Ызбек диалектологияси


Lingvistik geografiyaning jahon tilshunosligida paydo bo’lishi. Evropa tilshunosligida tuzilgan eng muhim atlaslar



Download 2,04 Mb.
bet14/117
Sana14.04.2022
Hajmi2,04 Mb.
#551190
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua (1)

Lingvistik geografiyaning jahon tilshunosligida paydo bo’lishi. Evropa tilshunosligida tuzilgan eng muhim atlaslar.
O’qituvchining maqsadi: Xalq shevalarini lingvogeografik usul asosida o’rganishning jahon tilshunosligida boshlanishi, uning namoyondalari haqida talabalarga tushuncha berish. Evropa va boshqa hamdo’stlik mamlakatlari tilshunoslari tomonidan lingvistik atlaslarni nomma-nom talabalarga sindirish.
Identiv o’quv maqsadi
2.1.Evropa va jahon tilshunosligida dialektlarni lingvogeografik usul asosida o’rganish istiqbolli ekanligini anglaydi.
2.2.Jahon tilshunosligidagi lingvogeografik usul asoschilarini bilib oladi.
2.3.Tilshunoslikda eng muhim dialektologik atlaslarning borligini isbotlaydi.
Lingvistik geografiya XIX asrning o’rtalarida, dialekt va ularning xususiyatlari to’g’risida etarli faktik materiallar to’plagan joylarda paydo bo’ladi. Bu fan bo’yicha olib borilgan birinchi tajribalar – tilni bu yangi metod orqali o’rganish qanchalik istiqboli ekanligini ko’rsatadi.
Lingvistik geografiya asoschilarining fikricha bu metod tilshunos olimlarga yangi faktlar beradi, o’z davriga turg’un bo’lib qolgan (masalan, dialektning mohiyati, shevalar orasidagi o’zaro munosabatlarning xarakteri haqidagi) tushunchalarni yangicha baholashga, yangicha tahlil qilishga da’vat etadi.
Tilshunoslikdagi bu yangi yo’nalishga, dialektologik fikrning keyingi taraqqiyotiga Evropa lingvo-geograflarning belgili xizmatlari bor.
Lingvistik geografiyaning asoschilari: Frantsiyada Jan Jileron, Germaniyada Georg Venker, F.Vrede, P.Meyer, Rossiyada I.I.Sereznevskiy…
Mazkur olimlarning asarlari tufayli lingvistik geografiyaning fan sifatida asosiy o’rni, predmeti va vazifalari belgilanadi.
Lingvistik geografiya metodi bilan shevalarni o’rganish Ukraina va Belorussiyada ham yaxshi rivojlangan bo’lib, bu respublikalarda shevalar atlasini tuzish tugallandi va nashr etildi.
Biror til va dialektga xos xarakterli lingvistik xususiyatlarning tarqalish chegarasini aks ettirgan albom yoki kitob shaklida nashr qilingan kartalar yig’indisi dialektologik atlas deyiladi.
Dialektologik atlaslar biror xalq tili va xalq tarixini, uning millat bo’lib shakllanishini o’rganishda alohida ahamiyatga ega bo’ldi.
Dialektologik atlaslarning dastlabki namunalari X1X asrning oxiri XX asrning boshlarida yaratilgan. 1821- yilda K.de Monbre tomonidan tuzilgan frantsuz shevalari chegaralarini belgilovchi karta Frantsiya qirollik jamiyatiga taqdim qilinadi. 1823- yilda D.Mine o’zining lingvistik karta tuzish g’oyasini oldinga suradi. Evropada tuzilgan eng muhim dialektologik atlaslar quyidagilar: Venker va Vredelarning «Nemis tili atlasi» (1876-1926-yillar mobaynida yaratilgan); Margburgdagi nemis dialektologiyasi markaziy instituti nashr etgan «Nemis leksikologik atlasi», J.Jileron va E.Edmonning 12 jildli «Frantsuz tili atlasi» (1902-1912- yillar mobaynida yaratilgan), Yaberg va Yudning 8 jildli «Ital’yan-shveytsar atlasi» (1928-1940- yillar mobaynida yaratilgan).
Rossiyada lingvistik geografiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi I.I.Sereznevskiy nomi bilan bog’liq. I.I.Sereznevskiy o’tgan asrning 50 yillaridayoq bu sohani o’rganishni asosiy vazifa qilib qo’ydi. Rus lingvistik geografiyasining keyingi X1X asrning oxiri XX asr boshlaridagi taraqqiyoti akad. A.I.Sobolevskiy va akad. A.A.Shaxmatov nomi bilan bog’liq. A.Shaxmatov o’z tekshiruvlari bilan lingvistik geografiya taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shibgina qolmay, bu sohada ilmiy tadqiqot ishlarini ham tashkil etdi.
Keyinchalik rus shevalarini lingvo-geografik metod bilan o’rganishda akad. Korsh boshchiligidagi Moskva dialektologik komissiyasi katta ishlar qildi. 1935 yilda SSSR Fanlar akademiyasi «Rus tili atlasi»ni tuzishga kirishdi. Bu davrda tilshunoslardan B.A.Lapin, F.P.Filin bosh bo’lgan dialektologlar gruppasi mazkur atlasni yaratish plani, so’roqliligini tuzdilar va atlas uchun material to’plash ishlariga rahbarlik qildilar.
1944- yilda R.I.Avanesov va B.P.Filin boshchiligida «Rus dialektologik atlasini tuzish bo’yicha materiallar to’plash programmasi»ni yaratdilar. 1951- yilda «Moskva sharqidagi markaziy oblastlar rus xalqi shevalari atlasi»ni 1952- yilda «Shimoliy-g’arbiy viloyatlar rus xalqi shevalari atlasi»ni tuzib tugatdilar va 1957- yilda nashr etildi. Bularning har qaysisi o’z hajmi bilan chet ellardagi eng katta milliy atlaslarga teng bo’lib, rus tili va xalqi tarixi, millatning shakllanishini o’rganish uchun qimmatli material bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda barcha rus tili shevalari bo’yicha material to’plash, to’plangan materiallarni kartalashtirish tugallandi.
Lingvistik geografiya metodi bilan shevalarni o’rganish Ukraina va Belorussiyada ham yaxshi rivojlangan bo’lib, bu respublikalarda shevalar atlasini tuzish tugallandi va nashr etildi.
MDH da tuzilgan eng muhim dialektologik atlaslar – «Moskva sharqidagi markaziy oblastlar rus xalqi shevalari atlasi» (1957 - yili nashr etilgan), «Shimoliy - g’arbiy oblastlar rus xalqi shevalari atlasi» (nashrga tayyorlangan) va respublikalarda nashr etilgan «Ukrain tili xalq shevalari atlasi», «Belorus tili xalq shevalari atlasi» va boshqalar mavjud.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish