1- Laboratoriya mashguloti
Mavzu: IP protokoli va IP manzillar
Ishni bajarishdan maqsad: TCP/IP protokoli qoidasi va IP manzillar belgilashni o‘rganish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Mahalliy tarmoqda har bir kompyuter o‘zining unikal manziliga, IP adresiga ega bo‘ladi. Tarmoqdagi hech bir kompyuterni IP adresi boshqa birikini aynan bir xil bo‘lmaydi. Ushbu amaliy ish davomida kompyuterlarni qanday qilib IP adreslarini sozlashni ko‘rib chiqamiz. Internet Protocol(IP)-tarmoqlararo bayonnoma hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi tarmoqda ma’lumotlar uzatishdan iborat. TCP/IP protokolida kompyuterlar maxsus raqamlardan iborat manzilga ega bo‘lib bu manzil IP manzil dasturi tomonidan beriladi.
Bundan tashqari kompyuterning MAC manzili ham mavjud bo‘lib bu manzil o‘zgarmas hisoblanadi va manzil sifatida tarmoq kartasining maxsus kodi olinadi. IP manzilni o‘zgartirish imkoniyati mavjud. MAC manzilda IP manzillar uchun 4 bayt joy ajratiladi va u quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin 109.26.17.100. IP manzilning guruhi tarmoq adminstratori tomonidan o‘rnatiladi. IP manzilning oxirgi 2 ta raqami tarmoq nomerini va kompyuter raqamini bildiradi. Misol uchun yuqorida keltirilgan IP manzil 17–tarmoq nomeri, 100–kompyuter raqami. IP manzillarning 5 ta sinfi mavjud bo‘lib, 1-A guruhga manzil nol dan boshlansa IP manzilning ikkilik kodi noldan boshlansa A guruhga tegishli, ya’ni 1 dan 126 gacha (0 ishlatilmaydi 127 raqami maxsus maqsadlar uchun rezerf sifatida foydalaniladi).
A guruh
|
0ccccccc
|
yyyyyyy
|
yyyyyyy
|
Yyyyyyy
|
B guruh
|
10cccccc
|
ccccccc
|
yyyyyyy
|
Yyyyyyy
|
C guruh
|
10ccccc
|
ccccccc
|
ccccccc
|
Yyyyyyy
|
D guruh
|
1110aaaa
|
aaaaaaaa
|
aaaaaaaa
|
Aaaaaaaa
|
E guruh
|
11110zzz
|
zzzzzzzz
|
zzzzzzzz
|
Zzzzzzzz
|
1- rasm IP-manzil sinflari (c- tarmoq raqamiga taaluqli bit, y -tugun raqamiga taaluqli bit, a - multikast guruhi manziliga taaluqli bit, z – zahiralangan manziliga taaluqli bit).
A guruhida 224 ta ya’ni 16777216 tagacha kompyuter bo‘lishi mumkin. Bu yerda s-bit tarmoqka tegishli nomer u u-bit tugunga kompyuterga tegishli nomer a-bit multikast guruhiga kiruvchi nomer z-bit zahiraga kiruvchi manzil. Agar tarmoq manzilning 2 lik kodining 1-2 tasi 10 ga teng bo‘lsa u holda IP manzil V guruhga tegishli bo‘ladi. Bunda tarmoq nomeri va tugun nomeri uchun 16 bit joy ajratiladi. B guruhida 216 ya’ni 65536 gacha kompyuterlar bo‘lishi mumkin.
Agarda IP manzilning 2 lik kodining 1-3 ta rakami 110 bo‘lsa u holda IP manzil S guruhga tegishli hisoblanadi. Bu holda tarmoq nomeri uchun 24 bit joy ajratiladi. Tugun nomeri uchun 8 bit joy ajratiladi. Bu guruh keng tarqalgan bo‘lib, kompyuterlar soni 28 yani 256 gacha bo‘lishi mumkin. Agarda IP manzilning 2 lik kodi 1110 dan boshlansa, u holda manzil D guruhga tegishli hisoblanadi va multikast guruhiga tegishli muxim manzilliligini bildiradi. Bunday guruhdagi IP manzillardan jo‘natilayotgan paketda IP manzil D guruhga tegishli bo‘lsa u holda paket shu guruhga tegishli barcha kompyuterlarga jo‘natiladi.
Agarda IP manzilning 2 lik kodi 11110 dan boshlansa, unda IP manzil E guruhga tegishli hisoblanadi. Bu guruhdagi manzil keyinchalik qo‘llash maqsadida zahiraga olingan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |