Ызбекистон Республикаси Давлат соли= =ымитаси


Miqdor va sifat o‘zgarishlari dialektikasi



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/166
Sana15.01.2022
Hajmi4,95 Mb.
#366762
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   166
Bog'liq
Давронов-Фалсафа 2020

 

Miqdor va sifat o‘zgarishlari dialektikasi 

 

Taraqqiyot  haqida  fikr  yuritar  ekanmiz,  unda  miqdor 

o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlarga o‘zaro o‘tish ham amal qiladi. Bu 

qonun  ham  taraqqiyotning  ma’lum  bir  tomonini  o‘zida  aks  ettiradi. 

Qonunning  mohiyati  shundan  iboratki,  predmet  va  hodisalarning 

miqdor, sifatlari o‘rtasidagi  munosabatlarni, miqdor o‘zgarishi sifat 

o‘zgarishiga  qanday  ta’sir  ko‘rsatishini  hal  qilib  beradi.  Moddiy 

olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan sifatiga ko‘ra farq 

qiladi.  Shu  sababli,  sifat,  miqdor,  xususiyat,  me’yor  tushunchalari 

nimalarni ifodalaydi? Avvalo, shularga e’tiborni qaratamiz.  

Moddiy dunyoda ma’lum sifatga ega bo‘lmagan biror narsa yoki 

hodisa bo‘lishi mumkin emas. Narsa va hodisalarning sifati ularning 




203 

xususiyatlari  orqali  namoyon  bo‘ladi.  Har  bir  narsa  bir  qancha 

xususiyatga  ega.  Narsa  va  hodisalar  xususiyatlarining  yig‘indisi 

ularning sifatini tashkil etadi. Sifat va xususiyat o‘zaro teng bo‘lishi 

mumkin emas. Sifat va xususiyatlarning o‘zaro munosabati ijtimoiy 

jarayonlarni ham qamrab oladi. 

Ijtimoiy hayotda ham miqdoriy jihatdan farq qiladigan sohalar 

ko‘p.  Masalan,  bir  ijtimoiy  formatsiyadagi  ishlab  chiqarish 

kuchlarining  taraqqiyot  darajasini–sanoatining  o‘sishi,  sur’ati, 

darajasi,  mehnat  unumdorligi  bilan  ikkinchisidan  farq  qiladi. 

Shunday  qilib,  narsa  va  hodisalarda  sifat  va  miqdor  muayyanligi 

bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq. Sifatsiz miqdor bo‘lmaganidek, miqdorsiz 

sifat ham bo‘lmaydi. Chunki, ular ayni narsa va hodisalarda ajratib 

bo‘lmas tomonlardir.  

Narsa  va  hodisalarning  miqdor  va  sifati  birligi  me’yor    yoki 

o‘lchov  tushunchasida  ifodalanadi.  Har  bir  narsa  o‘ziga  xos  aniq 

o‘lchov bilan xarakterlanadi. Me’yor narsa va hodisalarning barqaror 

holatini ifodalaydigan har qanday chegarada miqdor o‘zgarishi sifat 

o‘zgarishiga  olib  kelmaydi.  Masalan,  normal  sharoitda  suvning 

o‘lchovi 0 dan 100 darajagacha bo‘lgan harorat hisoblanadi. Agar suv 

100 darajadan keyin ham qaynatilaversa,  uning miqdor va sifat birligi 

buziladi, natijada  suv  bug‘ga  aylanadi.  Yangi  me’yor hosil  bo‘ladi. 

Me’yorning o‘zgarishi natijasida bir sifatning o‘rniga ikkinchi sifat 

vujudga keladi. 

Falsafa  tarixida  birinchi  bo‘lib,  Aristotel  sifat  kategoriyasini 

o‘rgangan. U «Kategoriyalar» asarida sifat tufayli narsalarning bir - 

biriga  o‘xshash  yoki  o‘xshash  emasligini,  biri  ikkinchisiga 

aylanishini dialektik asosda yondoshish orqali ta’riflangan. 

Miqdor  o‘zgarishining  tub  sifat  o‘zgarishlariga  o‘tish  qonuni 

obyektiv  xarakterga  ega.  Miqdoriy  o‘zgarishlar  ma’lum  chegarada 

sifatning barqarorligiga ta’sir etmaydi. Miqdor o‘zgarishi chegaradan 

chiqishi bilan sifatning barqarorligi buziladi, natijada sifat o‘zgarishi 

sodir bo‘ladi, eski sifat yo‘qolib yangi sifat paydo bo‘ladi. Bu ayni 

miqdor  o‘zgarishlarining  sifat    o‘zgarishlariga  o‘tishidir.  Bu  qonun 

tabiat,  jamiyat  va  tafakkur  taraqqiyotida  amal  qiladi.  Masalan,  ikki 

atom  vodorod  bilan  bir  atom  kislorod  birikmasi  suv  molekulasini 

tashkil  etadi.  Agar  ikki  atom  vodorod  bilan  ikki  atom  kislorod 

birikmasini hosil qilsa, u holda vodorod pereoksidini hosil qiladi. 




204 

Miqdor  o‘zgarishlarining  sifat  o‘zgarishlariga  o‘tish  qonuni 

ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida  namoyon  bo‘ladi.  Gegel 

o‘zining  «Logika»sida  sof  miqdor  o‘zgarishlarining  ma’lum  bir  

bosqichida  sifat  darajasiga  aylanishini  ko‘rsatib  bergan.  Aslida  bu 

holat  jamiyatda ham tasdiqlanadi. 

Jamiyatda  yangi  sifatning  paydo  bo‘lishi  muayyan  miqdor 

o‘zgarishlari  zaminida,  eski  sifat  doirasida  miqdor  shart-sharoitlari 

pishib  yetilgach,  sodir  bo‘ladi.  Masalan,  eski  formatsiyadan  yangi 

formatsiyaga  o‘tish  kishilik  jamiyati  tarixida  tub  sifat    o‘zgarish 

hisoblanadi.  Bu  qonun  tafakkur  taraqqiyotiga  ham  oid.  Masalan, 

ijtimoiy  ong  shakllaridan biri  bo‘lgan  falsafa fanining  taraqqiyotini 

olib ko‘rishimiz mumkin. Falsafaning har bir taraqqiyot bosqichida 

to‘plangan  bilim-miqdor  o‘zgarishlari  bo‘lmasa,  sifat  o‘zga-

rishlari, ya’ni ta’limotlar kelib chiqmas, sifat  o‘zgarishi bo‘lmas 

edi. Demak, bunda ham miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga 

o‘tishini ko‘rdik. Sifat  o‘zgarishlari ham miqdor o‘zgarishlariga 

o‘tadi. 


Obyektiv 

voqelikda 

faqat 

miqdor 


o‘zgarishlari  sifat 

o‘zgarishlariga olib kelmay, shu bilan birga sifat o‘zgarishlari ham 

miqdor  o‘zgarishlarga  olib  keladi,  vujudga  keladigan    yangi  sifat 

ko‘rsatkichlari  rivojlanadi. 

Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishining o‘ziga 

xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular: 

1.

 

 Miqdor  o‘zgarish  doimo  yuz  berib  turadi,  lekin  sifat 



o‘zgarishiga o‘tish ma’lum davrda boshlanadi; 

2.

 



 Miqdor  o‘zgarishlari  ma’lum  vaqtgacha  predmetga  ta’sir 

ko‘rsatmaydi, masalan, suv 0 dan 100 darajagacha haroratda suyuqlik 

holatini  yo‘qotmaydi.  Har  qanday  miqdor  o‘zgarishining  sifat  

o‘zgarishiga o‘tishi uchun ma’lum sharoit bo‘lishi kerak; 

3.

 

 Miqdor  o‘zgarishlari  asta-sekin,  sifat  o‘zgarishi  esa  tez, 



ayrim holatda keskin yuz beradi; 

4.  Sifat  o‘zgarishi  miqdor  o‘zgarishiga  nisbatan  tub  o‘zgarish 

hisoblanmaydi. 

Masalan,  XIX  asrda  bel’giyalik  olim  de  Friz  biologiyada 

o‘simlik  va  hayvonot  olamida  bir  tur  o‘rniga  yangi  turning  kelib 

chiqishi  to‘satdan  mutatsiya  usulida  portlash  orqali  sodir  bo‘ladi 




205 

deydi.  Taraqqiyotni  faqat  miqdor  o‘zgarishidan  iborat  jarayon  deb 

qarash ham noto‘g‘ri.  

Taraqqiyot  o‘zaro  dialektik  bog‘langan  miqdor  o‘zgarishlari 

bilan  sifat  o‘zgarishlaridan  iboratdir.  Miqdor  o‘zgarishlari  sifat 

o‘zgarishlarini  tayyorlasa,  sifat  o‘zgarishlari  o‘z  navbatida  miqdor 

o‘zgarishlariga olib keladi.  

Biz endi bir sifatdan ikkinchi sifatga o‘tishning umumiy shakli 

bo‘lgan sakrash nima, degan savolga javob beraylik. 

Predmet  va  hodisalarning  bir  sifat  holatidan  ikkinchi  sifat 

holatiga o‘tishi dialektik sakrash shaklida amalga oshadi. Sakrash bir 

sifatdan boshqa bir sifatga o‘tishining qonuniy shakli hisoblanadi. U 

taraqqiyot  jarayonidagi  tasodifiy  hodisa  emas,  balki  predmet  va 

hodisaning ichki mohiyatidan zaruriy ravishda vujudga keladi.  

Sakrash nima? Sakrash ma’lum bir predmet yoki hodisalarning 

bir  sifat  holatidan  ikkinchi  sifat  holatiga  o‘tishi,  uzluksiz 

taraqqiyotining  uzilish  davridir.  Masalan,  materiya  harakatning  bir 

shaklidan  ikkinchi  shakliga  o‘tishi  noorganik  tabiatning  organik 

tabiatga  o‘tishi,  organik  dunyoda  hayvonlar  va  o‘simliklarning  bir 

turdan ikkinchi turga o‘tishi kabilarning hammasi sakrash natijasida 

vujudga  keladi.  Kishilik  jamiyati  taraqqiyotida  bo‘ladigan  ijtimoiy 

inqiloblar  ham-sakrash.  Sakrash  bir  sifatdan  ikkinchi  sifatga  o‘tish 

qonuniyati bo‘lishi bilan uning nisbiy tomoni ham bor. Sakrash biror 

predmet  va  hodisaga  nisbatan  bo‘lsa,  ikkinchisiga  nisbatan  sakrash 

bo‘lmasligi mumkin. 

Sakrash  ilg‘or  kuchlar    g‘alabasi  va  konservativ  kuchlar halo-

katini anglatadi. Demak: 

1)

 



Sakrash  taraqqiyot  jarayonidagi  obyektiv  qonuniy  jara-

yondir;  

2)

 

Sakrash uzluksizlik uzilishi holatidir; 



3)

 

Sakrash  eski  qarama-qarshiliklarning  tugatilishi  va  yangi 



sifatga mos keladigan qarama-qarshiliklarning vujudga kelishidir; 

4)

 



Sakrash ilgarilab borishdir.  

Sakrashlar  turli  shaklda  sodir  bo‘ladi.  Har  bir  narsa  va  hodisa 

o‘zining muayyan sakrash shakliga ega. Sakrash shiddat bilan yoki 

bir  muncha  sekin  sodir  bo‘lishi  mumkin.  Ijtimoiy  hayotda  sakrash 

portlash yo‘li bilan sodir bo‘ladi.  



206 

Tabiat va jamiyatdagi sakrashlar bir-biridan o‘z holati bilan farq 

qiladi. Tabiatdagi sakrashlar kishi irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda, 

stixiyali  ravishda  vujudga  keladi.  Tabiatdagi  sakrash  sifat 

o‘zgarishlari inson irodasiga, xohishiga bog‘liq bo‘lmasa ham, inson 

tabiatdagi bu jarayonga ta’sir etishi, uni tezlashtirishi, undan jamiyat 

manfaatlari uchun foydalanishi mumkin. Jamiyatdagi sakrashlar esa 

kishilar  tomonidan  obyektiv  zaruriyatlarni  bilish  natijasida 

tayyorlanadi  va amalga oshiriladi.  

Sakrashlar xarakteri rivojlanayotgan predmetning tabiati, uning 

boshqa  hodisalarga  bo‘lgan  munosabati  natijasida  vujudga  keladi. 

Demak,  tabiatda  sakrash  portlash  yo‘li  bilan  yoki  asta-sekin  yangi 

sifat  elementlarining  yuzaga  kelishi  orqali  yuz  beradi.  Masalan, 

kimyoviy  moddalar  portlash  natijasida  o‘z  tabiatini  o‘zgartiradi. 

Ijtimoiy  hayotda  portlash  asta-sekinlik  bilan  bir  sifatdan  ikkinchi 

sifatga  o‘tishi  mumkin.  Tabiatda  asta  sekinlik  bilan  bo‘ladigan 

sakrashga,  masalan  o‘simliklar  va  tabiatda  hayvonot  olamidagi 

turlarning kelib chiqishini misol qilib olishimiz mumkin. 

Taraqqiyotning evolyutsion shakli predmet va hodisalarda yuz 

beradigan  miqdoriy  o‘zgarishlar  bilan  belgilanadi.  Evolyutsion 

taraqqiyotda  asta–sekin  miqdor  o‘zgaradi.  Evolyutsion  taraqqiyotda 

predmet va hodisalarda ichki o‘zgarishlar yuz berishiga qaramay ular 

o‘z mohiyatini  asta sekinliklar bilan o‘zgartiradilar.  

Rivojlanishning revolyutsion shakli esa predmet va hodisalarda 

yuz  beradigan  sifat  o‘zgarishlari  bilan  ifodalanadi.  Rivojlanishning 

revolyutsion  shakli  evolyutsion  shakliga  nisbatan  tez  sakrash 

xususiyatiga ega.  

Rivojlanishning  evolyutsion  shakli  revolyutsion  shaklidan  o‘z 

xususiyati va natijasi bilan farqlanadi. Bu taraqqiyot shakllari bir-biri 

bilan o‘zaro dialektik munosabatda bo‘ladi. 

Bozor  munosabatlariga  o‘tish  davrida  sifat  o‘zgarishlariga 

o‘tish  siyosiy  revolyutsiyalarsiz,  asta-sekinlik  bilan  sodir  bo‘ladi. 

Yangi  bilan  eski  orasidagi  kurash  ijtimoiy  hayotning  barcha 

sohalarida  voqe  bo‘ladi.  Ba’zida  evolyutsiya  revolyutsiyani 

tayyorlaydi.  Shuning  uchun  ham  rivojlanishning  evolyutsion  va 

revolyutsion  shakllarini  bir-biridan  ajratib  bo‘lmaydi.  Chunki, 

revolyutsion  o‘zgarishlar  evolyutsion  o‘zgarishlar  asosida  sodir 



207 

bo‘ladi,  revolyutsion  o‘zgarishlar  kelgusi  evolyutsion  o‘zgarish 

uchun zamin tayyorlab beradi. 

Revolyutsiya  -  bir  sifat  muayyanligidan  ikkinchi  sifat  muay-

yanligiga  o‘tish  demakdir.  Evolyutsiya  va  revolyutsiya  o‘rtasidagi 

munosabat  faqatgina  miqdor  o‘zgarishlarini  o‘z  navbatida  sifat 

o‘zgarishlariga olib borishdangina iborat bo‘lmay, yangi sifatga mos 

bo‘lgan yangi miqdor o‘zgarishlarini ham vujudga keltiradi. 

Taraqqiyot–evolyutsion o‘zgarish bilan revolyutsion o‘zgarish-

larning zaruriy birligidir.  

Miqdor – o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni fan 

va  texnika  uchun  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Bu  qonundan  muhim 

ahamiyatga ega bo‘lgan metodologik qoidalar kelib chiqadi. Predmet 

va hodisalarning sifat  o‘zgarishiga oldingi miqdor o‘zgarishlar sabab 

bo‘ladi,  binobarin  jamiyatda,  ijtimoiy  hayotda,  yangi  sifat 

o‘zgarishlariga  olib  keladigan  miqdor  o‘zgarishlar  yig‘indisini 

tezlashtiradigan zarur sharoitni tayyorlamoq zarurdir.  

Iqtisodiyotni intensiv rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, fan-texnika 

taraqqiyotini  jadallashtirish  sohasidagi  aniq  ish,  ijtimoiy  ishlab 

chiqarishning  har  bir  qismini,  shu  jumladan  aniq  ish  joyini  topib 

berish,  xodimlarni  attestatsiyadan  o‘tkazish  kabilardir.  Bu  o‘rinda 

gap,  iqtisodiyotning  keng,  yetakchi  tarmoq  bo‘lishi,  sanoatdagi 

ishlarni  tubdan  yaxshilash  haqida  bormoqda.  Demak,  bir  sifatdan 

ikkinchi sifatga o‘tish masalasi amalga oshiriladigan bo‘lsa, sakrash 

sharoiti diqqat bilan o‘rganilishi, aniqlanishi zarur. 

Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tishi–ikki payt-

miqdor  va  sifat  o‘zgarishini  uyg‘unlashtirib  olishi  kerak.  Shuning 

uchun  bu  qonun  taraqqiyotning  oddiydan  murakkabga,  quyidan 

yuqoriga  qarab  borishini  ta’minlab,  bir  bosqichdan  ikkinchi 

bosqichga  o‘tishini  ifodalaydi.  Bu  qonun  fan  taraqqiyotida 

metodologik ahamiyatga ham ega bo‘lgan qonundir.  

 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish