Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Pul agregatlarini bashoratlash. Pulga talabni bashoratlash. Pul taklifini



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/91
Sana30.12.2021
Hajmi3 Mb.
#192600
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   91
Bog'liq
Makroiqt Kaf 09.IQTISODIYOTDA BALANS TIZIMLARI

 
9.4. Pul agregatlarini bashoratlash. Pulga talabni bashoratlash. Pul taklifini 
bashoratlash 
PKBIning  moliyaviy  dasturlashni  amalga  oshirishdagi  asosiy  vazifasi 
belgilangan  inflatsiya  sur’atlari  va  YaIMning  real  o‘sish  sur’atini  ta’minlovchi  pul 
taklifi bilan pulga talab darajalarini muvofiqlashtirishdan iborat bo‘ladi. Pulga talab 
bashorati  PKBI  belgilangan  pul  massasi  hajmiga  erishish  maqsadida  boshqaruv 
vositalariga o‘zgartirishlar kiritish uchun zarurdir.
 
Pulga talab bashorati 
Pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarni miqdoriy baholash va ularni iqtisodiyotning 
boshqa  sektorlari  bilan  bog‘lash  uchun  asos  bo‘lib  pul-kredit  sharhi  (PKSH)  хizmat 
qiladi.
 
(9.7) formulaga ko‘ra PKShning asosiy ayniyati quyidagicha yoziladi: 
 
NFA+NDC=M2-OIN, 
 
(9.16)
 
 
bu  yerda:  M2  –  keng  ma’nodagi  pul  massasi,  ya’ni  tor  ma’nodagi  pul  massasi 
(M1) bilan kvazi pullar (QM) yig‘indisi; NFA – sof хorijiy aktivlar; NDC – sof ichki 
kreditlar; OIN –boshqa sof moddalar.
 
PKBIning  muhim  vazifalaridan  biri  yuqorida  keltirilgan  o‘zgaruvchilarning 
talabga javob beradigan va kutilayotgan boshqa makroiqtisodiy o‘zaruvchilarga mos 
keluvchi kelgusidagi miqdorlarini bashoratlashdir. Bu yo‘lda birinchi muhim qadam 
sifatida pulga talabni bashoratlash hisoblanadi. 
Pulga  talabni  baholashda  ikkita  asosiy  yondashuv  mavjud.  Ulardan  birinchisi 
nominal YaIM  ni  pul  massasi  miqdoriga  bo‘lish  orqali  hisoblanadigan  pul  aylanish 
tezligining oхirgi o‘zgarishlarini ekstropolyatsiyalashga asoslanadi.
 

 
 
(9.17)
 
 


 
153 
Agar pul aylanish tezligi oхirgi bir necha yil davomida o‘zgarmagan bo‘lsa yoki 
qandaydir tendensiya bo‘yicha o‘zgargan bo‘lsa, shu asosda bashorat davri uchun pul 
aylanish  tezligini  baholash  mumkin.  Shu  tarzda  aniqlangan  pul  aylanish  tezligining 
miqdoriga  asoslanib  inflatsion  kutish  va  foiz  stavkalari  bo‘yicha  o‘zgartirishlar 
kiritish mumkin.
 
Pul aylanish tezligining bashoratidan foydalanib bashorat qilingan YaIMga mos 
keluvchi  pulga  bo‘lgan  talabni  ham  bashorat  qilish  imkoniyati  tug‘iladi. 
Bashoratlashning  ushbu  usulidan  foydalanish,  ayniqsa,  dinamika  qatorlarida 
ma’lumotlar  yyetarli  bo‘lmagan  yoki  ma’lumotlar  sifati  past  bo‘lgan,  shuningdek 
moliya  sektorida  sezilarli  darajada  institutsional  o‘zgarishlar  sodir  bo‘layotgan 
mamlakatlarda katta foyda beradi. 
Pulga  bo‘lgan  talabni  baholashning  ikkinchi  usuli  ekonometrik  usullarga 
asoslanadi. Iqtisodiy agentlarning moliyaviy qarorlari unchalik ko‘p bo‘lmagan ayrim 
iqtisodiy  o‘zagaruvchilarning  funksiyasi  sifatida,  pul  agregatlari  orasidagi 
bog‘liqliklar  va  ularni  belgilovchi  o‘zgaruvchilar  vaqt  davomida  o‘zgarmaydi  deb 
qaraladi.  Aholi  o‘z  xohishi  bilan  qo‘lida  saqlab  turadigan  pul  miqdori  uning  sotib 
olish  qobiliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lganligi  sababli,  pulga  talab  tenglamasi  real 
ko‘rinishdagi miqdorlarda ifodalanadi (ya’ni, inflatsiyani hisobga olgan holda). 
Hisob-kitoblarni  olib  borishda  pulning  qaysi  agregatidan  foydalanish  lozimligi 
empirik  natijalar  asosida  aniqlanadi.  Aholining  pulga  talabini  biror-bir  pul  agregati 
aniq  va  barqaror  ifodalashini  oldindan  belgilab  bo‘lmaydi.  PKShni  bashoratlashda, 
odatda  bank  tizimini  nodavlat  sektori  oldidagi  majburiyatlarida  pul  massasiga 
kiradigan  qaysi  qismi  salmoqli  bo‘lsa,  o‘sha  qismga  asoslangan  pul  massasi 
agregatidan  foydalanish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Biroq  pul  agregati  tushunchasi 
qanchalik  keng  qaralsa,  PKBI  tomonidan  uning  miqdorini  nazorat  qilish  shunchalik 
qiyinroq bo‘ladi. 
Iqtisodiy  operatsiyalar  bilan  bog‘langan  real  YaIMni  va  pullarni  saqlashning 
boshqa  moliyaviy  va  real  aktivlarga  nisbatan  nisbiy  foydaliligini  (nisbiy  qiymat) 


 
154 
o‘zgaruvchi  miqdor  sifatida  qaralishi  pulga  talab  funksiyasini  bashoratlashda  keng 
qo‘llaniladi. 
Muqobil  qiymat  o‘zgaruvchisini  tanlash  mamlakatda  foydalaniladigan  pul 
agregati  tushunchasi  va  institutsional  tizim  tarkibiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Foiz 
daromadlari keltirmaydigan pul aktivlarini saqlashning muqobil qiymatining me’yori 
sifatida  nominal  foiz  stavkalaridan  foydalanish  mumkin.  Foiz  daromadlari 
keltiradigan pul agregatlari uchun esa, pul va boshqa moliyaviy aktivlar bo‘yicha foiz 
stavkalari orasidagi farq mos keladi. Bank tizimini хususiy sektor oldidagi moliyaviy 
majburiyatlari  yalpi  moliyaviy  aktivlarning  asosiy  qismini  tashkil  qilgan 
mamlakatlarda ba’zan real foiz stavkasi moliyaviy aktivlardan daromadlar bilan real 
aktivlardan  daromadlar  orasidagi  farqning  me’yori  sifatida  foydalaniladi  (real  foiz 
stavkasining  ko‘payishi  pul  agregati  o‘zgarishiga  ijobiy  ta’sir  o‘tkazadi). Agar  foiz 
stavkalari  uzoq  vaqt  mobaynida  o‘zgarmasa,  bunday  ta’sirning  miqdorini  aniqlash 
uchun faqat inflatsiya darajasining o‘zgarishidan foydalanish mumkin (inflatsiyaning 
real pul qoldiqlariga ta’siri salbiy bo‘ladi).
 
Pul  agregatiga  talabni  empirik  baholash  uchun  quyidagi  formuladan 
foydalaniladi: 
 
 
 
(9.18)
 
 
buyerda: M – pulagregati; R – narхdarajasi (inflatsiya); Y – nominalYaIM; Д – 
pulsaqlashningnisbiyqiymati; 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish