Seminar mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha
ko’rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqilada.Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy mashg’ulotlarni amalga oshirish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular asosida ifodali o’qishni amalga oshirish, o’tilgan mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash.
Seminar mashg’ulot mavzulari:
1.Dialektlarni o’rganish usullari. (2-soat)
2.Ona tili o’qitish jarayonida bu fanning ahamiyati. (2-soat)
3.I. I. Zarubin va K. K. Yudaxin tasniflari. (2-soat)
4.E.D.Polivanov va G’ozi Olim Yunusov tasniflari. (2-soat)
5.A. K. Borovkov tasnifi. V. V. Reshetov tasnifi. (2-soat)
6.O’zbek tilining qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi. (2-soat)
7.O’zbek tilining qipchoq lahjasi. (2-soat)
8.O’zbek tilining o’g’uz lahjasi. (2-soat)
[A2.9-16; A3.6-12; A7.3-7; Q4.6-16; A12 6-24; A13.6-10]. [A2.17-36; A3.13-38; A7.10-19; Q4.17-30; ].
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabalarning ma’ruza, amaliy mashg’ulotlariga tayyorlanib kelishi va o’tilgan materiallarni mustaqil o’zlashtirishlari uchun kafedra o’qituvchilari tomonidan ma’ruza matnlari ishlab chiqilgan, har bir talabaga ushbu materiallardan foydalanish tavsiya etaladi.
Talabaning fanni mustaqil tarzda qanday o’zlashtirganligi joriy, oraliq va yakuniy nazoratda o’z aksini topadi. Shu sababli reyting tizimida mustaqil ishlarga alohida ball ajratilmaydi, ular JN, ON va YaN lar tarkibiga kiritilgan.
Mustaqil uchun fan bo’yicha jami 42 soat ajratilgan.
Ushbu soatlar taxminan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
ma’ruza konspektini o’qib tayyorlanish – 20 soat.
amaliy mashg’ulotlar bo’yicha uy vazifalarini yechish – 12 soat.
kollokviumga tayyorgarlik ko’rish, hisobotni tayyorlash – 10 soat.
Amaliy mashg’ulotlarda nazariy bilimlar mavzuga oid masalalar yyechish orqali mustahkamlanadi. O’zbek dialektologiyasi fanini chuqur o’zlashtirish uchun talaba fanning har bir bo’limini mustaqil o’rganishi va transkriptsiya asosidagi matnlarni tahlil qilishi ularni adabiy til bilan qiyoslashi va shu orqali mustahkamlashi zarur.
Qoldirilgan darslarni topshirish uchun talaba dars materialini tayyorlab kelishi va o’qituvchining og’zaki suhbatidan o’tishi zarur. Qoldirilgan ON va YaN lar belgilangan tartib bo’yicha topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |