Amaliy mashg’ulot O’zbek xalq shevalarining leksikasi O`zbek shevalarining leksik qatlamlari: keng va tor qatlam. Darsning maqsadi: O’zbek xalq shevalarining so’z boyligi, shevalararo murakkab o’ziga xos xususiyatlari shevashunos olimlarning fikrlariga suyanib (E.D.Polivanov, A.K.Borovkov, G’.Olim,F.Abdullayev qarashlari asosida) talabalarga atroflicha ma’lumot berish. Shevalarning boshqa turkiy tillardan ajralib turuvchi tomonlarini talabalar ongiga singdirish.
Identiv o’quv maqsad: 1.1.O’zbek tilining shevalararo farqli xususiyatlarini bilib oladi.
1.2.O’zbek shevalarining bir-biridan farq qiluvchi leksik xususiyatlarini misollar orqali isbotlaydi.
1.3.Shevalararo leksik farqlar xaritsini tuzadi.
1.4.Xalq shevalaridan misollar yig’adi va adabiy til bilan solishtiradi.
Ishni bajarish tartibi: 1.»O’zbek dialektologiyasi» darsligidan o’zbek shevalariaro farqlovchi so’zlarni aniqlash va amaliy mashg’ulot darslarida ishlab chiqish.
2.Shevalararo farqlanuvchi so’zlarni adabiy normadagi so’zlar bilan solishtirish.
3.Adabiy tilga kiritish lozim deb topilgan so’zlar turkumini aniqlab, kartotekalarga tushirish.
4.O’zbek shevalari leksikasiga aloqador adabiyotlar bilan tanishish va ular ro’yxatini to’plash.
kartotekasini (100) so’zdan iborat) tuzib ko’rsatish.
5.O’rta qatlam va tor leksik qatlamga mansub so’zlarni leksikografik adabiyotlardan aniqlash.
6.«O’zbek tilining izohli lug’ati» dan tor leksik qatlamga mansub so’zlarni kartochkalarga tushurish.
2.5.Har bir talaba o’zi yashayotgan hududdan imkon darajasida tor qatlamga mansub so’zlarni kartochkalarga yozib kelishni tavsiya etish.
Mustaqil ish topshiriqlari: 1-topshiriq 1.1.Shevalararo farqlanuvchi so’zlarni adabiy normadagi so’zlar bilan solishtirish.
1.2.Adabiy tilga kiritish lozim deb topilgan so’zlar turkumini aniqlab, kartotekalarga tushirish.
1.3.O’zbek shevalari leksikasiga aloqador adabiyotlar bilan tanishish va ular ro’yxatini to’plash.
2-topshiriq 2.1.Amaliy mashg’ulotlar uchun keng qatlamga aloqador so’zlar kartotekasini (100) so’zdan iborat) tuzib ko’rsatish.
2.2.O’rta qatlam va tor leksik qatlamga mansub so’zlarni leksikografik adabiyotlardan aniqlash.
2.3.«O’zbek tilining izohli lug’ati» dan tor leksik qatlamga mansub so’zlarni kartochkalarga tushirish.
3-topshiriq 3.1.O’zbek tiliga arab tilidan o’zlashgan so’zlarning tarixiy sabablarini chuqur ilmiy tahlil qilish.
3.2.Asrimizning 80- yillarigacha rus tili va u orqali o’zlashgan so’zlarning ko’paya borishi, 90-yillardan so’ng ruscha so’zlar o’rniga paydo bo’lgan arxaik-neologik so’zlar haqida mulohazalar bildirish.
3.3.Sheva va adabiy til munosabati haqida har bir talabaning shaxsiy fikrini eshitish.