Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


-mavzu: MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA MAHALLIY MUSTAQIL DAVLATLARNING VUJUDGA KELISHI



Download 0,54 Mb.
bet17/24
Sana07.08.2021
Hajmi0,54 Mb.
#140596
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
O'ZBEKISTON TARIXI МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ

9-mavzu: MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA MAHALLIY MUSTAQIL DAVLATLARNING VUJUDGA KELISHI.
Reja:


  1. Qoraxoniylar hukmronligi davrida Movarounnahrda amalga oshirilgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o'zgarishlar.

  2. Movarounnahrda g'aznaviylar va saljuqiylar hukmronligi.

  3. XI-XII asr va XSH asr boshlarida Xorazm davlatining yuksalishi.

Movarounnahrda XI asrga qadar ko'plab turkiylar yashagan. Ular Shosh va Farg'onada ko'proq, Zarafshon va Qashqadaryoning vodiylarida kamroq edi.

VIII-IX asrlarda turkiylar Movarounnahr aholisi tiliga kira boshladi. Turkiylar bu yerda o'troq hayot kechiradilar. Farg'onada turkiy qarluqlar, Shoshda turkiy-o'g'uzlar ko'proq edi. Arab jug'rofi Ibn Xavqalning so'zlariga qaraganda X asrda mingga yaqin turkiylar oilasi islomni qabul qilishdi va Farob Kenjida, Shosh oralig'ida, ya'ni hozirgi Chimkentda janubiy-g'arbda o'troqlashdi. Bular turkiy o'g'uzlar edi.

X asr oxirlarida o'g'uzlarning bir qismi islomni qabul qilib, Xorazmdan kofirlarni pecheneglar tomon siqib chiqargan, ular o'zlarini turkmanlar deb atay boshladi. Somoniylarning ruxsati bilan ular Buxorodan janubdagi xududlarda ko'chmanchilik qilib, turkman saljuqiylari nomi bilan mashhur bo'lishdi.

Shoshni turkiylashtirishda o'g'uzlar bilan bir qatorda ilgari tilga olingan turgashlar ham katta rol o'ynadi. Turkiy qabilalarning asosiy qismi U asrda Yettisuvda joylashgan edi.

Dehqonchilik va chorvachilik hamda savdoda o'ziga xos rivojlanish mavjud bo'lgan sug'diylar turkiy qabilalarga kuchli ta'sir o'tkazdilar, turkiylar shaharlarda o'troqlashib, joylasha boshladilar.

Ikkinchi tomondan sug'diylar o'z tilini, etnik mavjudligi yo'qota boshladilar. Ular o'z qizlarini turkiylarga turmushga berishdi va turkiylarning qizlarini kelinlikka olishdi.

Qoraxoniy tilchi olim Maxmud Qoshg'ariy XI asrda arab tilida «Devoni lug'atit Turk» (Turkiy so'zlar lug'ati( ni tuzib, unda sug'diylar qanday qilib o'z tilini asta- sekin yo'qota borganligini ustalik bilan ko'rsatib o'tadi.

Turkiy qarluqlar hozirgi Turkmaniston xududida yashagan. Qarluqlar Yettisuvning egasi edi. Issiqko'l xududida turkiy chigillar yashagan. Ular chodirlarda hayot kechirib, kigiz qalpoq kiyishgan. Chorvachilik asosiy mashg'uloti bo'lgan.

Issiqko'ldan janubda yag'mo turkiylari yashashgan. Bular jangovor qabilalar bo'lib, asosan ovchilik bilan shug'ullanishgan.

X asr oxirida Yettisuv territoriyasida Qoraxoniylar davlati tashkil topishi arafasida yagona hokimiyat yo'q edi. Turli rayonlarda hokimiyat turli turk qabilalari - qarluqlar, chigillar, arg'ular, yag'molar qo'lida edi. Somoniylar Yettisuv ustiga bir necha marta yurgan bo'lsalar ham, shaharlarni istilo etgan bo'lsalarda, Yettisuv somoniylarga tobe emas edi.

X asrning II yarmida Qoraxoniylar davlati tarkib topdi. Yangidan tashkil topgan davlatning birinchi boshlig'i "bug'raxon " ( podshoh ) deb ataluvchi davlat unvoniga ega bo'lgan. Qoraxoniylar davlati Qashqardan Isfijobgacha cho'zilgan edi. Markazi 2 shahardan - Qashg'ar va Bolasog'undan iborat bo'lgan. Birinchi podshohi - Xorun ibn Muso ibn Satuqdir.

Markazga birlashgan turkiy xalqlar - O'rta Osiyoning g'arbiy viloyatlari - Shosh, Farg'ona, Sug'diyona va boshg'a yerlarga bosqinchilik yurishlarini boshladilar. Boshqa har qanday bosqinchilik harakati singari o'rta asrlarda bu yurishlar ham talon taroj va zo'ravonlik bilan bog'lik edi.

Soliq zulmidan azob chekkan dehqonlar, harbiy harakatlar tufayli bog'u-rog'larning payhon qilinishi, xiroj va natura soliqlarining oshishi tez-tez g'alayonlar bo'lishiga olib keldi. Dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi aholi ko'z oldida somoniylar davlati o'zining shuhratini yo'qota bordi. Yuqori mulkdor aristokratiya vakillari ham Somoniylar davlatining yiqilishini sabrsizlik bilan kutmoqda edilar. Ikkinchidan armiya tayanchi sanalgan turk g'ulomlari ham xoinlarga aylandilar. Ortodoksal musulmon ruhoniylar ham sotqinlik pozisiyasida turdilar.

992 yili Bug'raxon dehqonlarning talabi bilan Movarounnahrga keldi. Eng ta'sirchan harbiy boshliqlardan biri Abu Ali Simjuriy Burxon bilan Movarounnahr yerlarini bo'lish borasida muzokaralar olib bordi.

Somoniylar taxtida bu davrda Nux Ibn Mansur II o'tirgan bo'lib, u madaniyatli va irodali odam edi. Vujudga kelgan sharoitda u hech kimga suyana olmadi Bug'roxonni kutib olishga yuborilgan harbiy boshliq Ayach tor-mor etilib asirga olindi. Shunda u Foiqni jo'natadi, lekin u ataylab mag'lub bo'ldi, buning evaziga Bug'roxon keyinchalik uni Termiz va Balx noibi etib tayinladi.

Bug'raxon jangsiz Buxoroni egalladi, ammo kasallik tufayli Qashg'arga kaytayotib yo'lda vafot etdi. Nux mana shundan ham foydalana olmadi. xuroson Abu Ali va Foyiq qo'lida, , G'azna hamdo Xirot Sobuqtegin qo'lida edi.

996 yili turkiylar Nasr boshchiligida Movarounnahrga hujum boshladilar. Nux Sobuqteginga yordam so'rab murojaat qildi. Sobuqtegin Nuxga yordam berish uchun ko'psonli qo'shin bilan yo'lga chiqdi. Balxda unga Chag'oniyon, G'uzgon va xuttalayon hokimlari otryadlari qo'shildi. Sobuqtegin Kesh tumanida lager qurgach, Nux ham o'z otryadi bilan qo'shilishni talab etdi. Bu Somoniy amirining oliy huquqiga ochikdan-ochiq qarshi chiqish degan so'z edi. Nux bu taklifni rad etib, Sobuqteginni o'z armiyasi bilan Buxoroga chaqirdi. Bunga javoban Somoniylar o'rniga kelgan Qoraxoniylar yagona markazlashtirilgan davlat o'rniga, udel sistemasi bilan idora eta boshladilar.

Qashg'ardan tortib Amudaryogacha bo'lgan hamma yerlar qoraxoniylar xonadonining shaxsiy mulki hisoblanar edi. Bu xonadonning boshlig'i ulug' xon Qashg'arda onda-sonda Bolasog'unda turar edi. Xon «tamg'achxon» nomi bilan ham atalgan. Udellar tepasida ilekxonlar turgan.

Ilekxonlar bilan xonlar xoni o'rtasidagi munosabat yaxshi emas edi. Mustaqillika intilish ilekxonlarda kuchli edi. Ilekxonlar davlatini idora etishda somoniylar davri tartiblari deyarli saqlab qolindi. Din peshvolari har tomonlama ulug'landi. Qoraxoniylar turkiylar qo'shini bilan ittifoqda bo'lish an'analarini davom ettirdilar.

Qoraxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi yirik zamindorlikning eski ko'rinishlari yemirilishini tezlashtirdi. Somoniylar sulolasini ag'darishdan manfaatdor bo'lgan, katta niyatlarni o'ylagan dehqonlar qoraxoniylar tomonidan quvg'in qilina boshladi. Dehqonlarning qariyb barcha asosiy avlodlari asta-sekin siyosiy maydondan keta boshladi, ular bilan birga ularning avloddan-avlodga o'tib kelgan mulkdorligi ham barham topdi. Dehqon endi mayda yer egasi ma'nosida tushunila boshlandi.

XI asrda «iqto'» atamasi bilan ma'lum bo'lgan shartli yer egaligi ham keng tarqala boshladi. Iqto' yerni birovga sovg'a qilishning muntazam ravishda muayyan daromad olib turish bilan bog'liq bo'lgan o'ziga xos bir ko'rinishdir. Davlat hokimiyati shuningdek, tegirmon, hammom, bozor, do'kon va boshqa narsalardan tushadigan soliq yoki daromadni ham iqto' qilib bera olgan.

Qoraxoniylar iqto'ni turkiy sarkardalaridan tashqari amaldor tojiklarga va boshqalarga ham bergan. Ma'lum vaqtga berilgan iqto' bir umrga beriladigan, avloddan-avlodga o'tadigan bo'ldi. Muqta dehqonlarning mulkiga, shaxsiga va yeriga ham da'vo qila boshladi. Dehqonlar amalda yerga biriktirib qo'yilgan edi.

Qoraxoniylar davrida barzikorlik ham paydo bo'ldi. Barzikorlar yerni ishlashga olib, olingan hosilning bir qismini podsholikka, ikkinchi qismini o'zi oladi, uchinchi qismini yer egasi oladi.

Yusuf Xos Xojib Bolasog'uniy «Qutadg'u bilik» asarida yoritishicha, Qoraxoniylar hunarmandlarga, xususan temirchi, to'quvchi, etikdo'z, suv tashuvchi, egarchi, toshkesar, o'qchi, yoy yasovchi va boshqa xil kasb egalariga yaxshi munosabatda bo'lishgan. Savdogarlar ham qadrlangan.

Qoraxoniylar o'trok hayotga deyarli barchasi o'tmagan bo'lsada, shaharlarga bog'lanishga harakat qilardilar. Ular Qashg'ar, Bolasog'un, Taroz, Urganch, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarni poytaxt qilishgan. Bu yerlarda ular saroylar qurishar va goxo qishlab ham qolishardi. Umuman olganda Qoraxoniylar davrida O'rta Osiyodagi munosabatlar anchagina rivojlandi.

X asrlarda hali somoniylarning siyosiy qudrati kuchaygan yillarda, G'azna shahri o'ziga turk lashkarboshilari orasidagi isyonchilarning diqqatini jalb eta boshlagan edi. G'azna shahrining somoniylar davlati markazidan uzoqligi va kofirlarga qarshi muqaddas urush shiori ostida talonchilik hujumlari qilish mumkin bo'lgan Shimoliy Hindistonning boy rayonlari va shaharlariga yaqinligi somoniylar tomonidan tayinlangan hokimi o'z istagi bo'yicha taxdid va xavf- xatar solib, Kashmir, Panjob, Mo'lton va shuningdek, Shimoliy Hindistonning boshqa oblastlariga yurishlar qiladigan deyarlik mustaqil mulk egasi darajasiga ko'tarar edi. G'aznada tashkil etilgan mustaqil davlatga birinchi hukmdorlardan biri turk g'ulomlarida bo'lgan Alpteginning nomi bilan bog'liq. Alptegin 962 yilda bu yerdagi mahalliy mulk egasini taxtdan ag'darib, qisqa bo'lsada o'z hokimiyatini o'rnatgan. Ikkinchi marta 977 yilda Sobuqtagin hokimiyatni o'z qo'liga o'tkazdi va avlodlariga meros qoldi.

Buxoroni Nasr bosib olgan vaqtlarda Sobuqtaginning o'g'li Maxmud G'aznaning amiri edi. U tarixda Maxmud G'aznaviy nomi bilan mashhur bo'lib, g'aznaviylar qudratiga asos soldi. Maxmud davlatni o'zi uchun qulay sharoitda idora eta boshladi. 999 yilning o'zida Nasr Buxoroni egallagach, Maxmud Bog'dod xalifasi Qodir (991-1031) dan «kelish ad-daula va omin al- milla», ya'ni «hokimiyatning o'ng qo'li va dindorlik jamoasining ishonchli vakili» unvoni va xurosonni idora etish vakolatini oldi. Bu unvonni olishga javoban Maxmud Xalifa Qodirning nomini xutbaga qo'shib o'qita boshladi. 1001 yilda u Nasr bilan o'z chegaralarini kelishib oldi. Amudaryo daryosi chegara chizig'i qilib belgilandi. Somoniylar davlati o'rnida ikkita yangi davlat tashkil bo'ldi : biri Qashg'ardan Amudaryogacha cho'zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg'ona va qadimgi Sug'd territoriyasini o'z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati, ikkinchisi Shimoliy Hindiston chegarasidan to Kaspiy dengizining janubiy qirg'oqlarigacha cho'zilgan hozirgi Afg'oniston va Himoliy, sharqiy Eron oblastlarini ham o'z ichiga olgan G'aznaviylar davlati.

G'aznaviylar davlati tashkil topgan kunlardan boshlab Eron va O'rta Osiyo, qisman Movarounnahr hayotida muhim rol o'ynay boshladi. Maxmud G'aznaviy ( 998 -1030 ) Panjob, Kashmir va Shimoliy Hindistonning boshqa viloyatlariga 17 marta talonchilik yurishlari olib bordi. U bu yurishlarda katta boyliklar ortirdi. Masalan:birgina Kanauja shaharlaridan 20 million dirham, 57 ming qul va 350 ta fil keltirdi, lekin bu boyliklardan ishlab chiqarishni rivojlantirishda foydalanmadi. Bu yurishlar Maxmudni o'z davrining qudratli podshosiga aylantirdi. Uning barcha qo'shinlari u bilan hisoblashardi. Maxmud G'aznaviy Hindiston safarida ekanligida 1006 -1008 yillarda Qoraxoniylar 2 marta xurosonga yurish qildilar. Har ikkalasi ham Qoraxoniylar daryoning narigi qirg'ogiga haydab yuborildi.

Movarounnahrda somoniylar bilan birga markazlashtirilgan davlat ham yiqildi. Turklar Movarounnahrga o'zlari bilan udel sistemasi bilan boshqarish tajribasini olib keldilar. Kashkardan Amudaryogacha bo'lgan yerlar Qoraxoniylar xonadoni a'zolariga bo'lib berilgan edi. Samarqand va Buxoroning egasi Amintagin Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarining ilek xoni edi, u 30 yil 1034 yilgacha ilekxonlik qildi.

Qoraxoniylarning udel xonlari o'rtasida tez- tez nizolar bo'lib turardi. Tamg'achxon Qodir bilan ilekxon Alptagin o'rtasidagi munosabatning buzilishidan Maxmud G'aznaviy manfaatdor edi.

1025 yilda Maxmud G'aznaviy bilan tamg'achxon Qodir Samarqand yonida shaxsan uchrashdilar. Uchrashuvdan muhim siyosiy masala, Alptagindan Movarounnahrni qaytarib olish va uni Qodirxonning o'g'li Yigintaginga berish haqidagi qarorga keldilar. Alptagin Movarounnahrni vaqtincha tashlab ketishga majbur bo'ldi. Turkmanlar uni qo'llab- quvvatlagach, ular Maxmud tomonidan tor- mor qilindi. Ammo Maxmud Alptaginni butunlay yo'q qilish emas, balki kuchsizlantirish asosiy maqsadi edi.

Somoniylar davlati tarkibida yarim mustaqil davlat bo'lgan Xorazm, somoniylar dinastiyasi qulagach, u mustaqil erkin davlat sifatida rivojlanish imkoniyatiga ega bo'ldi. Uning bir tomondan Volgabo'yidan O'rta Osiyo orqali Mo'g'iliston va Xitoyga, ikkinchi tomondan esa Eronga olib boradigan savdo yo'llari bir-birini kesib o'tgan yerda joylashganligi, shuningdek, g'uzlar cho'lidagi ko'chmanchilar bilan savdo- sotiqning mavjudligi iqtisodiy rivojiga yordam berdi.

X asrning geograflari Xorazmni turli tuman ekinlar yetishtirishgan mamlakat sifatida tasvirlaydi. X asrning 2 yarmida shimoliy Xorazm va uning poytaxti Urganch taraqqiy etdi. Ma'lumki 996 yilgacha Xorazm 2 qismga - Janubiy va Shimoliy Xorazmga bo'lingan edi. Qadimgi Qiyot shahri Janubiy Xorazmning poytaxti edi. U yerda Xorazmshoh unvonini olgan podsho taxtda o'tirar edi.

996 yilda Shimoliy Xorazm podshosi Ma'mun ibn Muhammad yagona davlatga birlashtirdi va Xorazmshoh unvonini olib, Urganchni poytaxtga aylantirdi. Ma'mun ibn Muhammad va o'g'li Ali ibn Ma'mun Xorazm mustaqilligini va qudratini oshirishga harakat qildilar. Maxmud G'aznaviy Xorazmning kelajagini o'ylab, uni o'zining vassaliga aylantirishga harakat qildi. Shunga ko'ra u o'z singillarini Xorazmshoh Ali ibn Ma'mun va uning ukasi Ma'mun ibn Ma'munlarga erga berdi. U yaqin qarindosh bo'lish orqali Xorazmni siyosiy bo'ysundirish yo'lini izlagan edi.

Ali ibn Ma'mun vafotidan so'ng taxtga Ma'mun ibn Ma'mun o'tirdi. U aqlli, bilimli kishi bo'lish bilan birga, u juda ehtiyotkor va unchalik jasur emas edi. Ma'mun akasining ishlarini davom ettirdi. Uning otasi va akasi Urganchda 2 go'zal saroy barpo qildirgan edi.

Urganchdagi saroyda yirik madaniy markaz yaratish ishi Ma'mun ibn nomi bilan bog'liq. Saroy majlislariga XI asr boshlaridagi eng yaxshi ilmiy kuchlar yig'ilar edi. Bu yerda Ibn Sino va Beruniy, Abusaxl Masixiy, Abuxayr Xammor, Abu Nosir Arroq kabi olimlar ilmiy munozaralar o'tkazganlar. Maxmud G'aznaviy Ma'munning bu ilmiy muhitiga xasad bilan qarar, uning mavqeini pasaytirish uchun qo'lidan kelgan barcha ishlarni amalga oshirdi.

Bag'dod xalifasi Qodir( 991- 1031 ) xuroson va O'rta Osiyodagi voqealarni diqqat bilan kuzatib, ayrim mulk egalari orasiga nifoq solishga harakat qildi, chunki Qodir buni ularni kuchsizlantirishning eng yaxshi vositasi deb bildi. Xorazmning o'sib borayotgan kuchini hisobga olgan xalifa Qodir, Xorazmshoh Ma'mun ibn Ma'munga maxsus elchi orqali faxriy kiyim, shuningdek uni « ayn ad daula va zayn al milla «, ya'ni « davlat ko'zi va dindorlari jamoasining ko'rki» unvoni bergan diplom yubordi. Bu bilan Maxmud G'aznaviyga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Bu voqeadan xabar topgan Maxmud G'aznaviy Ma'mundan uning nomini xutbaga qo'shib o'qitishni talab qildi. Xorazm xalqi agar Ma'mun bu talabni bajarsa, o'lim jazosi berishni ta'kidladilar. Maxmud G'aznaviy Xorazmdagi vaziyat murakkabligi tufayli, quyidagi mazmunda maktub jo'natdi: « oramizda qanday majburiyatlar olinib, shartnoma va ittifoq tuzilgan va u xorazmshohning bizga qanchalik qarzdorligi ma'lum. xutba haqidagi bu masalada u bu ish o'zi uchun nima bilan tugashini bilib, bizning xohishimizga bo'yin egdi, ammo uning kishilari unga yo'l qo'ymadilar, Men « gvardiya va fuqarolar « iborasini ishlatayotganim yo'q, chunki ular shohga uni qil, buni qilma deb, aytishga jur'at etar ekanlar, ularni gvardiya va fuqarolar deb bo'lmaydi. Hokimiyatning zaifligi va kuchsizligi shundan ko'rinib turibdiki, haqiqatdan ham shunday. Men bunday kishilardan g'azablandim, bu yerda Balxda uzoq muddat bo'ldim va podshoh xazinasiga qarshilik ko'rsatgan isyonchilarni jazolash va ularni to'g'ri yo'lga solish uchun 100 ming otliq va piyoda askar, 50 filni to'pladim. Shuning bilan birga, biz ukamiz va kuyovimiz bo'lmish amirni xam uyqudan uyg'otamiz va davlatni qanday boshqarish kerakligini unga o'rgatamiz ; bo'sh amir ishga yaramaydi». Maktubning davomida Maxmud G'aznaviy Xorazmshoh quyidagi shartlardan birini bajarsa, qanoatlanishi va uyiga, G'aznaga qaytishi aytiladi :

1) Xorazmshoh Maxmud G'aznaviy nomini xutbaga qo'shib o'qitishni, yoki

2) unga, Maxmudga arziydigan sovg'a va pul yuborishi kerak. Bular yashirincha yana xorazmshohga qaytarib yuboriladi, chunki u Maxmud shunchalik boyki, u pul va sovg'alarni nazar - pisand qilmaydi, yoki

3) Xorazmshoh Maxmud oldiga eng yaxshi amaldor, faqiq va imomlarni undan shavkat so'rash uchun yubordi. Maxmud odamlarni uylariga qaytishda Xorazm va uning hokimiyatining Maxmudga sodiqligini ko'rsinlar.

Xorazmshoh bu maktubni olgach, yanada qiyin ahvolga tushdi. Xorazmga yaqinda qo'shilgan Nesa va Faravda, shuningdek mamlakatda unchalik siyosiy kuchga ega bo'lmagan bir qator shaharlarda Maxmud G'aznaviy nomini xutbaga qo'shib o'qishni buyuradi. Kesh va Urganchda bu ish amalga oshirilmadi.

Ikkilama siyosat tufayli 1017 yil bahorida isyonchi qo'shin tomonidan Ma'mun o'ldiriladi. Taxtga Ma'munning jiyani Abdulxoris Muhammad ibn Ali o'tkazildi, ammo tez orada voqeadan xabar topgan Maxmud Xorazm ustiga qo'shin tortdi va Xorazm qo'shini Xazorasp yonida tor- mor keltirildi. 1017 yil iyul oyida Xorazm G'aznaviylar davlati sostaviga o'tdi. Xorazmshoh unvoni saqlangani holda Oltintosh degan kishi Xorazmning hokimi qilib tayinlandi.

Gaznaviylar davlati yuksalayotgan bir sharoitda Saljukiylar davlati tarix saxnasida uz urniga ega bula bordi.

Saljuqiylar xarakati saljukning nabirasi aka-uka Tugrulbek va Chagribek Davud xamda ularning amakisi Musa Yebgu boshchilik kilar edi. Ular kichik nomli kadimgi turkman kabilasidan edilar. Ana unga saljukiylar kuchmanchi turkman gruppalari ustidan boshchilik kilgan edilar. Bu kabila dastlab Sirdaryo buylarida keyin Nurotaga kuchdilar. XI asrning birinchi yarmida turman saljukiylarning axvoli ogirlashdi. Chunki chigil, karluk, yegmo va boshka turk kabilalarining kuchib yurishi uchun joy kerak edi. Ular Zarafshon vodiysini tashlab, Xorazmshox suvidan panox topdi. Ammo Jand xokimi ulardan 8 mingini kirib tashladi.

Saljukiylar Gaznaviylardan kuchib yurishi uchun joy suradilar. 1025 yilda Mahmud G'aznaviy ruxsati bilan 4 ming o'tovdan iborat turkmanlar Ativerd, Nes va Farovi rayonlarida ko'chib yurib, o'troq dehqonlarga katta ziyon yetkazgan edilar. Bunga javoban Mahmud G'aznaviy harbiy kuch ishlatishga majbur bo'lgan edi.

Qanchalik og'ir bo'lishiga qaramasdan 1035 yilda Nishopurda imzolangan shartnomaga asosan turkmanlar yana Nes, Farovi va Dehiston rayonini oldilar va yana dehqonlar bilan yaxshi munosabatda bo'la olmadilar.

1038 yilda Saraxs yonidagi jangda g'aznaviylar armiyasi mag'lubiyatga uchradi. Tug'rulbek 3 ming kishilik qo'shin bilan Nishopurni egalladi. 1038 yilning o'zida Ma'sud turkmanlar ustidan g'alaba qozondi, ammo ularni o'z holiga tashlab qo'ydi. Kuch to'plagan turkmanlar 1040 yilda Dandanakon yonida g'aznaviylar ustidan g'alaba qozondi va ularning qudratiga chek qo'ydi.

Koraxoniylar davlati inqirozidan Xorazm ham ustalik bilan foydalandi. Xorazm XI asrda va XII asrning birinchi yarmida saljuqiylar davlati sostavida edi. Xorazmning yuksalishida Anushtaginning xizmatlari katta.

Anushtagin malikshox saroyida sulton hodimlari mahkamasining boshlig'i edi. Bu mahkamaning vazifasiga Xorazmni idora qilish ham kirar edi. Xorazmni mustaqil davlatga aylantirish uchun ochiqdan-ochiq intilgan birinchi kishi Anushtaginning nevarasi-Otsiz bo'lib, yangidan tiklangan Xorazmshoh unvonida yurar edi. Otsizning saljuqiylar sultoni Sanjardek kuchli podshoga qarshi muvoffaqiyat bilan kurash olib borganligi uning Xorazmga ko'rsatgan xizmati bo'ldi. Xorazmshoh Otsiz (II27-II56 yy) o'z podshosi va dushmani Sanjarning har bir zaifligidan ustalik bilan foydalanib, Xorazmning mustaqilligi va kuch-quvvatini oshirishga alohida e'tibor berdi.

Mohir diplomant va jur'atli lashkarboshi bo'lgan Otsiz mustaqil tashki siyosat yurgiza boshladi. Masalan, u o'z ta'sirini va teritoriyasini kengaytirish uchun sulton Sanjarning ruxsatisiz qipchoklarga va turkmanlarga qarshi urush boshladi. U shimoli - sharq tomonidan Jand shahrini, g'arb tomonda Mang'ishlok yarim orolini bosib oldi. Otsizning bu haraktini pasaytirish uchun sulton Sanjar II38 yil Xorazm ustiga qo'shin tortdi. Otsiz qochib qutuldi. Mohir diplomat Otsiz oradan bir yil utgach yana xorazm hukumdori bo'ldi.

Xorazmshox Otsizning Xorazm mustaqilligini vujudga keltirish yo'lidagi urinishlari bekorga ketmagan edi. U o'ziga qarashli o'lkaga Jand va Mang'ishloqni qo'shib olib, qo'shni ko'chmanchilarni qipchoq va turkmanlarni o'z ta'siriga oldi. U Xorazm kqo'shinini tuzish uchun ayniqsa, g'ayrat bilan ishladi. Bu kushin asosan yollanma qipchoq va turkmanlardan tuzildi.

Otsiz o'z umrining oxirida Xorazmning mustaqilligi muammosini hal qilibgina qolmay, balki musulmon olamida yangi kuchli bir davlatga asos soldi, deb aytishga xaqli edi. Otsizning ishini uning uchun o'g'li Elarslon (II56-II72 yillar) ancha qulay vaziyatda ish ko'rdi.

Sulton Sanjar vafotidan keyin Saljuqiylar davlati yashashda to'xtadi: unda g'uzlar o'z beboshliklarini hammon davom ettirmoqda edi. Movarounnahrdagi qoraxoniylar davlati o'rniga mayda feodal bekliklar vjudga keldi, shu bilan birga qoraxoniylar xoni amalda shu bekliklar orasida xatto birinchi o'zini ham da'vo qilolmas edi. Qoraxitoylar esa, katta kuch bo'lib qolgan edi. Qoraxoniylar honi shu bilan kurashda bardosh berishga majbur edi.

Xorazmning yangi shohi Elarslon xuroson va Movarounnahrdagi qulay vaziyatdan foydalana olmadi va faqat Dehston bilan uning atrofini qo'lga kiritish bilan cheklandi. U Movarounnahrda ham unchalik muvaffaqiyatlarga erisha olmadi, chunki qoraxitoylarga qarshi kurashish uchun ko'p kuch kerak edi. Qoraxitoylar Xorazmga bostirib kirgan paytda (II72 yili ) Elarslon o'ldi.

Elarslonnning o'g'li Tekish ( II72 - 1200 yillar ) uning vorisi bo'lib, Xorazm davlatini barpo etish sohasidagi eng katta muvaffaqiyatlar Tekish nomi bilan bog'likdir. U o'z hukmronligining dastlabki kunlaridanoq katta qiyinchilikka, ya'ni yangi raqib Gur sultonni G'iyosiddin Muhammad bo'lib, uning kelib chiqishi tojiklardan edi. U Xirotning Sharq tomonidagi tog'li Gur viloyatining hokimi edi. II75 yili G'iyosiddin Muhammad Saljuqiylarning zaiflashib qolganidan foydalanib Xirotni va uning atrofini bosib oldilar. Gurliklarning Xorazmshohlardan ustunligi shunda ediki, ularga to'la mustaqil bo'lsa, xorazmliklar qoraxitoylarga qaram bo'lib, ularga qarshi kurash uchun katta kuch kerak edi.

Tekish ham bobosi Otsizning katta mustaqil Xorazm davlatini barpo etish siyosatini davom ettirdi. Lekin, uning Movarounnahrga, Buxoroga yurishi muvaffaqiyatsiz chiqqan bo'lsada, XII asrning 80-yillaridan keyin xurosonda boshlangan tartibsizliklardan foydalangan Tekish II87 yilda Nishopurni, II92 yilda Rayni, II93 yilda Marvni bosib oldi. II94 yilda g'arbiy Saljuqiylar sultoni Tug'rul II ni mag'lubiyatga uchratib, Eronning butun Sharqiy qismini Xorazmga qo'shib oldi. Endi Xorazmliklar Gur sultonligi va Iroqdagi arab xalifaligi bilan chegaradosh bo'lib qoldi. II95 yilda Xorazmshoh Tekish Arab xalifasi Nosirni mag'lubiyatga uchratdi. Xorazm qo'shinlari Iroqqa to'la erk-ixtiyorli xo'jayin sifatida kirib borib, tinch aholini o'ldirdi, uni taladi. Shundan keyin Iroqda xalqning qo'zg'oloni boshlanib ketdi.

Natijada Xorazm askarlarining ko'p qismi qirib tashlandi. 1200 yilda Tekishning o'lganligi haqidagi xabarning kelishi bilan qo'zg'olon boshlangan edi.

Xorazmshoh Tekishni Xorazmning og'ir sharoitlarida Old va O'rta Osiyoda qudratli feodal davlatning barpo qilgan iste'dodli hokim deb hisoblasak xato qilmaymiz. Tekish o'z xotini Turkon xotun tomonidan ko'rsatilgan alohida hayrixoxlikdan foydalanib davlatni boshqarish ishlariga katta ta'sir ko'rsatishga intilgan qipchoq harbiy oqsuyaklariga homiylik qilganligi Tekish siyosatining zaif tomoni edi. Movarounnahrdagi qoraxoniy xonlariga ham ko'p yomonliklar qilgan turkiy (g'ulomlar)-(generalning) o'zboshimchalik bilan davlat ishlariga bunday aralashuvi hamda ularning qaysi qabilaga mansubligidan qat'iy nazar Tekishning o'g'li Xorazmshoh Muhammad zamonida Xorazm davlatining ag'darilishiga sabab bo'ldi.

Xorazmshoh Mahmudning (1200-1220 yillar) taxtga o'tirgan paytida katta imkoniyatlar feodal davlatining kamdan-kam sultonlariga nasb etgan. U musulmon Sharqida eng qo'shin egasi bo'lib, uning xurosondagi qo'shnisi Gur sultonligi Tekish davridagidek kuchli emas edi. Xalifa Nosir esa unga harbiy jihatdan ko'ra musulmonlar o'rtasidagi obro'-jihatidan ko'ra xavfli edi. Uning uchun u musulmon feodal dunyosida yangi qudratli davlat barpo etilgan deb, hisoblash uchun qoraxitoylarni tor-mor qilish va Movarounnahrni o'ziga bo'ysundirib olishi zarur edi.

Qishloq va shaharning mehnatkash aholisiga mahsulot va pul tariqasida o'lponlar solib, ulardan undirib oluvchi qoraxitoylarning og'ir zulmidan azob chekayotgan Movarounnahr aholisi Xorazmshoh Muhammadni o'zining xaloskori sifatida uni zoriqib kutayotgan edi. Ammo, xalqning bu zoriqib kutishlari uzoqqa bormadi. Xorazmshox Muhammadning qoraxitoylarni tor-mor qilishdan asosiy maqsadi, ularga o'z zulmini o'tkazish edi. Uning ko'zlagan bu maqsadi Buxoroda hunarmandlarning 1206 yilgi qo'zg'olonining shavqatsizlik bilan bostirilishi va Samarqandda 1212 yilda bo'lgan voqealar tarixi hammadan ko'ra yaxshiroq ko'rsatib beradi.

1206 yilda Buxoroda hukmdor Sadr Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulaziz zamonida hunarmandlarning qo'zg'oloni bo'ldi. Bu qo'zg'olonga qalqon yasovchi usta hunarmand Malik Sanjar boshchilik qilgan. Buxoro hokimi Sadr Muhammad juda ziqna odam bo'lib, halqqa past nazar bilan qarasada, maishatxo'r, ovga ishqiboz, xalq manfaati uchun qayg'urmaydigan hukmdor edi. Hunarmandlar harakati tez rivojlanib ketdi. Sadr Muhammad Buxorodan qochib, to'g'ri qoraxitoy go'rxoni huzuriga panoh izlab bordi. Go'rxon esa unga Buxoroni idora qilish to'g'risidagi yorliqdan boshqa hech vaqo berolmadi. Bu orada Malik Sanjar Buxoroda qasr qurdirib, undan turib harakatga rahbarlik qildi. Ammo, Xorazmshoh Muhammad ham g'aflatda qolmadi. U Buxorodagi voqealardan xabar topib xalq harakatini qurol kuchi bilan bostirishga va uni qo'lga kiritishga harakat qilib 1207 yilda Buxoroni bosib oldi va xalq tomonidan ko'tarilgan yangi hokimning faoliyatiga chek qo'ydi. Malik Urganchga olib ketildi va shoh saroyida bir muncha vaqt yashadi.

Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Xorazmshoh Muhammad Buxoroni bosib olgandan keyin dastavval shaharning ichki va tashqi devorlarini tiklagan. U Movarounnahrning boshqa viloyatlarini, birinchi galda Samarqandni qoroxitoylar asoratidan ozod qilish maqsadida ularga qarshi xujum boshlash uchun Buxoroni o'zi tayana oladigan birinchi mustahkam joyga aylantirmoqchi bo'lgan. Bu jihatdan uning uchun qulay vaziyat vujudga kelgan. Mo'g'ul xoni - Nayman sardor kuchli Chingizxon tomonidan taqib qilinganidan keyin Mo'g'ulistondan qochib ketgan. U qarluqlar bilan ittifoq tuzib, 1210 yilda go'rxonning askarlarini mag'lubiyatga uchratgan va uning O'zganddagi xazinasini bosib olgan. Xorazmshox Muhammad bu qulay vaziyatdan foydalanib, Samarqandning qoraxoniylardan bo'lgan xoni Usmon bilan ittifoq bo'lib Yettisuvga yul oldi. Lekin, ittifoqchilarning qo'shinlari Talos daryosi bo'yiga yetib borgunicha qoraxitoy gurxonining ahvoli yaxshilanib va Kuchlukxon bilan jangda g'olib chiqqan.

Xorazmshoh Muhammad Talos daryosi vodiysida go'rxon askarlariga shiddatli hujum qilgan bo'lsa ham, katta natijaga erisha olmadi. Ammo, Xorazmshoh qoraxitoylar qo'shinining qo'mondoni Tayangunni asir qilib olgani uchun o'zini g'olib deb hisobladi. 1210 yilda bo'lgan bu jang Muhammadning yangi fuqarolarida ko'pgina umidlar uyg'otdi. Xorazmshoh qoraxitoylarning mag'lubiyatiga uchratganligi evaziga aholi uning anchagina gunohlarini kechirishga tayyor edi. Xorazmshohning o'zi bu jangga katta e'tibor berib, erishgan yutuqlarini ochiqdan-ochiq bo'rttirib ko'satar va « Sulton Sanjar » unvoni bilan yurishni ko'proq sevishiga qaramay, rasmiy xujjatlarda o'zini « Iskandariy Soniy » ikkinchi Iskandar » deb atay boshladi. XI asrning oxiri va XII asrning boshlarida Saljuqiy podsholarining asosiy unvonlaridan biri «Sulton - ollohning yerdagi soyasi « degan ifodani o'ziga o'ydirib yozdirgan.

G'alaba qozonish munosabati bilan boshlangan shodu xurramlik va tantanali bayramlar juda tez o'tib ketdi va Movarounnahrda og'ir kunlar boshlandi. 1210 yilda qoraxoniylar ustidan g'alaba qilganidan so'ng xon Usmon Xorazmshoh Muhammad xuzuriga noib sifatida bordi. Xorazmshoh Muhammad uni juda yaxshi kutib olib, unga qizini nikohlab berdi. 1211 yilda kelin- kuyov seplar ortilgan ulkan karvon bilan xorazmliklardan tuzilgan katta otryad bilan Samarqandga keldi. Ular Samarqandda shunday beboshliklar qildiki, tinch shahar talandi, aholi esa o'ldirila boshlandi. Samarqandliklarning nihoyat sabr kosasi to'lib, 1212 yilda Xorazmshohga qarshi qo'zg'olon ko'tardi. Bu qo'zg'olonda xon Usmon faol qatnashdi va xorazmliklarning ko'pchiligi o'ldirildi. Usmonxon xorazmlik xotini malikani rahm shafqat so'rab, zurg'a o'limdan saqlab qoldi. Xorazmshoh Samarqanddagi qo'zg'olondan xabardor bo'lgach, bu shaharning itoatsiz aholisini jazolash uchun darhol qo'shin bilan yo'lga chiqdi. Muhammad qo'shinlari shaharni 3 kun taladi. Juvayniyning bergan ma'lumotiga ko'ra, Samarqandda qo'zg'olon paytida 100 ming kishi o'ldirildi. Xorazmshoh hatto Xorazm malikasi Muhammadning qizini o'limdan qutqarib qolgan kuyovi xon Usmonni ham ayamadi. Odamlarning aytishiga qaraganda, deydi Juvayniy Usmonni o'ldirtirishni uning xotini malikaning o'zi qattiq talab qilgan emish. Bundan keyingi voqealar yangi siyosiy kuch Chingizxon bilan bo'lgan munosabatlar va uning Movarounnahrni istilo qilishi, ularning ta'siri ostida ro'y beradi.

Xulosa qilib aytganda, biz sizlar bilan Movarounnahrning XI - XII asrlar va XIII asrlar boshlaridagi O'rta Osiyodagi mustaqil feodal davlatlar: Movarounnahrda Qoraxoniylar, xurosonda dastlab G'aznaviylar, keyinchalik Saljuqiylar davlatlari, ulardagi ijtimoiy, iqtisodiy ahvol, ikkita xo'jalikning rivojlanishi hamda XII asr boshlarida Movarounnahr va Xorazmning qoraxitoylar tomonidan istilo qilinishi, Xorazmning yuksala borishi va uning Xorazmshoh Muhammad (1200-1220 yillar ) zamonida hududning kengayishi va Movarounnahrdan qoraxitoylarning surib chiqarilishi va o'zini Iskandari Soniy deb atab, 1206 yil Buxoro, 1212 yildagi Samarqand qo'zg'oloning shafqatsizlik bilan bostirib o'z mavqeini yanada mustahkamlab oldi, desak xato qilmaymiz.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish