Oksidlash olti valentli xromni uch valentli xromga aylanishi asosida sodir
bo‘ladi. Uglerodning oksidlanishida ishtirok etmagan (ortiqcha) kaliy bixromat
kolbaga joylanadi. Bo‘shagan probirkaning massasi aniqlanadi va tuproqli hamda
tuproqsiz probirkalarning massalari o‘rtasidagi farq asosida tuproqning aniq
Tuproq namunasi solingan kolbalarga byuretka yordamida 10 ml miqdorda
K
2
Cr
2
O
7
ning sulfat kislotada 1:1 nisbatda suyultirilgan 0,4 n li eritmasi quyiladi.
Sekin-asta chayqatib, tuproq kolba tubiga bir tekis taqsimlanadi.
Kolbalarning ogzi kichik voronkachalar yoki zo‘ldirsimon sovutgichlar bilan
yopiladi va qizib turgan elektr plitasi yoki qum hammomiga qo‘yiladi. qizish
jarayonida avval mayda, keyin yirik pufakchalar chiqib qaynay boshlaydi. qaynash
5 daqiqa davomida, nisbatan past haroratda (140-180〫S) amalga oshiriladi.
Qaynash so‘nggida eritmaning zargaldoq ranggi qo‘ngir yoki yashiltob-qo‘ngir
tusga o‘tadi. Agar eritmaning rangi yashil bo‘lsa (bu xromat kislotaning kamligini
ko‘rsatadi), tuproq tortimini kamaytirib yoki kaliy bixromat eritmasi miqdorini
ko‘paytirib, Tahlil qaytadan amalga oshiriladi.
Kolbalar plitadan olinadi, sovitiladi va yuvish moslamasi (promo‘valka)
yordamida 10-15 ml suv bilan voronka va kolba bo‘gzi idish ichiga yuvib
tushiriladi. 5-6 tomchi 0,2 n li fenilantranil kislota eritmasi qo‘shiladi va
aralashmaning qizgish-binafsha ranggi yashilga o‘tguncha Mor tuzining 0,2 n li
eritmasi bilan titrlanadi. Indikatorning ranggi keskin o‘zgarishi sababli titrlash
ehtiyotkorlik bilan, Mor tuzini tomchilatib, kolbani chayqatib turgan holda amalga
oshiriladi.
Tuproqdagi organik moddani oksidlash uchun sarflanadigan kaliy
bixromatni titrlash uchun sarflanadigan 0,2 n li Mor tuzi hajmini aniqlash uchun
nazorat tahlil o‘tkaziladi. Buning uchun kolbaga 10 ml 0,4 n li kaliy bixromat
olinadi va boshqa tadbirlar yuqorida ta’kidlangan tartibda bajariladi.
Mor tuzining titri beqaror bo‘lgani bois, tahlil o‘tkazilayotgan kunda uning
normalligi aniqanadi.
(Mor tuzining normalligini aniqlash uchun 250 ml hajmli konussimon
kolbaga 50 ml suv va 1 ml konsentrlangan sulfat kislota, 10 ml Mor tuzi eritmasi
(byuretka yordamida) quyiladi. Aralashma KMnO
4
ning 0,1 n li eritmasi bilan och
pushti rangga o‘tgunga qadar titrlanadi. Aniqlash uch marta takrorlanadi va
o‘rtacha ko‘rsatkich asosida Mor tuzining normalligi hisoblab topiladi:
N
1
= N
2
• V
2
/ V
1
; bu erda: