Ekstyernaliya – bu, iqtisodiy faoliyatning tashqi samarasi (yoki oqibatida) bo’lib, u ushbu faoliyatning sub’ektiga ijobiy yoki salbiy (ko’pincha) ta’sir ko’rsatadi.
Ekstyernaliya xarajatlari tabiiy resurslarning cheklanganligi bilan bog’liq holda paydo bo’ladi. Bunda atrof-muhitning sezilarli zararli oqibatlarsiz ma’lum miqdordagi chiqarmalarni o’ziga olishi (singdirishi) qobiliyati resurslarning cheklanganligi sifatida ishtirok etadi. Atrof tabiiy muhitning bu sifati assimilyatsiya potentsiali deb ataladi. Assimilyatsiya potentsiali hajmidan oshib ketgan chiqarmalar ziyonni keltirib chiqaradi va shunga mos holda ekstyernaliya xarajatlari paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |