Ызбекистон Республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


 4. Yer usti issiqlik quvurlari



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/236
Sana06.08.2021
Hajmi3,14 Mb.
#140588
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   236
15. 4. Yer usti issiqlik quvurlari 
1. Yer usti issiqlik quvurlari xadida ma`lumotlar.  
2.  Yer  usti  issiqlik  quvurlarini  boshqa  turdagi  muhandislik  kommunikatsillari  bilan 
kesishganda, olib o`tish yo`llari. 
3.  Quvurlar va armaturalar. 
1. Yer usti issiqlik quvurlari xaqida ma`lumotlar. 
Yer  usti  issiqlik  quvurlari  alohida  turuvchi  tayanchlar  (past  va  baland) 
machtalar,  estakadalarda  yotqiziladi.  Tayanch  va  machtalar  odatda  temir      betondan 
yoki temirdan "T" va "P" shaklida tayyorlanadi. 
Agar  quvurlar  past  tayanchlarda  o`rnatilgan  bo`lsa,  u  holda  quvur  eng  pastki 
yuzasi bilan yer yuzasi orasidagi masofa 0,35 m, agar quvurlar kengligi 1,5 m gacha 
bo`lsa, 0,5 m dan kam bo`lmasligi, agar quvurlar kengligi 1,5 m dan yuqori bo`lsa, 1 
m dan kam bo`lmasligi kerak.  
Quvurlarni  estakadada  yotqizish  ancha  qimmatta  tushadi.  Shuning  uchun  bu 
tizimni  quvuvlar  soni  5—6  tadan  kam  bo`magan  xolatlarda  ishlatish  maqsadga 
muvofiqdir. 
Quvurlarni  osilib  turuvchi  konstruktsiyalarda  yotqizish    maqsadga  muvofiq. 
Chunki bunda machta orasidagi masafani ancha uzaytirish mumkin bo`lishi iqtisodiy 
tejash imkonini beradi. Shu bilan birga temir sarfini iqtisod qilish imkonini beradi. 
Issiqlik  tarmog`i  jihozlariga  xizmat  qilish  uchun  (zadvijka,  salnikli 
kompensator va x. k.) narvoni bor maxsus maydon hosil qilinib maydon to`siq bilan 


 
149 
o`raladi. Bu  jihozlar  quvur  izolyatsiyasi bilan  yer  yuzasi  orasidagi  masofa  2,5  m  va 
undan  ortiq  bo`lganda  statsionar  (qimirlamaydigan),  undan  kichik  bo`lganda  esa 
jildiriladigan qilib yasaladi. 
Past  tayanchda  yotqizilgan  quvurlarning  jihozlari  o`rnatilgan  yerlarda  esa  yer 
betonlangan  bo`lib,  jihoz  esa  metal  qurilma  bilan  o`ralgan  bo`lishi  kerak.  Bunday 
qurilma jihozlari qor va yomg`irlar ta`siridan saqlanishi kerak. 
2. Yer usti issiqlik quvurlarini boshqa turdagi muqandislik kommunikatsiyalari bilai 
kesishganda olib o`tish yo`llari. 
Issiqlik  tarmog`i  quvurlari  boshqa  turdagi  muhandislik  kommunikatsiyalari 
bilan (sovuq suv tarmog`i, kanalizatsiya quvuri, gaz quvurlari, elektr kabellari) temir 
va avtomobil yo`llari, tramvay yo`llari, daryo, jarliklar, qurilish konsgruktsiyalari va 
boshqa  turdagi  inshootlar  bilan  kesishganda  barcha  turdagi  muhandislik 
kommunikatsiyalarini  yaxshi  ishlashini  ta`minlaydigan  maxsus  konstruktsiyalar 
ishlatiladi. 
Issiqlik quvurini yer ostidan maxsus g`ilofda o`tkaziladi. Avtomibil, temir yo`l, 
tramvay yo`llaridan kesib o`ttanda, yer osti o`tib bo`lmas kanallaridan foydalaniladi. 
(agar ishni ochiq usulda amalga oshirish mumkin bo`lsa ). 
Kesishish  masofasi  5,0  m  kam  bo`lganda  ochiq  usulda  ishlash  iqtisodiy 
jihatdan  maqsadga  muvofiq  bo`lmaganda,  po`latdan  yasalgan  quvurlar  g`iloflaridan 
foydalaniladi. Qolgan hamma xolatlarda kanallar ishlatiladi. 
 Daryolar,  jarliklar,  ochiq  suv  xavzalaridan  kesib  o`tganda  esa  iloji  boricha 
mavjud  bo`lgan  avtomobil  yoki  temir  yo`l  ko`priklari  orqali  olib  o`tish  maqsadga 
muvofiqdir. Agar ko`priklar bo`lmasa, yer ustidan osilib turuvchi konstruktsiyalarda 
olib  o`tiladi.  Elektrli  temir  yo`llardan  o`tganda  quvurlar  elektr  osilib  turgan 
tayanchlardan  yuqoridan  o`tib,  elektrdan  ximoyalovchi  maxsus  qoplama  bilan 
qoplanadi.  Quvurlarni  daryolar,  ochiq  suv  xavzalaridan,  suv  osti  tunellari  va 
dyukerlar orqali olib o`tiladi. 
Suv  osti  tuneli  po`lat  listlardan  aylana  shaklida  tayyorlanadi,  hamda 
payvandlab ulanadi, va maxsus qabariq qattiqliklar bilan jihozlanadi. Bunday tunellar 
ko`p  turdagi  muhandislik  jihozlarida  qo`llaniladi.  Dyukerlar  esa  quvurlar  soni  bir 
ikkita  bo`lganda  va  uzun  bo`lmagan  suv  osti  o`tishida  ishlatiladi.  Tunel  va 
dyukerlarni  suv  ostida  ushlab  turish  uchun  ularga  cho`yandan  yoki  temir  betondan 
tayyorlangan yarim aylana konstruktsiyalar bilan o`rab qo`yiladi. 
 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish