Tayanch tushunchalar:
O'zbek mulkdorlari o'rtasidagi nizo va g'allayonlar. Abdullaxon II davrida mamlakatning birlashtirilishi. Buxoro xonligining tashkil topishi.
xuI asrda Xorazm. Xiva xoqonligining tashkil topishi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.
Qo'qon xonligining tashkil topishi. Uning hududi sarhadlari, aholisi.
O'rta Osiyo xonliklari madaniyati.
Shayboniylar saltanatida Muhammad Shayboniyxon vafot etgan davrdan boshlab, Temuriylar davrida mavjud bo'lgan, markazlashgan davlat ildiziga bolta urilgan edi. 1505 yil Shayboniyxon Temur Sulton Kultegin tasarrufida bo'lgan. Xorazmni o'z davlati sostaviga qo'shib olgan bo'lsa, uning vafot etishi bilanoq Xorazm Shoh Ismoil tomonidan bosib olindi. 15II yil Xorazm Berka Sulton avlodlari qo'l ostidan ajralib mustaqil bo'lib oldi.
Albatta, to 1588 yilgacha Xorazm ayrim paytlarda Shayboniylar sulolasi tomonidan idora qilingan bo'lsada, ammo viloyat hokimlari o'zlarini mustaqil hisoblashardilar. 1588-1598 yil Abdullaxon davrida Xorazm tobe davlatga aylandi.
1598 yil Abdullaxon vafot etishi bilan Shayboniylar davlatida feodal urushlar boshlandi, uning merosxo'ri Abdulmo'min davrida bu yanada kuchaydi. Otasi kabi yirik davlat arbobi bo'lmagan Abdulmo'min feodal zadogonlar tomonidan o'ldirildi. U Buxoro xonligini bor yo'g'i 6 oy davomida boshqargan. Abdulmo'mindan keyin taxtga o'tirgan sunggi Shayboniy Pirmuhammadxon II ham markaziy hokimiyatga dushman bo'lgan feodal zodagonlarni tiyib qo'ya olmadi. U Shayboniylar davlatining kichik bir bo'lagiga hukmronlik qilib, o'zaro feodal urushlarning birida halok bo'ldi. Yuz yil hukmronlik qilgan Shayboniylar sulolasi barham topdi. Vujudga kelgan vaziyatdan Eron safaviylari, xivaliklar sulolasi va qozoqlar unumli foydalandilar.
Eron shoxi Abbos 1 Sabzovor, Mashhad va Xirotni bosib oldi. Ko'p o'tmay Shayboniylarning tayanchi nuqtalaridan biri bo'lgan Balx Abbos 1 ning qo'liga o'tdi. Qozoq sultonlarining lashkarlari Shayboniylarning yirik markazlaridan biri bo'lgan Toshkentni bosib oldilar. Bu yerdan qozoq sultoni Tavakkalxon markaziy Movarounnahrga xujumlar qilib Samarqandni ham bosib oldi. Buxoro atrofida qozoqlarning mag'lubiyatga uchrashi va Tavakkalxonning o'limigina qozoqlarni xujumini to'xtatishga majbur qildi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek Xorazm o'z mustaqilligini qo'lga kiritdi. Abdullaxon II va uning o'g'li Abdulmo'min Shayboniylar sulolasining barcha a'zolarni Markaziy hokimyatni mustahkamlash yo'lida olib borgan kurashlar davomida qirib tashlangan edilar. Shu sababli hokimiyatni boshqarishga Shayboniylar sulolasidan vakil qolmadi.
Feodal zadagon guruhlar Joni Muhammad Sulton (Jonibek)ni taxtga taklif qildilar. Jonibek Sulton Chingiziylar avlodidan bo'lib, uning avlodlari Oltin O'rda inqirozidan keyin Astraxanga hukmronlik qilishgan. 1556 yil Astraxanni Rus knyazlari bosib olganidan keyin Yormuhammadxon bolalari va qarindoshlari bilan Iskandarxon (1501-1583) hukmronligi yillarida Buxoroga keldi. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, Iskandarxon Yormuhammad va uning qarindoshlarini hurmat bilan kutib olgan, qizi Zuxraxonni uning o'g'li Jonibek Sultonga bergan. Jonibek Sulton Zuxraxondan uch o'g'il (Dinmuhammad, Boqimuhammad, Valimuhammad) ko'rgan. Dinmuhammad Abdullaxon II zamonida Niso va Abivard hokimi bo'lgan. Abdulmo'min o'ldirilganidan keyin amirlar va ruhoniylar naslidan toju-taxtga munosib biron kishi topilmagach feodal guruhlar Jonibek Sultonni xonlik taxtiga o'tkazmoqchi bo'ldilar. Lekin Jonibek katta o'g'li Dinmuhammad foydasiga taxtdan voz kechdi va uning nomiga xutba o'qitdi. Ammo Dinmuhammad Xirot yaqinida Safaviylar bilan bo'lgan jangda vafot etdi. Shundan so'ng taxtga Boqimuhammad o'tirdi. Shu tariqa 1599 yildan boshlab Markaziy Osiyoda Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Boqimuhammad Balxni eroniylardan qaytarib oldi va ukasi Valimuhammadni u yerga hokim etib tayinladi. Uning ichki janjallarini tugatish va ko'chmanchilarga qarshi olib borgan kurashlari samarali natijalar bermadi. 1505 yil Boqimuhammad vafot etgandan so'ng, taxtga uning ukasi Valimuhammad o'tirdi. (1605-16II). Valimuhammad o'zi mustaqil harakat qilolmas va davlat ahamiyatiga molik ishlarni beklarning roziligi bilan hal etardi yoki qaror chiqarardi.
Bu davrga kelib o'zbek urug'larining beklari shunchalik kuchayib ketgan ediki, ular siyosiy jihatdan mustaqil xonga bo'ysunmas edilar. Tarafma- taraflikka qarshi kurash, ichki janjallarni tugatish, harbiy feodal-zodagonlardan mustaqil siyosat yurgizish uchun bo'lgan harakat Valimuhammadga qarshi fitna bilan yakunlandi. 16II yil Valimuhammadni Imomqulixon (Boqimuhammadning o'g'li) taxtdan ag'darib o'zi o'tirdi Imomqulixon davlat chegaralarini birmuncha kengaytirishga muvoffaq bo'ldi. Imomqulixon Toshkentni qozoqlardan tortib olishga muvoffaq bo'ldi. Imomqulixon ko'chmanchilar, qozoqlar, qalmoqlar, mo'g'ullar va qoraqalpoqlarga qarshi kurashlar olib bordi. Ularga qarshi borilgan muvaffaqiyatli kurashlar Imomqulixonning mavqeini mustahkamladi. Uning uzoq davom etgan hukmronlik davri Buxoroda xon hokimiyatining nisbatan kuchayishi davri bo'ldi. Imomqulixon feodallarning qarshi chiqishlari va o'zaro kurashlarining birmuncha to'xtatishga muvaffaq bo'ldi. Biroq feodal yer egaligi rivojlanib katta yerlar amirlar qo'liga o'tib borgan sari feodal zodagonlarning ahamiyati kuchayib bordi. Shu tufayli markaziy hokimiyatda qochuvchi kuchlar kuchaya boshladi. Bu hol davlatning yemirilishi va bo'linib ketishiga yordam berdi.
Imomqulixonning ukasi Nodirmuhammad taxtga uzoq o'tira olmadi. (1642-1645yy). 1645-1680 yillarda uning o'g'li Abdulazizxon xon bo'lib turdi. Nodirmuhammad Balxga hokim etib tayinlandi. Bu orada Nodirmuhammadning boshqa o'g'illari ham taxtga da'vogarlik qila boshladilar. O'zaro urushlar boshlandi. Nodirmuhammad Boburiy Shohjahondan yordam so'radi. Uning ikki o'g'li 2 yil davomida Balxni taladi. 1649 yil Abdulazizxon Balxni Shohjahonning o'g'illaridan ozod etdi va Nodirmuhammad yana taxt tepasiga keldi. 16II yil Subxonqulixon Balxni otasidan tortib oldi. Mamlakat ichkarisida bo'layotgan o'zaro urushlardan foydalangan xivaliklar 1655 yilda Movarounnahrga qarshi yurish boshladilar. Ular hatto Buxoroning bir qismini ham egallab oldilar. Katta qiyinchiliklar evaziga xivaliklar Buxorodan xaydab yuborildi. Shunga qaramasdan xivaliklar ashtarxoniylar ustiga bir necha marta hujum uyushtirdilar (1657 yil Karmanaga, 1618 yil Vardonzega, 1662 yil Buxoroga, 1663 yil Buxoro atroflariga).
1680 yilda Abdulazizxon taxtiga uning ukasi Subxonqulixon o'tirdi. Subxonqulixon katta qiyinchiliklar evaziga xivaliklar ustidan o'z hukmronligini o'rnatishga erishdi.
XVII asrning oxiri XVIII asrning boshlarida mamlakatda feodal tartibsizliklar hukm surdi. Subxonqulixon mahalliy qarshiliklarni singdira olmadi. Tinimsiz urushlar olib borib, mehnatkash ommaga jabr zulmni kuchaytirdi. 1702-17II yillarda hukmronlik qilgan Ubaydullaxon feodallarning o'zboshimchaligiga chek qo'yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan so'nggi ashtarxoniylardir.
Ubaydullaxon qanday qilib bo'lsa ham, amirlarni kuchsizlantirib, markaziy hokimiyatni kuchaytirshga harakat qilib, oddiy aholi orasida o'z obruyini ko'tarish choralarini ko'rdi. Ubaydullaxon davrida feodallar o'rtasidagi janjal va nizolar o'zbek urug'larining bir-biri bilan kurashi ustiga Sirdaryo bo'yidagi cho'l va dashtlarda yashovchi ko'chmanchilarning hujumlari bo'lib turardi.
17II yil Ubaydullaxon fitna tufayli o'ldirildi, uning o'rniga ukasi Abulfayzxon o'tirdi. (17II-1747). Uning davrida markaziy hokimiyat o'z ahamiyatini yo'qota bordi. Mamlakat o'zini mustaqil hisoblovchi viloyatlarga bo'lina boshladi. Mamlakatni boshqarish mang'it urug'lari tomonidan qo'llab-quvvatlangan va feodallar orasida obro'ga ega bo'lgan Muhammad Hakimbiy qo'liga o'ta bordi. Ammo ko'p o'tmasdan guruhlar norozi bo'la boshladilar va u Qarshiga hokim qilib yuborildi.
1740 yilda Eron shohi Nodirshoh Balxga yurish boshladi. Mana shu davrdan boshlab, Abulfayzxon davlatining tanazzuli yaqqol sezila boshlandi. Xaqiqatda hokimiyat Muhammad Hakimbiy qo'li ostiga o'ta boshladi. 1747 yil Nodirshox vafotidan keyin oradan ko'p vaqt o'tmasdan Abulfayzxon ham vafot etdi. Muhammad Rahimbiy zodagonlar va ruhoniylar roziligi bilan 1753 yilda bilan Buxoro taxtiga o'tirdi va mang'itlar sulolasiga asos soldi.
Mang'itlar davrida feodal va siyosiy tarqoqlikning kuchayishi ko'plab o'zaro urushlar, shaharlarning huvillab qolishi turli feodal guruhlar tomonidan soliqlar solinishi natijasida o'troq aholining xonavayron bo'lishi, vohalar va savdo karvonlarining talon-taroj qilinishi, bularning barchasi ashtarxoniylar davriga hos edi. Aynan mana shu sabablarga ko'ra, XVIII asrda O'rta Osiyo viloyatlari ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ancha og'ir ahvolga tushib qoldi.
Qishloqlarda xo'jalik izdan chiqdi. Feodal yer egaligining soliqlari oshib bordi. Soliqlar hatto bir yilda bir yo'la ikki-uch yilligi undirib olindi. Misol uchun, Subxonqulixon davrida soliqlar ikki hissa ortiq olindi. Bular dehqonlar jamoasini xonavayron qildi.
Ashtarxoniylar davrida hunarmandlar ham katta va kichik feodallar tomonidan turli siquv ostiga olindilar. Hunarmandchilik va savdo-sotiq uchun katta-katta soliqlar to'lash lozim edi. Feodal zulm va og'ir soliqlar natijasida yirik-yirik qadimgi shaharlar huvillab qoldi. Davlatning ashtarxoniylar davridagi ma'muriy boshqarilishiga to'xtalsak, davlat viloyat va tumanlarga bo'lingan bo'lib, hokimiyat tepasida xon turardi. Xon cheklanmagan xuquqqa ega bo'lib, mustaqil siyosat yurgizardi. Shunga qaramasdan ba'zi viloyatlar hokimlarining kuchayib ketishi, ma'lum xonlar, ayniqsa Abulfayzxonni amirlar so'zlariga quloq solishga majbur qildi. Samarqandda Yalangto'shbiy, Qarshida Muhammad Hakimbiy (Mang'itlar qabilasi) kabi amirlar o'z urug'larining harbiy kuchlariga tayanib mustaqil siyosat olib bordilar va xonlar faoliyatini nazorat ostiga oldilar.
Ashtarxoniylar davrida ichki va tashqi savdo o'zaro urushlar tufayli yetarli darajada rivojlanmadi. Bir qator shahar va viloyatlar shunday talon-taroj va vayron etildiki, ular uzoq vaqt o'zlarini o'nglab olmas edilar.
Qishloq hunarmandlari o'z mahsulotlarini shaharlarga olib borar edilar. Bozorlarda ehtiyoj uchun sotib oluvchilardan tashqari, mahsulotlarning ma'lum turlarini sotib oluvchi savdogarlar ham bor edi. Ularning ba'zilari yirik savdogarlar bo'lib, yirik-yirik bozorlarni egallab olgan va ko'plab do'konlari mavjud edi. Buxoro va Samarqand bozorlarida paxta, ipak, yung matolar, tayyor kiyimlar, metall buyumlar, harbiy qurollar, zargarlik buyumlari, bo'yra, namat va boshqa mahsulotlar sotilardi. Bozorlarda chorva mollarini ham sotish yo'lga qo'yilgan edi. Bozorlar xalq uchun savdo markazi bo'lib qolmay, balki turli xil yangiliklar, xabarlar eshitadigan madaniy markaz ham sanalardi.
Ashtarxoniylar davrida Markaziy Osiyo va Rossiya o'rtasidagi savdo-sotiq mustahkamlandi va kengaydi. Musulmon savdogarlari kam soliq olinadigan Sibir orqali savdo qilishar edi. 1735 yil Orenburg shahriga asos solingandan keyin, birmuncha muddat Markaziy Osiyoning savdogarlaridan umuman soliq olinmadi.
Rossiyaga teri, yung, gilam va paxta matolari chiqarilardi. Markaziy Osiyoning savdogarlari Rossiyaga Sharq mamlakatlaridan olib kelingan mahsulotlarni ham olib borar edilar. Bu davrda ayrim rus savdogarlar 2-3 yil Markaziy Osiyo shaharlarida yashab qolar edilar. Ular rus mahsulotlarini olib kelishib, bu yerdan mahalliy mahsulotlar olib ketishardi. Shuningdek savdogar niqobi ostida harbiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ham yig'ib yetkazib turar edilar.
Ashtarxoniylar, hususan Ubaydullaxon davrida Sharq davlatlari bilan savdo-sotiq qilishga e'tibor kuchaygan bo'lsada, ammo XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida Sharq mamlakatlari bilan olib boriladigan savdoga anchagina putur yetgan edi.
O'zaro ichki kurash va beto'xtov olib borilgan urushlar natijasida XVII asr oxiri va xuIII asrning boshlarida Buxoro xonligi yemirila boshlagan edi. 1723 yilda Samarqand viloyati ajralib, hokimiyat Farhod otaliq homiyligida Rajabxon qo'liga o'tdi. Mamlakat hududining katta qismini Muhammad Hakimbiy otaliq egallab olgan edi. 1747 yil Nodirshox vafot etgach, Muhammad Rahimbiy taxtni egallaydi va Abulfayzxonni qatl ettiradi. 1753 yilda mang'itlar sulolasi hukm surgan Buxoro amirligiga asos solinadi.
Amirlik hududidagi uzoq davom etgan urushlar mamlakat iqtisodini izdan chiqarib, feodal tarqoqlikning avj olishiga zamin yaratdi. Bundan foydalangan Xiva xonlari Buxoro xonligi hududiga tez-tez hujumlar uyushtirib turdi.
XVI asr boshlarida Elbarsxon Xiva xonligini tashkil etgan edi. Xiva xonligiga Mang'ishloq hamda xurosonning shimoliy qismi kirgan. Elbarsxon 1538 yilda vafot etgach, xonlar tez-tez almashib turgan. Xiva xonlari o'z qo'l ostilaridagi xalqni itoat qildirish maqsadida bir qabila bilan ikkinchi qabila o'rtasidagi nizoni kuchaytirishga harakat qilib, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo'yar, urushtirar edi. Chunki Xiva xonligining aholisi etnik, madaniy va til jihatdan bir biridan farqlanuvchi uch guruhga bo'lingan ;
1. O'ziga ko'plab chetdan kelgan unsurlarni singdirgan va til bo'yicha turkiylashgan qadimgi xorazmliklarning bevosita avlodlari. Ular dehqonchilik madaniyati, hunarmandchilik va savdo-sotiqni yaxshi bilishgan.
2. O'troq aholisi bo'lgan tumanlardan g'arb va janub tomonlarda joylashgan turkman qabilalari.
3. Dashti qipchoqdan Xorazmga Elbars bilan birga ko'chib kelgan ko'chmanchi o'zbeklar. Ular qabilalarga bo'linib yarim ko'chmanchilik hayot tarzini saqlab qolishgan va to'rtta asosiy guruhga bo'lingan: qiyot-qo'ng'irot, uyg'ur- nayman, qang'li-qipchoq va no'kuz-mang'it. Ana shu qabila uyushmalariga inoqlar raxbarlik kilishgan.
4. Hukmron tabaqalar - juda katta boylik va qullar egasi.
XVI asrda Xorazm hali markazlashgan davlat darajasiga yetmagan, bu yerda urug'chilik tuzumining asoratlari hali kuchli edi. Davlat yerlari xon avlodiga qarashli bo'lgan. Hukmron suloladan yoshi ulug'i xon deb e'lon qilingan. Xonning urug'lari va xesh-aqrobalari ulush sifatida viloyat va shaharlarni idora qilishgan, ayni paytda mustaqil bo'lishga intilgan. Xon hokimiyati qabila zodagonlari bilan cheklangan. Nizo va feodal urushlar deyarlik tinmagan.
XVI asrda Xorazm iqtisodiy inqiroz davrini boshidan kechirib, feodal urushlar, og'ir soliqlar va majburiyatlar mamlakatni xonavayron qildi. Savdo-sotiq inqirozga uchradi. XVII asrda shahar hayoti sust rivojlandi. Savdo karvonlari qaroqchilar tomonidan ko'p aziyat chekardi. Hunarmandchilik Xivada va boshka ayrim shaharlarda rivojlangan bo'lib, Xiva o'zining gilamlari bilan mashhur edi. Qimmatbaxo sifatli gilamlar Buxorodan ham olib kelinar edi. XVII asr boshlarida hunarmandchilik va savdo sust rivojlanganidan shaharliklar hayoti qishloq hayotidan deyarli farq qilmasdi. Shaharliklar dehqonchilik bilan ham shug'ullanishgan.
XVI asrning ikkinchi yarmidan Xiva va Rossiya o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatila boshlandi. XVIII asrda Xivadan yigirma yettita elchilar guruhi jo'natilgani fikrimiz isbotidir. Savdo ishi elchilarning diqqat markazida turgan. Siyosiy muammolarga ham e'tibor berilgan.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, xonlikda davom etgan o'zaro urushlar Buxoro xonligi hamda qo'shni qalmoq, qozoq va ural kazaklarining mamlakatga tez-tez hujum qilishlariga imkon yaratgan. Feodal o'zaro nizolar Arab Muhammad davrida eng yuqori nuqtasiga yetadi. Uni o'g'illari Elbars va Xabash taxtdan ag'darishadi. Elbarsni ko'p o'tmasdan turkmanlar yordamida ukasi Asfandiyor (1623-1643) taxtdan ag'daradi. Xiva xonligi Abulg'ozixon davrida(1643-1663)siyosiy va madaniy jixatdan yuksaladi. Anushaxon davrida esa Xiva Buxoroga ta'sir ko'rsatadigan darajadagi davlatga aylanadi. Buxoro xoni Subxonqulixon 1687 yili Xivada Anushaxonning o'g'li Ernak boshchiligidagi fitnachi guruhni tashkil etib, unga suiqasd uyushtirishadi va o'sha yili Anushaxonning ko'ziga mil tortiladi. Ammo Ernak mamlakat taxtini uzoq boshqara olmadi.
XVII asr Buxoro xonligidagi iqtisodiy va siyosiy tushkunlik xonlikning parchalanishiga olib keldi. Bu davrda Farg'ona xonlikdan alohida o'lka sifatida ajralib chiqdi. 1710 yilda o'zbeklarning ming urug'idan bo'lmish Shoxruxbiy hokimiyatni qo'lga oldi. Minglar sulolasi keyinchalik Sirdaryo havzasini va Yettisuvning bir qismini ham egalladilar. Rahimboy hukmronligi davrida ( 1721-1740) xonlik territoriyasi kengaydi. Uning ukasi Abdukarimbiy (1740-1760) davrida Qo'qon, Andijon, Namangan va Marg'ilon shaharlarida savdo va hunarmandchilik taraqqiy etdi. Abdukarimbiy markaziy hokimiyatni mustaqkamlash uchun feodallar o'zboshimchaligiga chek qo'yishga intildi. Norbo'tabiy davrida (1769-1800) Chust, Namangan va Xo'jand beklari qarshiligi bostirildi. Uning o'g'li Olimbek 1809 yillar Toshkentni, Chimkentni va Sayramni o'z davlati tarkibiga qo'shib oladi.
XVII-XVIII asrlarda Markaziy Osiyoda madaniy hayot konservativ doiralarning va hukmron sinflarning ta'sirida bo'ldi. Bu davrda aholiga diniy xurofotlarni ko'prok singdirish, aholini jaholatda ushlab turish va ma'rifatdan uzoq saqlash, har qanday ilg'or fikrni ta'qib etish kuchaydi.
Bu davrda bir qancha tarixiy asarlar yuzaga keldi. Abduraxmon Tole'ning « Abdufayzxon tarixi », Muhammad Vafoning « Xon tuhfasi», Mir Muhammad Amin Buxoriyning « Ubaydullanoma » , Muhammad Sharifning shayboniylar tarixiga oid « Tafi at- tavorix » asarlari yaratildi. Bu asrlarda xonlar sha'niga hamdu-sanolar o'qilib, mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli, xo'jalik, savdo, xunarmandchilik va hokazolar haqida deyarli hech narsa aytilmadi.
Adabiyot sohasida juda ko'plab shoir va shoiralar ijod etdilar. Qo'qon xoni Umarxonning o'zi « Amiriy « taxallusi bilan o'zbek tilida go'zal g'azallar bitdi. Uning rafiqasi Moxlaroyim «Nodira « taxallusi bilan she'rlar ijod etdi. Nodira o'zbek shoirasining taxallusi bo'lib, u tengi yo'k, , yakka-yu yagona ma'nosini anglatadi. Nodira faqat o'zbek tilidagina emas, balki fors- tojik tilida xam « Maknuna «, « Komila « taxallusida she'rlar yozdi.
Yana bir shoir Turdi Farog'iydir. U 1641 yilda tug'ilgan. U yuz urug'ining boshlig'i sifatida katta obro'ga ega bo'lgan. Abdulazizxon taxtdan ketgach, Turdi saroydan uzoqlashtiriladi. Shoir o'z she'rlarida o'zbek urug'larini birlashishga chaqirgan. Qo'qondagi Mir Arab madrasasini tugatgan. Maxmur moddiy jihatdan qiynalib, xon saroyiga askar bo'lib yollanadi. Askarlikda ham uning ahvoli yaxshilanmadi. Maxmur amaldorlar bilan kelisha olmay saroyni tashlab ketadi va umrining oxirigacha Hapalak qishlog'ida muxtojlikda yashaydi. Maxmur «Xoji Niyoz «, «Karimbul misgar», « Itboqar qozi « kabi hajviyalarda Qo'qonda yashagan ruhoniy va amaldorlarni qattiq tanqid ostiga oladi.
Muhammad Sharif Darvozda kambag'al oilasida dunyoga keladi. U tirikchilik o'tkazish maqsadida Farg'ona vodiysiga, keyin Namangan shahriga boradi. U yerda mardikorlik qiladi. Qo'qonda o't yoquvchi go'lox bo'lib ishlaydi. Gulxaniy taxallusi bilan she'rlar yozadi. Uning yirik asari « Zarbulmasal « nomi bilan mashhurdir. Asardagi majoziy obrazlar orqali o'sha zamonga tavsifnoma bera olgan. Adabiyot bilan birga bu davrda arxitektura sohasida ham ma'lum bir yutuqlar qo'lga kiritildi. Samarqanddagi Registon maydoni o'sha davrda shakllanib, Sherdor va Tillakori madrasalari barpo qilindi
xulosa qilganimizda XVI-XVIII asrlardagi feodal parchalanish o'zbek xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Ular o'rtasidagi o'zaro urushlar rus mustamlakachilari uchun qo'l keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |