Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси


Tarbiyada estetik ta’lim va estetik bilimning zaruriyati



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

Tarbiyada estetik ta’lim va estetik bilimning zaruriyati 

 

Inson  qalbiga  yo‘l  avvalo  ta’lim  va  tarbiyadan  boshlanadi. 

Ilmning hikmati va fazilatiga doir alloma vatandoshimiz Muhammad 

Imomzoda  al-Cho‘g‘iy  (vafoti  1177)ning  qarashlari  ham  diqqatga 

sazovor. Uning “Shir’at al-islom – Islom yo‘li” nomli kitobida ilm 

olish  odoblari  va  fazilatlariga  doir  ko‘plab  ma’lumotlarni  muayyan 

axloqiy  tizimga  solgan.  Qizig‘i  shundaki,  u  shar’iy  bo‘lmagan 

ilmlarni  ikki  qismga  -  maqtalgan  va  yomonlangan  turlarga  bo‘ladi. 

Dunyoni obod qilish uchun zarur bo‘lgan bilimlar – tibbiyot, hisob-

kitob,  dehqonchilik,  to‘quvchilik  kabi  hunarlar  hatto  qon  olishni 

bilishni  maqtalgan  va  o‘rganish  kerak  bo‘ladigan  ilmlar  sirasiga 

kiritadi,  bu  bilimlar  sababli  insoniyat  boqiy  qoladi,  deydi.  Ayni 

paytda, riyoziyotga chuqur kirishish, uning eng nozik jihatlarini ham 

tadqiq  va  tahlil  etishga  urinishni  fazilat  hisoblaydi.  Yomonlangan 

bilimlarga  esa  –  sehr-jodu  va  har  xil  tilsimlar,  folbinlik  bilan 

shug‘ullanishni kiritadi. Muboh, ya’ni ihtiyoriy bilimlarga she’riyat 

va  tarix  kiradi.  Biroq,  falsafani  ba’zi  joylarda  va  ba’zi  hollatlarda 

kerak  bo‘ladigan  fan,  uni  shunday  zarurat  holati  uchun  o‘rganish 

kerak. Aks holda, u yomonlangan fan sohasidir, deydi. 

Allomaning  ilm  haqidagi  fikrlari  ijtimoiy-ma’naviy  jihatdan 

yuksak  ahamiyat  kasb  etadi.  U  ilmga  hiyonat  qilishni  o‘zgalarning 

moliga hiyonat qilishdan og‘irroq deb biladi. Shuni alohida ta’kidlash 

zarurki,  al-Cho‘g‘iy  ilm  oluvchining  zimmasiga  ham  bir  qator 

axloqiy mas’uliyatni yuklaydi.  Chunonchi, chala eshitgan narsasini 

oshkor  qilmasligi,  aniq  ishonch  qilmagan  bilimini  odamlar  orasida 

gapirmasligi va atrofga yoymasligi zarurligini uqtiradi. 

Tarbiyada  estetik  ta’lim  va  bilimning  zarur  ijtimoiy  talab 

hisoblanadi.  BMTning  ming  yillik  sammitida  keltirilgan  quyidagi 

ma’lumotlari  mushohada  va  mulohaza  uchun  asos  bo‘ladi. 



604 

Ma’lumotlarga  ko‘ra,  2001-2002  o‘quv  yilida  dunyo  bo‘yicha  115 

million bola yoki boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarning 18 foizi 

maktabga  bormagan.  Bularning  61,3  millioni  qizlar  (53  foizi),  45 

millioni (39%) Afrika Saxarasidagilar va 42 millioni (36%) Janubiy 

Osiyodagi  bolalardan  iboratdir.  Maktabni  qoldirish  ehtimoli  katta 

bo‘lgan bolalar G‘arbiy va Markaziy Afrikadagi (45,3%), Sharqiy va 

Janubiy Afrikadagi (38,5%) Janubiy Osiyodagi (26%) hamda Yaqin 

Sharq  va  Shimoliy  Afrikadagi  (18,7%)  bolalar  bo‘ldi.  Mazkur 

mintaqalarning barchasida o‘g‘il bolalardan ko‘ra qiz bolalar ko‘proq 

maktabga bormasligi kuzatilgan. O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi eng 

katta  farq  Yaqin  Sharq  va  Shimoliy  Afrikada  kuzatilgan.  Mazkur 

mintaqada  o‘g‘il  bolalarning  15,4  foizi, maktabni qoldirgan  bo‘lsa, 

bu holat qizlarning 22,1 foizida kuzatilgan. 

2017-2021-yillarda 

O‘zbekiston 

Respublikasini 

rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar 

strategiyasini amalga oshirish axloqiy, estetik va mantiqiy tafakkurni 

yangilash 

va 

boyitishni 



taqozo 

etadi. 


Xususan, 

davlat 


xizmatchilarining  kasbiy  tayyorgarligini  axloqiy  va  estetik 

madaniyatdan,  mantiqiy  tafakkur  va  mushohadadan  ayri  holda 

tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  Bu  maqsadga  erishish  uchun  bo‘lajak 

mutaxassis yoki davlat xizmatchisi avvalo, axloqiy ko‘nikma, estetik 

bilim  va  mantiqiy  mushohadaga  ega  bo‘lishi  zarur.  Qolaversa, 

estetika  fani  doirasida  o‘zlashtiriladigan  bilimlar  umuman 

sharqliklarga,  xususan  xalqimizga  begona  emas.  Zero,  bu  ilmsiz 

o‘zbek xalqi tafakkuri, dunyoqarashi, qadriyati, madaniyati, bir so‘z 

bilan aytganda, uning buyukligini anglash mumkin emas. 

“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”ning  “3.3.1.  Uzluksiz 

ta’limni  tashkil  etish  hamda  rivojlantirish  prinsiplari”da  ta’limning 

ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil 

qilish”ga  bog‘liq  ekanligi  bundan  buyon  odamlar  tafakkurini 

o‘zgartirish  estetik  tarbiyadan  ayri  holda  amalga  oshmaydigan 

jarayon  ekanligidan  dalolat  beradi.  Bugungi  kunga  kelib  g‘oyaviy 

tahdidlarga qarshi kurash aynan estetik bilimni taqazo etmoqda. Shu 

bois avlodni estetik tarbiya asosida voyaga yetkazish doimo dolzarb 

ahamiyat kasb etib kelgan. Hozirda estetik bilimlar doirasi shu qadar 

kengayib bormoqdaki, u deyarli barcha sohalarda masalan, sog‘liqni 

saqlash tizimida – tibbiyot estetikasi, ekologiya sohasida – ekologik 




605 

estetika,  texnikaviy  taraqqiyot  sohasida  –  texnika  estetikasi 

(dizayn)ning  yuzaga  kelgani  shular  jumlasidandir.  Shu  bilan  bir 

qatorda,  jamiyat  ma’naviy  hayotini  yuksaltirish  ham  estetika  fani 

oldiga qator vazifalarni qo‘ymoqda. 

Estetika  fani  insonning  kundalik  hayotiga  g‘oyatda  yaqin. 

Chunki, erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a’zosi go‘zallikni 

chuqur  his  etadigan,  uni  asraydigan  nafis  did  egalari  bo‘lishlari, 

haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlashlari, «ommaviy 

madaniyat»ning g‘ayri estetik xususiyatlarini rad qila olishlari lozim. 

Buning  uchun  esa  ta’lim  tizimida  estetika  faniga  bo‘lgan  hozirgi 

munosabatni  tubdan  o‘zgartirish  zarur.  Chunki,  jahondagi  nufuzli 

oliy ta’lim muassasalarida estetika fanini  o‘qitish masalasiga jiddiy 

e’tibor  qaratiladi.  Birgina  Garvard  Universitetida  (AQSh)  estetika 

bo‘yicha  3  ta  markaz,  18  ta  yo‘nalishda  (bu  yo‘nalishda  estetika 

sohasiga doir 46 ta fan o‘qitiladi) ilmiy tadqiqot hamda ta’limiy ishlar 

olib  borilayotganligi,  Oksford  Universitetida  (Angliya)  esa 

“Estetika”  fakul’teti  mavjudligi  va  unda  shu  sohaga  doir  66  ta  fan 

o‘qitilishi estetik bilimlarga bo‘lgan e’tibor katta ekanligidan dalolat 

beradi.  Shu  ma’noda,  faylasuf  olim  Abdurahim  Erkayevning 

“Yoshlarni kitob o‘qishga o‘rgatmoq mumtoz va zamonaviy yuksak 

san’at  asarlariga  qiziqtirmoq,  estetik  va  axloqiy  tarbiya  saviyasini 

ko‘tarmok kerak. Ma’naviy tarbiyaning asosini tashkil qiluvchi etika 

va  estetika  fanlarini  o‘qitishni  oliy  o‘quv  yurtlarida  qayta  tiklash 

maqsadga muvofiq. Aks holda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimida 

tarbiya  jarayoni  qashshoqlashib,  biryoqlamalik  avj  oladi.  Bo‘lajak 

mutaxassis texnokrat, o‘qituvchi va tarbiyachi nasihatguy safsataboz 

bo‘lib yetishadi”, degan fikri g‘oyatda ahamiyatlidir. 

Bugungi kunda odamlarga, ayniqsa yoshlarga “huzur-halovat va 

lazzat  manbai”  sifatida  taqdim  etilayotgan  ma’lumotlarning 

aksariyati  horijiy  ommaviy-axborot  vositalari  hamda  Internet 

tarmoqlaridagi  turli  xil  saytlar  hisobiga  to‘g‘ri  kelmoqda.  Keyingi 

paytlarda  fetish  estetika  (engil-elpi,  yaltiroq  estetika),  “ommaviy 

madaniyat”ning  inson  maishiy  turmushi  bilan  bog‘liq  saytlari 

shunchalik  ko‘payib  ketdiki,  ular  yoshlarning  estetik  didini 

pasaytirishga  va  estetik  dunyoqarashini  to‘poslashtirishga  olib 

kelayotganligi  bugungi  kunda  ochiq-oydin  namoyon  bo‘lib 

qolmoqda.  Yoshlar  tarbiyasiga  bunday  g‘ayriestetik  g‘oyalarning 




606 

tahdid  va  uning  salbiy  oqibatlarini  tushuntirib  beradigan  ilmiy 

nazariy asos aynan estetik bilimni yuksaltirish orqali amalga oshadi. 

Estetik  bilimning  hozirgi  kunda  umumjahoniy  global 

muammolarni hal qilishdek muhim vazifasi ham borki, ular orasida 

eng dolzarbi sayyoramizda nafosatga asoslangan estetosfera muhitini 

yaratish bilan bog‘liq. Chunki texnogensivilizatsiya davrida texnika, 

texnologiya, umuman noosfera insonning yashash muhitiga aylanib 

qolgan.  Binobarin,  insoniyatning  tabiiy  ehtiyojlarini  qondirish 

imkoniyatlari  kengayib  borayotgan  bir  davrda  ularning  estetik 

muhitga  ehtiyojlari  ortib  bormoqda.  Shuni  ham  ta’kidlash  lozimki, 

hozirgi kunda Internetdan foydalanuvchilar soni kam bo‘lsada, global 

tarmoqda  ishlash  yoshlar  tomonidan  juda  qisqa  fursatlarda 

o‘zlashtirilib  olinmoqda.  Biroq,  yoshlarning  qaysi  veb  saytlardan 

foydalanishi  g‘oyaviy  tarbiya  masalasida  katta  ahamiyatga  ega.  Bu 

borada bel’giyalik professor Frenk Tevisson tomonidan o‘tkazilgan 

tadqiqot natijalariga ko‘ra, yevropa mamlakatlarida 90 foiz talabalar 

Internetdan  foydalanishar  ekan.  Ammo,  ularning  qaysi  saytdan 

foydalanishlarini  o‘rganilganda,  atigi  10  foiz  talaba  bevosita  o‘quv 

jarayoniga  taalluqli  saytlarga,  90  foizi  esa,  asosan  pornografik 

mazmundagi saytlarga kirishni xush ko‘rishi ma’lum bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi 

“Oliy  ta’limni  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida” 

qarorida  “oliy  ta’limning  ma’naviy-axloqiy  mazmunini  oshirish, 

talaba-yoshlarga  mustaqillik  g‘oyalariga,  yuksak  ma’naviyat  va 

insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, 

ularda  yot  g‘oya  va  mafkuralarga  nisbatan  immunitet  va  tanqidiy 

tafakkurni  mustahkamlash  bo‘yicha  keng  ko‘lamli  ma’rifiy  va 

tarbiyaviy ishlarni olib borish” muhim vazifalar etib belgilab berildi. 

Mazkur  vazifalarni  ta’lim  muassasalarida  to‘laqonli  va  oqilona 

bajarilishi  avvalo,  estetika  fanining  ilmiy  va  ta’limiy  asoslarini 

yanada  mustahkamlashni  nazarda  tutadi.  Bunda  estetika  fanini 

o‘qitishni  takomillashtirish,  fanning  mazmunini  dolzarb  mavzular 

bilan boyitish, ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash hamda 

estetika ta’limi sifatini yuksaltirish dolzarb ahamiyatga ega. Bundan 

tashqari,  estetika  fanining  tarbiya  jarayonidagi  o‘rni  ayniqsa,  oliy 

ta’lim  muassasalarida  estetik  tarbiyaning  to‘g‘ri  yo‘naltirilishi 

“talaba + mutaxassis = ziyoli” ko‘rinishning tarbiyaviy maqsadi va 




607 

asosini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu turli tahdidlarning doirasi 

kengayib  borayotgan,  “ommaviy  madaniyat”ning  g‘ayriestetik 

ko‘rinishi  tez  o‘zgarib  inson  tafakkuriga  salbiy  ta’siri  kuchayib 

borayotgan  hozirgi  globallashuv  davrida  estetika  faniga  bo‘lgan 

ta’limiy, tarbiyaviy ehtiyojni yanada kuchaytiradi. 

Yurtimizda  har  bir  yil  qay  nomda  nomlanmasin,  unda 

davlatimiz va jamiyatimiz taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, 

kengqamrovli  maqsadlarni  amalga  oshirishda  hal  qiluvchi  o‘rin 

tutadigan  reja  va  vazifalar  hisobga  olinadi.  O‘tgan  2017-yilda  ham 

mamlakatimiz  iqtisodiy  siyosatida  noreal  raqamlar  ortidan  quvish, 

amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek 

noma’qul  ish  uslubi  tanqidiy  qayta  ko‘rib  chiqildi.  Amaliy 

natijadorlik,  inson  manfaati  va  yana  bir  bor  inson  manfaati 

islohotlarning  bosh  maqsadi  etib  belgilandi.Joriy  2018-yil  “Faol 

tadbirkorlik,  innovatsion  g‘oyalar  va  texnologiyalarni  qo‘llab-

quvvatlash  yili”da  ham  barcha  amalga  oshiriladigan  ishlarning 

markazida bilim, ma’rifat ustuvor bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Bu  haqda  mamlakatimiz  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev  “Biz  diniy 

jaholatga, zararli oqimlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerakligi 

haqida ko‘p  gapiramiz. Bu  to‘g‘ri, albatta. Lekin ma’rifat, ma’rifiy 

bilimlar  qayerda  –  avvalo,  ota-bobolarimiz  bizga  qoldirib  ketgan 

mana  shunday  mo‘’tabar  kitoblarda  emasmi?  Bizning  ushbu 

yo‘nalishdagi  barcha  amaliy  harakatlarimiz  aynan  mana  shunday 

ezgu  maqsadga  qaratilgan  bo‘lib,  nafaqat  mamlakatimiz  va 

musulmon  dunyosida, balki jahon miqyosida ham katta qiziqish va 

e’tibor  uyg‘otmoqda.  Ana  shunday  bebaho  boylikka,  minglab 

bilimdon  ulamolar,  faol  ziyolilarga  ega  bo‘lgan,  bu  sohada  katta 

tashabbuslar  bilan  chiqayotgan  xalq  va  davlat  sifatida  yurtimizdan 

qandaydir  aqidaparast,  diniy  oqimlarga  berilgan  kimsalarning 

chiqishi albatta bizga yarashmaydi” – degan to‘g‘ri talabni qo‘ydi. 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish