Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Huquq  va  axloq.

  Huquq  -  davlat  tomonidan  belgilangan  va 

uning  majburlov  kuchiga  tayanadigan  xulq-atvor  umumiy 

normalarining majmui. Axloq ham jamoatchilik fikri, ya’ni qilmishni 

ma’qullash  yoki  qoralash  bilan  mustahkamlanadigan  xulq-atvor 

qoidalari majmuidir.  

Axloq va huquq normalari o‘zlari muhofaza qiladigan ijtimoiy 

munosabatlar mazmuni, normativ talablarni mustahkamlash usullari, 

ularning shaxs xulq-atvoriga samarali ta’siri darajasiga ko‘ra ajralib 

turadi. Axloq va huquq normalarining mazmuni o‘rtasida jiddiy farq 

mavjud emas.Masalan, «o‘g‘rilik qilma» - bu ham axloqiy qoida, ham 

huquq normasidir. Ammo huquq normalari o‘z tartibga solish doirasi 

bilan  axloq  me’yorlari  bilan  tartibga  solinadigan  ijtimoiy 

munosabatlarning  ulkan  hajmini  to‘la  qamrab  olmaydi.  Masalan, 

oilaviy  munosabatlar  sohasida  huquq  ota-onaga  o‘z  farzandlarini 

tarbiyalash majburiyatini yuklaydi, lekin ota-onani bir-birini sevish, 

bir-biriga  g‘amxo‘rlik  qilishga  majburlamaydi.  Huquq  va  axloq 

o‘rtasidagi  farqni  ular  ko‘rsatadigan  ta’sirning  samaradorlik 

darajasida  ham  ko‘rish  mumkin.  Bizning  nazarimizda,  davlat 

majburlovi  kuchiga  tayanadigan  huquq  axloqqa  qaraganda 

samaraliroqdir.  Ammo  muayyan  sharoitda  inson  uchun  huquq 

axloqiy  me’yorlar  nufuzi  qarshisida  ojiz  bo‘lishi  mumkin.  Bu  hol 

shaxsning qadriyatlarga munosabati mazmuni bilan, muayyan inson 

qaysi  axloqiy  qadriyatlarga  tayanishi,  shuningdek  u  yashaydigan 

muhit,  ya’ni  individ  fikrini  qadrlaydigan  referent  guruhning 

qandayligi  bilan  belgilanadi.  Shu  sababli  axloqiy  yo‘l  tanlashda 

ayrim inson uchun ishlab chiqarish jamoasi yoki maktab (talabalar) 

guruhining  nufuzi  muhim  ahamiyat  kasb  etishi  mumkin,  boshqa 

shaxs  uchun  esa  diniy  sekta  yoki  jinoiy  guruh  a’zolarining  fikri 

ustunlik qilishi mumkin.  




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish