Axloqiy muhit (etosfera )ning global muammolari.
Insoniyat XIX asrning oxiri XX asr boshlariga kelib o‘z tafakkur
quvvati bilan biosfera ichida noosferani - texnikaviy muhitni yaratdi.
Insoniy tafakkur biosferadagi o‘zgarishlarning asosiy sababiga
aylandi. Bugun texnika bizning nafaqat yashash muhitimizga aylandi,
balki texnik taraqqiyot ulkan geologik kuch bo‘lib maydonga chiqqan
insonga o‘zi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta’sir ko‘rsatish
imkoniyatlarini ochib berdi. Noosferaning paydo bo‘lishi atmosferani,
olamiy okeanni, yer osti va yer usti suvlarini, nabobotni, hayvonotni,
hatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib kelmoqda.
Noosfera ta’limoti asoschilaridan biri V.I.Vernadskiy «Sayyoramiz
yuzi - biosfera inson tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda keskin
kimyoviy o‘zgarishlarga duchor etilmoqda, - deb yozadi u. Inson
quruqlikning fizikaviy va kimyoviy havo qobig‘ini, uning barcha tabiiy
suvlarini o‘zgartirmoqda. Hozir biz biosferadagi yangi geologik
evolyutsion o‘zgarishlarni boshdan kechiryapmiz. Biz noosferaga kirib
boryapmiz»
1
deb ta’kidlagan. Ammo lekin olimni hayratga solgan
masala hozir ham o‘z yechimini topa olganicha yo‘q albatta.
Bu sharoitida insoniyatda axloqiylikni saqlab qolish va
etosferani yaratish imkoniyatlari muayyan jamiyat muhiti sharoitiga
uning shakllantiruvchilik omillari va o‘ziga xos jihatlariga bog‘liq.
Muhit - insonni o‘rab turgan va unga bevosita yoki bilvosita ta’sir
etuvchi shart-sharoitlar majmui. “Muhit” etika qonuniyatlaridan
bo‘lib, u inson mavjud bo‘lgan holat va joyni anglatadi
2
. Olimlar uni
«tabiiy muhit», «geografik muhit», «sun’iy muhit» kabi turlarga
bo‘lib tadqiq etadilar.
1
Вернадский В.И. Начало и вечност жизни Москва. Сов. Россия, 1989. С. 186 – 187.
2
Донсов А.И. Проблеми групповой сплоченности. – М.: Висшая школа, 1979. – 60 с.
491
Ilmiy adabiyotlarda «ijtimoiy muhit» tushunchasi ham keng
qo‘llaniladi. Ijtimoiy muhit insonni o‘rab turgan va uning ongi hamda
hulqiga faol (bevosita va bilvosita, stixiyali va ongli) ta’sir
o‘tkazuvchi barcha ijtimoiy shart-sharoitlar (atrofdagi odamlar,
ijtimoiy guruh, qatlamlar, jamiyatdagi tartib-qoidalar), faoliyat va
aloqadorliklarni belgilashda xizmat qiluvchi falsafiy kategoriyadir. U
«siyosiy muhit», «iqtisodiy muhit», «ma’naviy muhit», «axloqiy
muhit», «ilmiy muhit» kabi qismlarga bo‘linadi
1
. Ularning mikro,
makro, mezo va mego darajalari mavjud. Ular ichida muhim o‘rin
tutadigan ijtimoiy muhit qismlaridan biri oila muhitidir.
Oila muhiti jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitining birlamchi
negizidir. Chunki oilalarda ma’naviy-axloqiy tarbiya asosiy masala
hisoblanadi. Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, eng
qimmatli an’analar: halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu-hayo,
mehr-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng sof
va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari oilada
shakllangan. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini
belgilaydigan axloqiy tushuncha, mezon va qarashlar yaxshilik va
ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi
muqaddas fazilatlarning poydevori oilada qaror topadi.
O‘quvchi maktab muhitida shaxs sifatida voyaga yetadi. Agar
oilada uning axloqiy shakllanishiga poydevor qo‘yilsa, maktabda bu
xususiyat yanada rivojlantiriladi. Shaxsning axloqiy tasavvurlari
bilan atti-harakatlari uyg‘unlashadi. O‘zbekistonda maktab muhiti
orqali ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonini olib borish davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilgan. Ayni paytda, bu muhitda isloh qilinishi lozim
bo‘lgan jarayonlar ham mavjud. Bular bizning nazarimizda,
quyidagilardan iborat:
birinchidan, maktabda shaxsning axloqiy ongini maqsadli
shakllantirishga jiddiy e’tibor berish;
ikkinchidan, shaxsda axloqiy fazilatlarni shakllantirishda yangi
ta’lim-tarbiya texnologiya usullarini joriy etib borish;
uchinchidan, nazariya va amaliyot uyg‘unligiga erishish;
Rahbar, xodimlar va jamoa a’zolarining o‘zaro munosabati,
hurmat, ishchanlik, jamoa obro‘si uchun raqobat, mas’uliyat hissi,
1
Normurodov B. Ijtimoiy muhit va uning taraqqiyotdagi o‘rni va roli // Ta’lim – tarbiya jarayonida ijtimoiy muhitning
roli. – Qarshi, 2004. – 21 b.
492
manfaatdorlik, talabchanlik, g‘amxo‘rlik, rag‘batlantirish usullari,
yuqori lavozimlarga tavsiya etish, jamoa bilan faxrlanish axloqiy
faoliyatining muhim makoni ishxona muhitida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda ishxona muhiti katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki
ishxonada shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi to‘liq namoyon
bo‘ladi. «Shaxs xizmat doirasida o‘ziga bo‘ysunuvchilarga,
rahbariyatga, jamoadoshlarga va murojaat qiluvchilarga o‘ziga
nisbatan yaxshi munosabat keltiradigan axloqiy munosabatda bo‘lishi
shart»
1
. Xalqimiz tarixiy-madaniy tajribasiga xos muhit mahalla
muhitidir. U o‘nlab, yuzlab oilalar uyushmasidan iborat, ijtimoiy,
iqtisodiy va axloqiy maqsadlar yo‘lida birlashuvchi kishilar
makonidir. Unda jamiyatning jamoatchilik tamoyilini ro‘yobga
chiqaradi. Bu muhitda sharqona axloq, sharqona tushunchalar
reallikka aylanadi.
Yuqoridagilarni umumiy ko‘rinishi «jamiyat ma’naviy-axloqiy
muhiti» tushunchasida o‘z ifodasini topadi. Jamiyatning ma’naviy-
axloqiy muhiti murakkab ijtimoiy voqelikdir. Ushbu voqelik negizida
shaxs – guruh (jamoa) – jamiyat o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy va ma’naviy axloqiy munosabatlar yotadi.
Jamiyatning ma’naviy-axloqiy muhiti o‘ziga xos xususiyatlarga
ega:
- birinchidan, u insonning butun hayoti va axloqiy sifatlarini
ifodalaydi, shaxs, guruh va jamoaning axloqiy faoliyatini belgilovchi
mezonlarning makonda tarkib topishiga xizmat qiladi;
- ikkinchidan, u turli jamoalarda turlicha namoyon bo‘ladi va
turlicha vazifalarni bajaradi, shaxs va jamiyat munosabatlarini
tartibga soluvchi va yo‘naltiruvchi omil hisoblanadi;
- uchinchidan, u shaxs va jamoadagi ijtimoiy munosabatlarning
ifodasi sifatida yuzaga keladi;
- to‘rtinchidan, u jamiyatning ma’naviy-axloqiy qiyofasini,
shuningdek ijtimoiy taraqqiyotning yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Masalan, etosferaning vujudga kelishi va qaror topishida
ma’naviy-axloqiy muhitning o‘rni muhim. Ilmiy nazariy qarash-
larning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ma’naviy axloqiy muhit shaxs
va jamiyat munosabatlarini, manfaatlarini uyg‘unlashtirish asosida
1
Ботавсина Р.Н. Этика делових отношений. – М.: Финанси и статистика, 2005. – 5 c.
493
shakllanadi. Manfaatlar esa har doim ham ijobiy bo‘lavermaydi,
ularda salbiy tomonlar ham mavjud. Bu esa ma’naviy-axloqiy
muhitni shakllantirishdagi ijobiy va salbiy omillarni klassifikatsiya
qilishga undaydi: Salbiy omillar jamiyatimiz ravnaqi uchun
ma’naviy-axloqiy immunitetni shakllantirishni taqozo etadi.
O‘zbekistonning strategik maqsadi yuksak ma’naviyatli avlodni
tarbiyalashdir. Ushbu maqsad salbiy, destruktiv omillarni bartaraf
etib, ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish uchun zarur ijobiy,
yaratuvchanlik omillarini ko‘paytirishga undaydi. Chunki, “Inson
aynan ijtimoiy muhitda o‘z ehtiyojlarini qondirish va o‘z
imkoniyatlaridan foydalanish yo‘lini topadi. U aynan shu yerda o‘z
his-tuyg‘ularini, tabiat ato qilgan samimiylik, do‘stlik, mehribonlik,
bag‘rikenglik va iztirob chekish fazilatlarini ko‘rsatadi”
1
. Jamiyatda
ijobiy va salbiy omillarning tarkib topishi yoki odamlarni ularning
ta’siriga tushib qolishi muayyan muhitda ro‘y beradi.
Muayyan muhitdagi har qanday muammoning yechimi
manfaatlardan izlanadi. Agar manfaatlar silsilasida insonning ichki,
axloqiy, ruhiy dunyosi mavjudligini esdan chiqarib faqatgina moddiy
manfaat ustuvor ahamiyatga ega bo‘lsa, bunday yondashuv
insoniylik, ezgulik singari axloqiy tamoyillarning susayishiga ham
olib keladi, individualizm, egoizm, konformizm, marginallik,
shafqatsizlik illatlari shaxs sifatlariga aylanadi. Bu muammolardan
qutulish uchun etosfera - axloqiy muhit davrini yaratish kerak bo‘ladi.
Etosferani yaratishda ma’naviy idealni shakllantirish va uni
jamiyat axloqiy muhitining asosiy negizi sifatida qabul qilishni
taqozo etmoqda. Chunki ma’naviy ideal jamiyat axloqiy muhitini
me’yorlashtirishda va axloqiy ongning maqsadli shakllanishida
muhim ahamiyatga ega. «Ma’naviy ideal» tushunchasini sof axloqiy
tushuncha
sifatida
shaxs
axloqiy
ongini
shakllantiruvchi,
yo‘naltiruvchi va harakatlantiruvchi namunalar majmui.
Ma’naviy idealning o‘zlikni anglash tamoyili Suqrotning
mashhur «o‘zingni angla» fikridan
2
boshlangan va Immanuel’ Kant
bu prinsip markaziga ezgulik g‘oyasini qo‘yib: «Agar barcha odamlar
ezgulikni maqsad qilib olganlarida, ular uchun burchning keragi
1
История в энциклопедии Дидро и Д.Аламбери. – М.: Наука, 1978. – 63 с.
2
Фрагменти греческой филасофии. – М.: Наука, 1989. Т.2. – 41 с.
494
bo‘lmas edi, chunki hech kim yovuzlik tomon qadam bosmas edi»
1
, -
deb ta’kidlaganida nechog‘lik haq bo‘lganligini hozirgi kunda ham
ko‘rish mumkin. Shunday ekan, ezgulik insonning o‘zligini anglab
yetishga turtki beruvchi asos sifatida ma’naviy idealning negizini
tashkil qiladi.
Aslida bunday qarash milliy etikamiz taraqqiyotida bayon
qilingan bo‘lib, u «ma’naviy vujud» (ya’ni borliq) hosil qilish, deb
atalgan. Misol uchun Xoja Ahror Valiy «Ma’naviy vujud bu -
keraksiz hoyu havaslardan, xarakterdan va ehtiyoju talablardan voz
kechib, ruhiy borliq hosil qilishdir»
2
, - deydi. Demak, o‘zlikni
anglash bilan insonning mohiyati kashf qilinadi, bu - ma’naviy
idealning eng muhim funksional vazifasidir. Chunki o‘zligini
anglamagan inson yomonlikka, yovuzlikka va vayrongarchilikka
moyil bo‘ladi. Negaki, o‘zligini anglamagan insonda asta sekin
fikrsizlik, axloqsizlik va faoliyatsizlik tarkib topadi.
«Yomonlik, yovuzlik - bu ehtiyojning hosilasidir»
3
, - deydi
ba’zilar. Bu albatta noto‘g‘ri fikrdir. Chunki, inson tabiatan yomon
xulq-atvor, odob-axloq bilan tug‘ilmaydi, balki uni noto‘g‘ri tarbiya,
nosog‘lom muhit va befarqlik, dahlsiz va loqayd munosabatlar
yomonlikka boshlaydi. E’tibor berilsa, jinoyati uchun qamoqda jinoiy
jazo o‘tayotgan kimsada ham ezgulik, yaxshilik tuyg‘usi mavjud
bo‘lishi mumkin. Yoki, bugungi kunda e’tiborsiz qolayotgan yoshlar
mutaassiblar qo‘liga tushmoqda va mutaassiblarning nosog‘lom
muhiti, g‘arazli tarbiyasi va sovuqqon munosabati natijasida u
xudkushlikni (kamikadze) «kasb» qilmoqda. Bu yerda ko‘proq
bilimsizlik, tarbiyadagi sustkashlik va albatta istak bilan ehtiyojni
aralashtirib yuborish amalga oshmoqda.
Ma’naviy idealning ezgulik, e’tiqodlilik, erkinlik kabi axloqiy
kategoriyalari mavjud. Ezgulik shaxsda xulq, fe’l-atvor va xarakterni
shakllantiradi, umuman olganda, axloqiylik ezgulikning manbaidir.
Ezgulik tuyg‘usi tarbiyalanmagan insonda yovuzlik hislari
«uyg‘onadi». Shu bois ham bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun
kurash dolzarb masala bo‘lib turibdi. Chunki insonda nafs tuyg‘usi
1
Кант И. Лексии по этике // Этическая мисл. Научно публистические чтений. – М: Ипл, 1991. – 300 с.
2
Фахриддин Али Сафий. Рашоҳату айнил - ҳаёт. – Т.: Абу Али ибн Сино, 2004. – 282 б.
3
Кам Й. А. Бунтуюший человек, М.: Мисль, 1989. – 72 б.
495
bor, bu tuyg‘uning istaklari cheksiz. Shu ma’noda ezgulik ruhiy-
ma’naviy, yovuzlik esa nafsoniy tuyg‘u hisoblanadi.
Erkinlik shaxsga tanlash, anglash va tushunish imkonini beradi.
Inson erkin so‘zlashi, erkin fikrlashi va erkin yashashi lozim. U
bularni tanlaydi, bular bilangina hayotining, umuman inson
hayotining mazmunli (ma’nili) kechishini anglab yetadi va bu yorug‘
dunyoda inson fikrsiz, maqsadsiz yashay olmasligini tushunadi.
Erkinlik odamni odam bo‘lib yashashga o‘rgatadi. Zero, ma’naviy
idealning kategoriyalari insonni ma’naviy poklik, bag‘rikenglik va
birodarlik ruhida voyaga yetkazadi bu esa etosferaning yaratish va
amal qilishida eng muhim omil hisoblanadi.
Inson jamiyatda muayyan maqsad – muddaosiz yashay olmaydi.
Har bir kishi o‘zining kelajagini biron-bir maqsad shaklida oldindan
tasavvur qila olmasa, uning bunyodkorlik harakati susayadi, natijada
inson kayfiyatini tushkunlik, faoliyatini esa beparvolik, loqaydlik va
dahlsizlik kabi illatlar egallab oladi. Shu ma’noda «ma’naviy ideal»
ham shaxsga jamiyatda o‘z o‘rniga va muayyan ijtimoiy mavqeiga
ega bo‘lib yashashi uchun yo‘naltiruvchi g‘oyalar, tushunchalar va
axloqiy qarashlar tizimini taqdim etadi.
Biologik axloq. Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham,
jahon axloqshunosligida ham asosan tibbiy axloq, tabobat
muammolariga doir axloqiy yondashuvlar tushuniladi, xolos.
Biologik axloq muammolari ikki yo‘nalishdan iborat: biri -
insonlarning kichik biologik olam sifatidagi katta biologik olamga
bo‘lgan munosabatlari bilan bog‘liq «tashqi», ikkinchisi -
insonlarning «o‘z-o‘ziga va o‘zaro munosabatlaridagi tibbiyot bilan
bog‘liq ichki» axloqiy masalalar.
Biologik axloqning tibbiyot ilmi va amaliyotining tobora
taraqqiy topib borishi bilan bog‘liq yo‘nalishida totli o‘lim -
evtonaziya ham biotibbiy axloqning global muammolaridan.
Xudoning ixtiyoridan tashqari o‘limni ixtiyor qilgan kishi diniy
nuqtai nazardan kechirilmaydi. Umuman, evtanaziya axloqiylikmi,
axloqsizlikmi? Bu muammo ham umumjahoniy miqyosda o‘z
yechimini kutmoqda.
Etikaning anchadan buyon ko‘pchilikka ma’lum muammosi,
bu – abort. Har qanday abort, tirik organizmni tiriklikka bo‘lgan
huquqdan mahrum etish. Tana transplantatsiyasi, odamlar hujayrasini
496
boshqa hujayra o‘rniga ko‘chirib o‘tkazish tajribalari, irsiyatning,
genofondining bir yoqlama o‘zgarishiga olib kelmoqda. Xo‘sh,
bunday tajribalarni qanday baholash kerak? Bu savollarga ham Etika
javob topmog‘i lozim.
O‘lim jazosi. O‘lim, ma’lumki, axloqiy nuqtai nazardan eng
ulkan yovuzlik hisoblanadi. Ayniqsa, majburiy o‘lim. Shunga ko‘ra,
o‘lim jazosining huquqiy jihatdan qo‘llanilishi mohiyatan jamiyat
tomonidan yovuzlikka qarshi yovuzlik bilan javob berishdir. Aslida
esa insonning muayyan jinoyatni sodir etgan hatti-harakatlari
qoralanishi kerak, uning o‘zi emas, u qilgan yovuzlik o‘limga
mahkum etilishi lozim - odamni emas, yovuzlikni o‘ldirish oqilona
ish emasmi?! Yovuzlikni o‘ldirish, yovuzlik sodir etgan kishining
uzoq muddatli yoki bir umrlik qamoqdagi vijdon azobi va tazarrusi
bilan amalga oshirish, o‘lim jazosining bekor qilinishini o‘sha
jamiyatlar axloqiy darajasi bilan bog‘liq ijobiy hodisa deyish
mumkin.
Hozirgi kunda nabobot va hayvonot olamining ko‘plab turlari
jisman yo‘q bo‘lib ketish arafasida ekanligi hech kimga sir emas. Bu
xavf xatarlar sirasiga kuchli Eko xavflar, ekologik buhronlar, okean
bo‘ylab kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar, kislota
yomg‘irlarining ko‘payib borishini misol qilishimiz mumkin. Eng
muhimi insoniyatning ko‘z o‘ngida bu kabi muammolar eko
muammo sifatida emas, balki tom ma’nodagi global axloqiy
muammolar sifatida tobora kengroq gavdalanmoqda
Mashhur avstriyalik etolog olim Konrad Lorensning:
«Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish
hodisasi uchun asosan sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy
to‘poslik aybdordir», – degan so‘zlari shu nuqtai nazardan diqqatga
sazovordir.
1
Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda
inson o‘zini va o‘z sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman
desa, jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitini barqarorlashtirish orqali
etosfera davriga o‘tishi, axloqiylik har birimiz uchun har qadamda
bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylanishiga erishmoq kerak.
Bunda Etika fanining o‘rni nihoyatda beqiyos. Etika oldida ana
1
Лоренц К. Восем смертних грехов цивилизованного человечества. Журнал. «Вопроси философии» № 3,
1992. с. 42.
497
shunday, tobora globallashib borayotgan axloqiy muammolarni hal
etishda yetakchilik qilish vazifasi turibdi. Zero, mazkur global
muammolarni bugungi kunda Etikaning ahamiyatini belgilab
beruvchi barometrlar, deyishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |