O’zlashgan qatlam. O’zlashgan qatlam nafaqat adabiy tilda, balki lahjalarda ham anchagina bo’lib, ba’zan ularni aniq qaysi qatlamga tegishliligini aniqlash ham qiyin. Hozirgi o’zbek adabiy tili va shahar guruh shevalarida shunday o’zlashgan so’zlar mavjudki, ular xuddi o’z qatlamiday bo’lib ketgan. Masalan, məl (Toshkent, Farg’ona), adabiy imloda mol (arabcha), mъxnet (Toshkent) adabiy imloda mehnat (arabcha),g’em(Toshkent),g’am(Farg’ona) (arabcha), zerъl (Toshkent) adabiy imloda zarur(arabcha), əzъz(Toshkent, Farg’ona), adabiy imloda aziz(arabcha),’nag’əm(Toshkent), adabiy imloda in’om (arabcha), juvop (Toshkent, Farg’ona) adabiy imloda javob (arabcha), q’mat (Toshkent), adabiy imloda qimmat (arabcha), nəxt (Toshkent), adabiy imloda naqd (arabcha) , dərəx (Toshkent) , daraq- darax (Andijon, Farg’ona) , adabiy imloda daraxt (tojikcha) tez (Toshkent, Andijon, Farg’ona), adabiy imloda tez (tojikcha) bechərə (Toshkent) adabiy imloda bechora (tojikcha), shəhər - shəər-shə:r (Toshkent), adabiy imloda shahar (tojikcha ), dos (Toshkent), adabiy imloda do’st (tojikcha) nərx (Toshkent),nəx (Andijon), adabiy imloda narx (tojikcha).
O’zbek xalqi tojik xalqi bilan juda uzoq vaqtdan buyon yaqin munosabatda bo’lganligi sababli o’zbek tiliga tojik tilidan juda ko’p so’zlar o’zlashgan. Shahar guruh shevalarda ism guruhida va ravish turkumida arabcha so’zlar anchagina. Masalan: Toshkent shevasida əvəz (adabiy imloda ovoz) əyne (adabiy imloda oyna ),əgə (adabiy imloda ogoh) ərəm (adabiy imloda orom) ,ərz’ (adabiy imloda orzu), əptəv (adabiy imloda oftob) va boshqalar.
Shevalar bir-biri bilan nafaqat fonetik, morfologik, balki leksik jihatidan ham ba’zan farqlanadi. Qiyoslang:
Toshkent shevasida Samarqand shevasida Farg’ona shevasida
chəqələ: chaqaloq buvək
much(‘)chə mus’cha m’s’əchə
gər’mdor’ qalampur qalamp’r
o’g’’r o’g’ur kel’
Nazorat topshiriqlari
1.Lahjaning leksik xususiyatlari haqida fikr yuritishga harakat qiling (kategoriya-idrok).
2.Qavm-qarindoshlik atamalarini o’z shevangiz va adabiy til bilan qiyoslab sharhlang (kategoriya-idrok).
3.Kasb-hunar leksikasini o’z shevangiz va adabiy til bilan qiyosan izohlang (kategoriya-idrok).
4.Lahjadagi o’z qatlamni izohlang.
5.O’zlashgan qatlam haqida fikr yuriting. O’zlashish sababini tushuntirishga harakat qiling.
6.Lahjaga o’zlashgan arabcha so’zlarni adabiy til bilan qiyoslab izohlang (kategoriya-idrok)
7.Tojik tilidan o’zlashgan so’zlarni adabiy til bilan qiyosan sharhlang (kategoriya-idrok).
Do'stlaringiz bilan baham: |