  omborda  mahsulotni  ma’lum  vaqt 
davomida  saqlash  harajatlari  bilan  belgilanadi  va  bevosita  ombordagi  mahsulot 
hajmiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Bunga  ombor  harajatlari,  renta  harajatlari  (agar  inshoot 
ijara  qilingan  bo‘lsa),  ishlab  chiqaruvchi  birlikka  tegishli  omborlarning  mohiyati 
uchun  joriy  harajatlari  kiradi.    Bu  tur  harajatlarga  kapital  harajatlar  kiradi.  Bu 
guruhga,  shuningdek,  sug‘urta  va  soliq  harajatlari  ham  kiritiladi.  Sug‘urta 
harajatlari zahira yong‘in yoki o‘g‘rilik natijasida yo‘qolishlaridan himoya sifatida 
ishlatiladi. Zahiralar hisoblangan kun bo‘yicha soliqqa tortiladi. Bu guruhga tabiiy 
ofat va zahiralarning buzilishlari natijasidagi yo‘qotishlar ham kiritiladi. 
 
Mahsulot  yo‘qligi  natijasida  ishlab  chiqaruvchi  omborda  mahsulot  yo‘q 
bo‘lganligi  natijasida  to‘satdan  hosil  bo‘lgan  talabni  qondira  olmaydigan 
yo‘qotishlarga duch keladi. Bu yo‘qotishlar ikki turga bo‘linishi mumkin: 
1. Yo‘qotilgan  sotishlar  qiymati,  bunda  buyurtmachi  o‘z  buyurtmasini 
boshqa  ishlab  chiqaruvchiga  beradi.  Bu  usulda  harajatlar  ko‘zda  tutilgan 
harajatlardan foyda yo‘qotish bilan aniqlanadi. 
2. Buyurtmachi  buyurtma  berilishini  kutib  turadi.  Sotuvlar  yo‘qotilmagan, 
balki  surilgandir.  Ammo  kutish  qo‘shimcha  harajatlarni,  buyurtmani  qayd  etish 
uchun,  transport  va  ombor  harajatlari  va  boshqalarni  tug‘dirishi  mumkin.  Bu 
harajatlarni aniqlash qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. 
 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish