Iymon qo'shigi



Download 1,77 Mb.
bet8/70
Sana21.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#396379
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Bog'liq
avi word1

С 1.9Л Avtomobillarni ta'mirlash korxonalarining ^ tarkibi

Avtomobillarni ta'mirlash korxonasining tarkibi uning tasdiqlangan nizomi asosida belgilanadi. Ta'mirlash ishlari turining ko'pligi va unga xos bo'lgan tashkiliy struktura to'liq komplektli avtomobilni seriyali tubdan ta'mirlash korxonasi uchun xosdir.

Avtomobillarni ta’mirlash korxonasining ishlab chiqarish bo'limlarini ko'rib chiqamiz.

Qismlarga ajratish sexi tarkibiga quyidagi uchastkalar kiradi:



  • qismlarga ajratish-yuvish uchastkasi (unda avtomobil qisman qismlarga ajratiladi va qismlarga ajratilgan avtomobil agregatlari dastlabki va yakuniy yuviladi);

  • detallarni yuvish va tozalash uchastkasi:

  • nazorat-saralash uchastkasi (unda dctallar yaroqli, ta'mir- lanadigan, yaroqsiz guruhlarga ajratiladi va ularni ta'mirlash yo'nalishi belgilanadi). Sexda ta'mirlanishi kerak bo'lgan detallarni hisobga olish va saqlash omborxonasi hamda detallar partiyasini ta'mirlash yo'nalishlari bo'yicha koniplcktlash ham nazarda tutiladi.

Yig'ish scxi koniplcktlash va chilangarlik-moslash ucliast- kalaridan iborat:

  • unda yig'ma gurulilar uchun detallar tanlanadi, detal juftliklari guruhlab yig'ish va chilangarlik-moslash ishlari uchun komplektianadi;

  • agregat yig'ish uchastkasida barcha agregatlar yig'iladi, sinaladi va bo'yaladi. Ulardan motor istisno;

  • motorlarni ta'mirlash uchastkasida motorlar yig'iladi, sinaladi va bo‘yaladi;

  • ramalarni ta’mirlash uchastkasida ular qismlarga ajratiladi, qaytndnn parchinlanadi va bo'yaladi;

  • avtomobillarni yig'ish uchastkasida avtomobilni agregat- lardan yig'ish amalga oshirilndi;

  • rostlash uchastkasida avtomobillar sinaladi va unda aniqlangan nosozliklar bartaraf etiladi;

  • miskarlik-radiator uchastkasida radiatorlar, yonilg'i baklari va truboprovodlar ta’mirlanadi;

  • shinani ta’mirlash va yig'ish uchastkasida g'ildiraklar, shinalar va kamcralar ta'mirlanadi, g'ildiraklar muvozanatlantiriladi va bo'yaladi;

  • elektr jihozlarini ta'mirlash uchastkasida avtomobillaming elektr agregatlari, elektr asboblari, clcktr simlari ta'mirlanadi;

  • yonilg'i bilan ta’minlash tizimi asboblarini ta’mirlash uchastkasida yonilg'i nasoslari, karburatorlar, forsunkalar ta'mir­lanadi;

  • akkumulatorni ta'mirlash uchastkasida akkumulatorlar batareyasi ta'mirlanadi va zaryadlanadi.

Kuzov sexida quyidagi uchastkalar niavjud:

  • yog'ochga ishlov berish uchastkasi, unda yog'och platformalar yasash uchun yog'och quritiladi va unga ishlov beriladi;

  • yog'och platformalarni ta’mirlash uchastkasi;

  • metall platformalarni va samosval avtomobillaming kuzov- larini la'mirlash uchastkasida metall platformalar va kuzovlar tozalanadi, ta'mirlanadi va bo'yaladi;

  • tunukachilik va armatura-chilangarlik uchastkasida avtomobiining qanotlari, kabina eshiklari, kabina armaturasi, brizgoviklar payvandlanadi va polimcr materiallari bilan ta'mirlanadi, bo'yashga tayyorlanadi;

  • bo'yash uchastkasida kabina, barcha kuzov dctailari va qismlari bo'yaladi;

  • tikuvchilik uchastkasida avtomobiining yostiqchalari, o'rindiq suyanchiqlari va kabinaning ichki qoplamalari ta'mirlanadi.

Dciallarni ta’mirlash va yasash sexi larkibiga quyidagi uchast­kalar kiradi:

  • temirchilik-ressor sexida osmaning elastik elcmcntlari ta'mirlanadi va undagi qoldiq dcformatsiyalarbartarafcliladi, boshqa qismlarnmg dctallari plastik deformatsiyalash usuli bilan ta'mirlanadi;

  • payvandlash uchastkasida dctallar payvandlashning turli xillari qo'llanilib ta'mirlanadi;

  • galvanika uchastkasida detallarni galvanik uslub bilan o‘lchamlari bo'yicha ta’mirlash va manzarali qoplash ishlari bajariladi;

  • mctallash uchastkasida yeyilgan dctallar suyuqlantirilgan metallni purkash yo'li bilan ta'mirlanadi;

  • detallarni sintetik materiallar qo'llab ta'mirlash uchastkasi;

  • tcrmik ishlov berish uchastkasida detallarga termik va kimyoviy- termik ishlov beriladi;

  • chilangarlik-mcxanika uchastkasida dctallar mexanik va chilangarlik ishlov berish yo'li bilan ta'mirlanadi.

Yordamchi ishlah chiqarish uchastkalari quyidagilardan iborat:

  • asbobsozlik uchastkasi, unda texnologik uskuna va asboblar ishlab chiqariladi va ta’mirlanadi, kesuvchi asboblar charxlanadi. moslama va asboblar saqlanadi va tarqatiladi;

  • bosh mexanikning mcxanika-ta’mirlash bo'limi texnologik uskunalarga va sanitariya-texnik qurilmalarga texnik xizmat ko'rsatish va ta’mirlash hamda standartlashmagan uskunalarni ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan;

  • elcktr uskunalarini ta’mirlash uchastkasi elektr motorlarni va clcktr qurilmalarni, va konipressor tizimlarini ta’mirlaydi va yoritish tarmog'i ustidan qarov olkazadi;

  • ta’mirlash-qurilish uchastkasi suv taming* ign, kanalizat- siyaga, tozalash tizimlariga, binolarga, qurilmalarga va kirish yo'llariga texnik xizmat ko'rsatadi va ta’mirlash ishlarini bajaradi.

Korxonaning umumiy omborxonalari turli matcrinllami va yarim tayyor mahsulotlarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish uchun xizmat qiladi. Korxonaning umumiy ombor xonalariga materiallar va kimyoviy moddalar (ximikatlar), metallar, ehtiyot qismlar, yog'och materiallar, ta’mirlash fondi, tayyor mahsulotlar, yonilg‘i va nioylash materiallari, yaroqsiz materiallar omborxonalari kiradi.

Avtomobillarni ta'mirlash korxonalarida ishlab

chiqarish jarayonlarini tashkil etish asoslari

Avtomobillar va ularning agrcgatlarini tubdan ta'mirlash ishlab chiqarish jarayonini tashkil ctishdagi dastlabki bosqich bo'lib, ta'niirlanadigan obyektlarning turlari va korxonaning qabul qilingan ta'mirlash texnologik jarayonlariga mos keluvcln ishlab chiqarish dasturi hisoblanadi.



Avtomobillarni ta’mirlash korxonasi sharoilida ta’mirlash ishlarini bajarish ning turli xildagi tashkiliy shakllari qo'llaniladi.

Ularga:


  • universal postlarda ta'mirlash;

  • ixtisoslashgan posilarda ta'mirlash;

  • avtomobil va uning agregatlarini oqim (potok) bo'yicha ta’mirlash kiradi.

Agar buyum bo'yicha ishlab chiqarish dasturi uncha katta bo'Imay, ularni tuzilishi jihatidan tanlashning imkoni bo'lmasa, ta'mirlash universal posilarda olib boriladi. Ta'mirlashni tashkil etishning bu shakli juda sodda bo’lib, u, odatda. uncha katta bo'lniagan ustaxonalar sharoitida qo'llaniladi. Bu usulda barcha ta’mirlash ishlari birgina brigada tomonidan boshidan oxirigacha bajariladi. Universal postlarda bo'lniagan, ta’mirlash uchun maxsus uskuna talab etadigan detallar korxonaning maxsus uchastkalariga yuboriladi. Bunday ta'mirlash ning kamchiliklariga avtomobillaming ta'mirlashda uzoq muddat turib qolishi, malakasi yuqori bo'lgan ishclii kuchining talab ctilishi va ta’mirlash narxining balandligi kiradi. Uning ijobiy tomonlariga ta'mirlash ishlarini tashkil etish nisbatan sodda bo'lib, uning sifatiga javobgar bo'lgan shaxsning aniqligi xosdir.

Ta’mirlash dasturi katta bo'lsa, avtomobilni ta’mirlash maxsus postlarda olib boriladi. Ish ni tashkil etishning bunday sharoitida liar bir postda birgina qismning yoki ularning majmuyining ta'mir- lanishi aniqlab qo'yilgan texnologik opcratsiyalar asosida amalga osliiriladi. Ta’mirlashning maxsus postlarda olib borilishi mehnat ununidorligini oshirishga, ishchilarning malakasiga bo'lgan talab- ning pasayishiga va uning hisobiga ta’mirlash qiymatining kama- yishiga olib keladi. lslini bunday shaklda tashkil etish ta’mirlash korxonalarida va yirik avtotransport vositalarini ta'mirlash usta- xonalarida qo'llaniladi.

Ishlab chiqarishni tashkil qilishning eng mukammal va shuning uchun ham keng tarqalgan shakli — oqim bo'yicha (potok usulda) ta'mirlash usuli hisoblanadi.

Oqim bo‘yicha ishlab chiqarishda texnologik vosita jihozlarining joylashishi shunday bo'lishi kerakki, unda texnologik jarayon operatsiyalarining bajarilish ketma-ketligi saqlangan bo'lishi va buyumni ma’luni vaqt intervali bilan ishlab chiqarilishini xaraktcr- lashi lozim. Ishlab chiqarishning bunday shaklida texnologik opcratsiyalar ta'mirlash texnologik jarayoniga mos bo'lgan ketma- ketlikda joylashtirilgan ishchi postlarga belgilab qo'yiladi. Ta'mirlash obyektining siljishi mexanizatsiyalashgan usulda to'xtovsiz yoki mahsulot ishlab chiqarish taktiga mos kcluvchi vaqt oralig'idagi tanaffus bilan harakatlanishi natijasida amalga osliiriladi. Ishlab



chiqarish takti — vaqt oralig'i bo'lib, unda davriy ravishda ma'lum nom va o'lchamda yasalgan buyum yoki zagntovka ishlab chiqiladi. Oqim bo‘yicha ishlab chiqarish ishchi postlardagi barcha ishlar ritmik va sinxron bajarilishini, korxonaning barcha ishlab chiqarish bo'linmalarining aniq va beto'xtov ishlash ini talab etadi. Ishlarni tashkil etishning oqim bo'yicha ta’mirlash shakli, mchnatning eng yuqori unumliligini ta’minlaydi, malakasi yuqori bo'lgan ishchilarni talab etmaydi, shuning uchun ham ta'mirlash tannarxi past bo'ladi.

Ish o‘rinlarini tashkil qilish asoslari

Ish o'rni korxona tarkibining clcmcntar bo'lagi hisoblanib, unda ish ni bajaruvcliilar, texnologik uskunalar, konveycrning bir qismi, moslama va mchnai huyumlari joylashgan bo'ladi. U ishlab chiqarishning birlamchi va asosiy zvenosi hisoblanadi. Ish o'rnini to‘g‘ri tashkil etishning mazmuni unda bajariladigan ishlarning hajmini va xaraktcrini aniqlashdan, yetarli darajada jihozlashdan, maqbul rejalashtirishdan, unga vaqt-vaqti bilan xizmat ko'rsatishdan, qulay va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishdan iborat.

Har bir ish o'rni uchun uning pasporti tuziladi, pasportda baja­riladigan ishning mazmuni, odam-soallarda aniqlangan yillik vazifa, ishning rcjimi va sharoiti, joylashtirilishi, ish o‘rniningjihozlanishi va unga xizmal ko'rsatish hamda ish o'rnida ishlov beriladigan buyumlarni joylashtirish lariibi ko'rsatilgan bo'lishi lozim.

Ish o'rnining jihozlanishi ishni bajarish uchun tasdiqlangan texnik hujjatlar asosida ama ga osliiriladi. U o‘z tarkibiga tashkiliy va texnologik qurilmalarni oladi. Tashkiliy qurilmalar tarkibiga ish jarayonida qo'llaniladigan asboblar. moslamalar, chizma-texnik hujjatlar va ish o'mini tartibga soluvchi jihozlar, saqlash va joylashtirish uskunalari (dastgohlar. asboh shkaflari, shtativlar va boshqalar); ish o'rnida zagotovkalarni, detallarni, qism va agregatlarni vaqtincha saqlash qurilmalari (stellajlar, tagliklar, maxsus idishlar va shu kabilar); qulay ish holatini va xavfsiz mehnat sharoitini ta'minlovchi qurilmalar (ko‘tari!ib-tushadigan stullar, oyoqlar uchun tayanchlar, hinioya ckranlari va ko‘zoynaklari, metall chiqindilarni olib tashlovchi ilgaklar va boshqalar): tozalik va tartibni saqlovchi hamda qulay mehnat sharoiti vositalari (cho'tkalar, supurgilar, xokandozlar, qoldiq va qirindilar uchun idishlar va boshqalar); mahalliy yoritkichlar, mahalliy shamollatish va changni so'rish qurilmalari; buyumlarni opcratsiyalar oralig'ida tashishga mo'ljallangan yuk koMarish va tashish mexanizmlari va qurilmalari (aravachalar, rolganglar, dumalatish uskunalari va boshqalar) kiradi. Tashkiliy qurilmalarning soni va turi ishni to'x- tovsiz, yuqori ish unumi bilan va qulay olib borilishini ta'min- lashi lozim.

Ish o'rnidagi texnologik qurilmalarning soni va turi texno­logik jarayonni bajarish uchun amalga oshiriladigan ishlarning miqdoriga va turiga bog'liq. Texnologik uskuna va qurilmalar tarkibiga olchash, kesish, o'rnatish va yordamchi asboblar hamda texnik hujjatlar kiradi. Ish o‘rnidagi texnologik jihozlash vosilalari ishni bajarish uchun qulay bolgan tartibda, uni topishga va boshqa joyga qo‘yishga ortiqcha vaqt sarflanmaydigan qilib joylashtirilrshi lozim.

Ish joyini yanada mukammallashtirish maqsadida bir yilda ikki ma rot aba ish sharoiti komplcks tahlildan o'tkaziladi. Tahlil natijalari bo'yicha ish o'rnini mukammallashtirish maqsadida tadbirlar ishlab chiqiladi. Ish o'rnini attestatsiyalash rejali tartibda, davriy ravishda, ish o'rnini ilg‘or texnologiya talablariga javob bcrishini baholash va uni mukammallashtirish bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish maqsadida olib boriladi.

Butun texnologik zanjirdagi ish 0‘rinlarini bunday attestat- siyalash ish o'rinlarining jihozlanishini yaxshilanishiga, unda hajariladigan ishlarning hajmini va xarakterini ratsionallashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotning sifatini oshirish va jshchilar sonining kamaytirilishiga olib keladi.






Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish