Iymon qo'shigi


YonilgM filtrlarini ta’mirlash



Download 1,77 Mb.
bet41/70
Sana21.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#396379
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
Bog'liq
avi word1

YonilgM filtrlarini ta’mirlash

Yonilg'i flltrlari uchun xos nosozliklar quyidagilardan iborat: qotirish quloqlarining sinishi, filtrlovchi elementlardagi darzlar, rezbalaming yeyilishi va uzilishi. dag‘al tozalash filtridagi filtrlovchi elementlarning shikastlanishi, korpusining plita va boshqa detallar bilan bo'lgan birikmalarida pachoqlangan va tirnalgan yuzalarning bo'lishi, mayin tozalash filtrining ifloslanishi, filtrlar germctik- ligining buzilishi. Bu nosozliklarning ko'pchitigi tashqi ko'zdan kechirib aniqlanadi.

Filtrning korpusi va qopqog'idagi singan joylar va darzlar gaz yoki elektr yoy yordamida mis-po'lat elektrodlar bilan, detallarni qizitmasdan, payvandlab bartaraf etiladi, so'ng payvandlangan yuzalar yaxshiiab tozalanadi. Darzlarni epoksid smolasi asosidagi yelim bilan ham ta'mirlash mumkin.

Korpus plitasi va qopqog'idagi pachoqlangan va tirnalgan yuzalar silliqlanib va shaberlanib bartaraf etiladi. Ta'mirlashda tushgan dag'al tozalash filtrlarining elementlari kerosin yoki dizel yonilg'isida yuviladi.

Ifloslangan mayin tozalash filtrining filtrlovchi elementlari yangisiga almashtiriladi. Yig'ilgan yonilg'i filtrlari maxsus stendda sinaladi. Dag'al tozalash filtrlari germctiklikka sinaladi, mayin tozalash filtrlari esa germctiklikka va filtrlovchi elementlari gidravlik qarshilikka sinaladi. Mayin tozalash filtrining gidravlik qarshiligi, texnik soz bo'lgan nasosda, yonilg'ini filtr orqali tozalash va filtrsiz o'tish unumi bo'yicha tekshiriladi. Haydovchi nasos ish unumining gidravlik qarshilik hisobiga pasayishi nominal tezlik rcjimida 40% dan ortiq bo'lmasligi lozim.

  1. Yonilg'i haydovchi nasosni ta'mirlash

Porshenli yonilg'i haydovchi nasosda ish unumi va bosim pasayishining asosiy sabablari quyidagilar: porshen va nasos korpusi teshigi orasidagi, turtkich sterjeni va korpus orasidagi tirqishning oshib ketishi; so'rish va chiqarish klapanlari va ular uyalari germetikligining buzilishi: porshen prujinalari elastikligining buzilishi. Ulardan tashqari, porshenli yonilg'ini haydovchi nasosda quyidagi nuqsonlar ham uchraydi: turtkich qismi detallarining yeyilishi, korpus va porshenning yeyilishi. rezbali birikmalarning yeyilishi, sharikli klapan, nasos va silindr porshenining, yonilg'ini qo'lda haydash nasosining, porshen, klapanlar va turtkichlar prujinasi o'lirishi elastikligining buzilishi.

Porshenli nasos detallarini ta'mirlash. Yonilg'ini haydovchi nasos korpusidagi turtkich sterjen teshigi yeyilgan bo'lsa, uni ta’mir o'lchamigacha razvyortkalanadi. Bu tcshikka shu ta’mir o'lchamidagi turtkich sterjen o'rnatiladi. Cho'yan korpusning porshen o'matiladigan teshigi yeyilgan bo'lsa, u ta'mir o'lcha- migacha yo'niladi. Korpusdagi klapan uyalari yuzalarining yeyilishi maxsus freza bilan yeyilish izlari yo'qolguncha ishlov berib bartaraf etiladi. Klapanlaming chekka yuzalarining yeyilish izlari cho'yan plitada yoki mayda donli jilvir qog‘oz bilan ishqalab ta'mirlanadi.

Porshen tashqi yuzasining yeyilishi uning asosiy nuqsoni bo'lib hisoblanadi. U ta'mir o'lchamigacha xromlah ta'mirlanadi. Xromlashdan avval porshenning yeyilish izlari yo'qolguncha silliqlanadi. Po'lat 45 dan ta'mir o'lchamidagi yangi porshen tayyorlash mumkin, porshen yasalgandan so'ng uni toblash va silliqlash lozim. Xromlangan yoki yasalgan porshen va korpusdagi teshik ishqalanadi. So‘ng normal tirqish hosil qilgunclia yana ishqalash kerak.

Yonilg'ini qo'lda haydash nasosining asosiy nuqsonlariga: silindrning porshen bilan birikish yuzasining, porshen zichlov- chisining va sharikli klapan o'rindig‘ining yeyilishi kiradi.

Yonilg‘ini qo‘lda haydash nasosining detallarini ta'mirlash. Silindr ichki yuzasining yeyilishi uncha katta bo'lmasa, uning konussimonligi va ovalligi yo'qolguncha ishqalab silliqlanadi. Porshenning yeyilgan zichlovchi halqasi almashtiriladi. Yonilg'ini qo'lda haydash nasosining ta'mirlash sifati dastlab porshenni silindrning butun uzunligi bo'yicha ohista harakatlantirib tekshiriladi. Nasos yig'ilgandan so'ng, u undan 2 m pastga o'matilgan dag'al I tozalash filtri orqali bakdan yonilg'ini so'ra olishi lozim. Sharikli klapan o'rindig'ining yeyilishi 0,2 — 0,3 MPa bosimdagi havo bilan klapanning zich yotishini tekshirish yo'li bilan aniqlanadi. Agar klapanning zichligi ta’minlanmasa, uning o'rindig'i chckan- kalanadi.

Shesternali yonilg'ini haydash nasosining bosimi va ish unumi pasayishining asosiy sabablari: shesterna cheti va korpus plitasi o'nasidagi tirqish kattalashgan; shesterna tishlari qirrasi va korpus devori orasidagi tirqish kattalashgan; reduksion klapan yeyilgan va prujina elastikligi yo'qolgan. Ulardan tashqari: vtulka o'rindig'i va yetaklanuvchi shesterna o'qi yeyilishi, rezbali birikmalar yeyilishi, darzlar, bronza vtulkalar yeyilishi, detallar tutashish yuzalari pachaqlanishi va tirnalishi, nasos valigi va salnik korpusi yeyilishi mumkin.

Shesternali nasos detallari shesternali moy nasoslari dctallari kabi ta’mirlanadi.

Yonilg'ini haydash nasosi yig'ilgandan so'ng, u xordalanadi va maxsus stendda sinaladi. Sinashda nasosning ish unumi yuritma valigining nominal aylanishlar chastotasida aniqlanadi. Sinash paytida eng katta bosimda, bir minutda besh tomchi yonilg'i sizishiga ruxsat etiladi.

  1. Yonilg'i nasoslarini ta’mirlash

Nasos korpusida quyidagi nuqsonlar uchraydi (4.5- rasm): yuza A va reyka teshigi ning silindrik yuzasi D, turtkich o'q ariqchalari В ning va turtki teshiklari sirti С ning yeyilishi, bolt va shpilka rezbalarining yeyilishi yoki uzilishi, darz ketishlar, o'tqizish tekisliklarining pachaqlanishi.

Yuza A ning yeyilishi ortishi bilan reykaning o‘z-o‘zidan aylanib kctishi jadallashadi. Turtkich o'qining korpusdagi yo'naltiruvchi pazlarining yeyilishi turtkichlarning qiyshayishiga va ular yeyilish jadalligining oshishiga olib keladi. Ko'p hollarda rolik o'qining tishlashib qolishiga ham sabab bo'ladi.

Turtkichni o'rnatish teshigi yuzasining yeyilishi kulachokli valning o'qiga perpendikular tekislikda katta bo'lgani uchun, teshik oval shaklida bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, teshik turtkich birikmasidagi tirqishning ortib ketishiga olib keladi va u turtkich ning taqillashiga sabab bo'ladi. Ayrim hollarda bu nuqson turtkichning tishlashib qolishiga va kulachokli valning yoki rolik o'qining sinib ketishiga olib keladi.

Nasos korpusini ta'mirlash. Yonilg'i nasosi rcykasini o'rnatish teshigining yeyilishini korpusga vtulka o'rnatib. unda profil teshik



4.5- rasm. Yonilg'i nasosi korpusining yeyilishi:


Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish