Inkorni–inkor qonuni
Falsafaning inkorni inkor qonuni ham avvalgi qonunlar: miqdor
o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni, qarama-
qarshiliklar birligi va kurashi qonuni singari muhim o‘rin egallaydi.
Bu umumiy taraqqiyot qonuni ham faylasuflar tomonidan mukammal
208
talqin qilingan. Mazkur qonun tabiat, tarix va tafakkurda g‘oyat
darajada keng amal qiluvchi muhim taraqqiyot qonunidir. Binobarin,
bu qonunni chuqur va har tomonlama o‘rganish undan amaliy
faoliyatda to‘g‘ri va izchillik bilan foydalanish, taraqqiyotni to‘g‘ri
tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Inkorning mohiyatini to‘g‘ri
tushunish - taraqqiyotning dialektik konsepsiyasini izchillik bilan
ilmiy asosda tushunishdir.
Har bir narsa va hodisaning rivojlanishi va eskirishi, umri
tugayotgan tomonlarning yemirilishi parchalanishi hamda yangi,
ijobiy tomonlarning rivojlanish yangi bilan eski, o‘lib borayotgan
narsalar bilan tug‘ilib kelayotgan narsalar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatni ochib beradi.
Har bir narsa va hodisa abadiy emas, balki ichki va tashqi
ziddiyatlar zaminida o‘zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib
boradi, bu o‘zgarish eskirgan narsa va hodisalarning o‘lib, yemirilib
borishi zaminida yangi narsa va hodisalar paydo bo‘ladi. Inkor
bo‘ladigan narsa va hodisalar esa butunlay uloqtirilib tashlanmay,
balki ularga xos ijobiy tomonlar, belgi va xususiyatlar saqlanib,
umumiy rivojlanish jarayonini ifoda etadi.
Har bir narsa va hodisa, obyektiv ravishda ichki ziddiyatlardan
kelib chiqadi. Bu qonun yemirilish va parchalanishni sodda inkorda
ifodalamay, balki taraqqiyotni egri yo‘llar bilan, spiral’ shaklida,
nisbiy takrorlanishlar asosida oddiylikdan murakkablikka, pastdan
yuqoriga qarab borishi xarakterini ilmiy asosda ochib beradi. Hech
bir sohada o‘zining ilgarigi yashash shakllarini inkor etmaydigan
taraqqiyot sodir bo‘lmaydi. Har bir jarayon inkor qilish holatiga ega.
Taraqqiyot natijasida vujudga kelgan yangi narsa eskining inkor
qilinishidir. Eskining inkor qilinishi natijasida hamma narsa va
hodisada ilgarilanma harakat sodir bo‘ladi. Yangi, eskini o‘rnida
uning ijobiy tomonlarini saqlab qolgan holda, yangi-yuksakroq
progressiv holatni egallaydi. Shunday qilib, taraqqiyot bir-birini
almashtirib turadigan bosqichlardan iborat bo‘lib, bir bosqich
ikkinchi bosqich tomonidan, ikkinchisi uchinchisi tomonidan inkor
etiladi, shunday qilib bu jarayon cheksiz davom etilaveradi.
Inkor shunday inkorki, buning natijasida taraqqiyot davom
etishi, yangi inkor sodir bo‘lishini taqozo etishi kerak. Dialektik inkor
obyektiv jarayondir.
209
Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarda inkor etishning har
xil turlari va shakllarini uchratish mumkin. Masalan, donning unib
chiqish yo‘li bilan inkor etilishi, chirish bilan inkor etilishi, qurtlar
tomonidan ozuqa sifatida yeb inkor etilishi, tegirmonda donni unga
aylantirish yo‘li bilan inkor etilishi va hokazo. Lekin har qanday
inkor, inkor bo‘lavermaydi, chunki inkor ilgarilab borishning uzilishi,
to‘xtab qolishni ifodalaydi. Bunday inkor mutloq inkordir. Dialektik
inkor esa eskilikning tugashi yangilikning paydo bo‘lishi bilan birga,
eskining ijobiy tomonlari asosida yangining o‘sishidan iboratdir.
Dialektikada inkor qilish to‘g‘ridan-to‘g‘ri “yo‘q” demak emasdir.
Demak, birinchi inkorni shunday qilish lozimki, natijada ikkinchi
inkor chiqsin, rivojlanish.
Inkorni inkor, voqelikdagi o‘lib borayotgan narsa va hodisalar
o‘rtasidagi aloqa va vorislikni, ilgarilab rivojlanishning ma’lum
bo‘laklari, holatlari orasidagi bog‘lanishlarni ifodalovchi falsafiy
kategoriyadir.
Inkorni inkor qonunini falsafa tarixida birinchi bo‘lib Gegel
asoslagan edi. U, bu qonunni tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuni
sifatida izohlagan edi.
Dialektikaning boshqa qonunlari kabi, Gegel bu qonunni ham
bir biriga qarama-qarshi fikrlash asnosida ajoyib, mazmunan boy
mulohazalarni aytib o‘tdi. Masalan, Gegelning inkorni inkor qonuni
orqali olg‘a qarab harakatlanishning cheksizlik g‘oyasini ilgari
surgan edi. Bu qonunda taraqqiyotning yangi asosdagi boshlang‘ich
holatiga qaytish tendensiyasining ichki mazmunini ochishiga harakat
qilgan. Gegel inkorni inkor qonuni orqali rivojlanishning yuqori
bosqichida eskilikni dialektik “olib tashlash” yo‘li bilan, ma’lum
ijobiy tomonlarini saqlab qolish g‘oyasini olg‘a surgan. Gegelning
inkorni inkor qonunida ana shunday ijobiy va diqqatga sazovor
tomonlari mavjuddir.
Gegel bu qonunni uchlik sxema shaklida izohlaydi. Gegel
“mutloq g‘oya” taraqqiyotini quyidagi yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni
da’vo (tezis), inkor (antitezis), inkorni inkor (sintez) bosqichlari
orqali o‘z-o‘ziga qarab rivojlanadi, deb ko‘rsatadi.
Marksizm klassiklari fikricha, inkorni inkor qonuni tabiat,
jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotiga xos bo‘lgan ilgarilab
210
boradigan qonun. Bu qonun bilan ular eskilikning inkor etilishi va
yangilikning paydo bo‘lishini isbotlashga intilganlar.
Inkorni inkor qonuni va inkor etish masalalari orqali XIX
asrdagi
rus
revolyutsion
demokratlari
Belinskiy,
Gersen,
Chernishevskiy, Dobrolyubovlar o‘z davridagi «qabih, rus
voqealigini» inkor etish zaruriyat ekanligini to‘g‘ri tushungan edilar,
lekin dehqon ideologlari bo‘lgan rus revolyutsion demokratlari
dialektikaning boshqa qonunlari singari bu qonunning ichki
mohiyatining to‘liq va har tomonlama yorita bilmaganlar. Bu
qonunning mohiyatini chuqur bilish uchun nima uchun inkorni inkor
deb atalishini bilish kerak edi. Dialektikaning bu qonuni «inkorni
inkor» deb atalishining sababi, moddiy olamdagi narsa va hodisalar
doimiy ravishida o‘zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi
oqibatida uzluksiz rivojlanishidan kelib chiqadi. Taraqqiyot
jarayonida bir inkor ikkinchi inkor bilan almashadi. Natijada
taraqqiyot ilgariga qarab boradi.
Falsafa tarixida shunday oqimlar bo‘lganki, ularni nigilistlar deb
ataganlar. Nigilizm (lot. Nihil - hech nima) har qanday ijtimoiy
ideallar, turmush tarzi, hayotiy normalar, qadriyatlar va tamoyillarni
inkor etuvchi oqimning nomidir. Avval G‘arbiy yevropada keyinroq-
XIX asrning o‘rtalarida Rossiyada tarqalgan. Nigilizm birinchi marta
nemis faylasufi Yakobi Fridrix Genrix (1743 - 1819) tomonidan
qo‘llanilgan bo‘lsada, uning Rossiyada tarqalishiga sabab
I.S.Turgenevning «Otalar va bolalar» romani (1861) sababchidir.
Shu roman orqali nigilizm Rossiyada ommalashgan. O‘sha
davrlarning aksil inqilobchilari demokrat inqilobchilarni nigilistlar,
deb ataganlar. Chunki demokrat inqilobchilar o‘zlarigacha bo‘lgan
jamiyatlarning madaniy-ma’rifiy, urf-odat va qadriyatlariga qarshi
chiqib ularni tanqid qilgan edilar. Shu sababli demokratik
inqilobchilar o‘tmishdagi madaniyatni inkor qilishda ayblanganlar.
Ular o‘zlarining yangi - sivilizatsiya sohasidagi g‘oyalarini ilgari
surganlar. Nigilizmni rus yozuvchilaridan yana biri D.I.Pisaryovning
publitsistik faoliyati bilan bog‘lasalarda, lekin I.S.Turgenev
romanida nigilizm yaqqol ko‘zga tashlanadi. Romanning asosiy
qahramonlari Arkadiy va yevgeniy suhbatidan xulosa qiladigan
bo‘lsak, yevgeniyning o‘zidan oldingi hayotga e’tiborsizligini
sezamiz. Jumladan, Arkadiy, Yevgeniyga o‘z amakisi yashagan davr
211
tarbiyasini eslatganda, yevgeniy o‘sha davr tarbiyasini ham inkor
qilib: «tarbiyami,-deydi u,-har bir kimsa o‘zini o‘zi tarbiya qilmog‘i
lozim. Masalan, aytaylik, aqalli mening kabi... Endi davr masalasiga
kelsak, nima uchun men davrga tobe bo‘lay? Yaxshisi-davr menga
tobe bo‘lsin. Yo‘q, birodar, bular hammasi beboshlik, ma’nosizlik!»
(I.S.Turgenev. «Otalar va bolalar» T.: 1953 y. 40-b.). Yana inkorga
qaytadigan bo‘lsak, suv isitilganda bug‘ga, metall eritilsa, suyuq
holatga o‘tadi, bu yerda rivojlanish sodir bo‘lmaydi, bir narsa o‘rniga
ikkinchi narsa paydo bo‘ladi. Dialektik inkor esa shunday
ziddiyatlarni hal qilishni maqsad qilib qo‘yadiki, buning natijasida
taraqqiyotda yuqori bosqichga erishiladi. Bu dialektik inkorning
xususiyatlari. Dialektik inkorning yana bir xususiyati shuki, u eskisini
yemiribgina qolmay, uning ijobiy tomonlarini umumlashtiradi, sintez
qiladi. Sintez oldingi eskining ijobiy tomonlarini mexanik tarzda
birlashtirish emas, balki yuqori bosqichda o‘zgartirilib birlash-
tirilishidir. Ikkinchi inkor harakatning shart-sharoitlarini ifodalaydi.
Ko‘rinib turibdiki, inkor tushunchasi davrni ham ifodalaydi.
Ma’lum jarayonning tugalanish davri yangi davr uchun asos
bo‘ladi, bu hol cheksiz davom etadi. Davriylik taraqqiyot ritmini
xarakterlaydi. Davriylik tufayli harakat quyidan yuqoriga qarab
boradi. Davriylik to‘g‘risidagi masalani kundalik hayotimizda
uchraydigan juda oddiy narsa va hodisalardan tortib g‘oyat murakkab
biologik va ijtimoiy hodisalar va inson bilishining hammasida
ko‘rishimiz mumkin. Masalan, don urug‘i tuproqqa tashlangach,
ma’lum bir davr o‘tishi bilan asil holatini yo‘qotadi, ya’ni inkor
etiladi. U o‘sib rivojlanib, o‘simlik shaklini oladi, o‘simlik ham
o‘sish, gullash davridan so‘ng o‘zini inkor etib donga aylanadi, lekin
paydo bo‘lgan don ilgarigi bitta donning o‘zini takrorlamay, balki bir
necha don sifatida, o‘z tarkibidagi o‘zgarishlar orqali vujudga keladi.
Biogenetik qonun ham yuqorida aytilgan fikrlarning to‘g‘riligini
isbotlaydi.
Biogenetik qonunning mohiyati shundan iboratki, har bir tirik
organizm o‘zining individual paydo bo‘lishi va taraqqiyoti davomida
shu turga xos bo‘lgan o‘tmishdagi eng oddiy bir hujayralik shaklidan
tortib barcha taraqqiyot bosqichlarini qisqa davr ichida takrorlaydi.
Bu takrorlash oddiy, aynan takrorlash bo‘lmay, balki yangi sharoitda
yuqoriroq asosda sodir bo‘ladi. Turlarning kelib chiqishi bunga
212
misoldir. D.I.Mendelleyevning kimyoviy elementlar davriy tizimida
ham bu holat yaqqol ko‘rinadi. Kimyoviy elementlar atom
og‘irliklarining
ortib
borishi
natijasida
elementlarda
sifat
o‘zgarishlari sodir bo‘ladi. Davrdan davrga o‘tish, davr ichida
elementdan elementga o‘tish sakrashdan iborat bo‘ladi.
Jamiyatning umumiy yo‘nalishi, rivoji-eski ijtimoiy- iqtisodiy
formatsiyaning yangi, yuqoriroq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya bilan
almashish tarixidan iborat. Bu jarayon asosida ishlab chiqarish
usulining rivojlanishi yotadi. Ishlab chiqarish usulining o‘zi esa yangi
ishlab chiqaruvchi kuchlarning xarakteriga mos, mavjud ishlab
chiqarish munosabatlarining eskirganligini inkor qilish yo‘li bilan
paydo bo‘lishi va rivojlanishidan iborat. Demak, shunday qilib,
inkorni inkor qonunining mohiyati shundan iboratki, hodisalarning
inkor etilishi ijobiy tomonlarning saqlab qolinishi natijasida mavjud
hodisalar to‘xtab qolmaydi, yo‘qolib ketmaydi, balki yana olg‘a
qarab harakat qiladi.
Taraqqiyotning yo‘nalishi va xarakteri haqidagi masala borasida
asrlar davomida faylasuflar o‘z fikrlari bilan o‘zaro tortishib keldilar.
Ba’zi bir faylasuflar olamdagi o‘zgarishlar bir doira ichida
takrorlanishdan iborat desa, ba’zi birlari to‘g‘ri chiziq bilan boradi,
deb tushuntirib keldilar. Masalan: XVIII asrda yashagan italiyalik
faylasuf Janbattisto Viko fikricha, jamiyat doimo takrorlanib turuvchi
uch bosqichni: go‘daklik, yigitlik va yetuklik davrini kechirib boradi.
Fransuz olim Jan Batist Lamark esa tirik tabiatda harakat
uzluksiz va sakrashsiz to‘ppa-to‘g‘ri yo‘ldan ilgarilab boradi, deydi.
Bu nazariyani jamiyatga tatbiq etishni fransuz revolyutsiyasining
ideologlari, ma’rifatchilari, D.Didro, Gelvetsiylar ham olg‘a surgan
edilar. Inkorni inkor qonuni fan va amaliyot uchun muhim ekanligini
ular ham sezgan edilar.
Tabiat fanlari tarixidan ham inkorni inkor qonuni namoyon
bo‘lishini ko‘rish mumkin. Masalan, geometriyada Evklid
geometriyasidan N.I.Lobachevskiy geometriyasi kelib chiqqan.
Noevklid geometriya evklid geometriyasini inkor etadi va shu bilan
birga uning davomi-geometriyaning yana bir yangi bosqichi sifatida
yuqoriga ko‘tariladi. Xuddi shuningdek, fizika fanidan ham misol:
XVIII asr yorug‘lik nazariyasida tasdiqlangan qoidaga binoan,
yorug‘lik zarrachalardan iborat bo‘lib, shu zarrachalar harakat
213
qonuniga binoan yorug‘lik tarqaladi degan fikr fizikada hukm surgan.
Shu bilan birga ikkinchi nazariya – yorug‘lik to‘lqin xususiyatga ega,
shu to‘lqin qonunga muvofiq tarqatiladi, degan qoida ham paydo
bo‘lgan. Lekin yorug‘likning kvant xususiyati kashf etilishi bilan XX
asr fizikasi bu ikki kashfiyot yorug‘likning ikki xil xususiyatiga ega
ekanligini ochib berdi. Yorug‘likning difraksiya va interfraksiya
xususiyati orqali uning to‘lqin xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatsa,
foton elektrik effekti uning zarra xususiyatiga ega ekanligini ochib
berdi. Ikki-bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar sintezi natijasida bu
nazariyaning kamchiligi bartaraf etildi (inkor etildi). Bu nazariya bir
pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi, inson bilimi esa boyidi. Demak, yangilik
eskining negizida paydo bo‘lib, u bilan aloqada bo‘lishidir. Uning
ijobiy tomonlaridan foydalanishi asosida fan mazmuni boyib boradi.
Shunday qilib, falsafaning inkorni inkor qonuni quyidagi umumiy
xususiyatlariga ega:
1.
Inkorni inkor qonuni – tabiat, jamiyat, tafakkur taraqqi-
yotining umumiy, obyektiv xarakterga ega qonunidir.
2.
Dialektikaning inkorni inkor qilish qonuni dunyodagi narsa
va hodisalarning ilgarilab rivojlanishi murakkab jarayonini ifodalash
bilan birga, eskilik bilan yangilik, o‘lib borayotgan narsalar bilan
tug‘ilib kelayotgan narsalar o‘rtasidagi dialektik munosabatlarni
birdan bir to‘g‘ri hal qilib beradi. Bu qonun eski-o‘lib borayotgan
tomonlarni dialektik olib tashlash bilan birga, ularga xos bo‘lgan
ijobiy tomonlarni saqlab qolish zarurligini asoslab beradi.
3.
Inkorni inkor qonuni olamni bilishda tafakkur taraqqiyotida
g‘oyat muhim rol’ o‘ynaydi.
4.
Inkorni inkor qonuni, jamiyat va tafakkur taraqqiyotini
sipiral’ shaklida ilgarilab borishini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |