IYMON KITOBI
5-bob. Ochlarni to’yg’azish islomdandir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamdan so’radilar: ”Qaysi xislatlar islomda eng yaxshidir?”. Aytdilar: ”Ochlarga taom bermog’ing va tanigan tanimaganingga salom bermog’ing”
14-bob. Qayta kofir bo’lmoqni o’tda kuymoqni rad qilgandek rad etmoq iymondandir Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar: ”Quidagi 3 narsa kimda bo’lsa, u iymondan halovat topgusidir:
— kimki Olloh va uning Rasulini boshqalardan yaxshiroq ko’rsa;
— yaxshi ko’rgan kishisini faqat Olloh yaxhsi ko’rgani uchun yaxshi ko’rsa;
— kofirlikka qaytishlikni xuddi o’tga tushgandek yomon ko’rsa”.
25-bob. Munofiqning alomati. Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: Munofiqning uchta alomati bor: so'zlasa yolg'on so'zlar; va'da qilsa, bajarmas; omonatga xiyonat qilur, - deganlar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: Quidagi to'rtta xislat kimda bo'lsa, aniq munofiq bo'lgaydir, kimdaki ulardan bittasi bo'lsa, unit ark etmaguncha munofiqlikdan bir xislati bor ekan, deyiladir:
- omonatga xiyonat qilgaydir;
- so'zlasa, yolg'on so'zlagaydir;
- shartnoma tuzsa, shartida turmagaydir;
- urishib qolsa, kek saqlagaydir va nohaqlik qilgaydir.
ILM KITOBI
13-bob. Ilm o’rganuvchilar uchun ma’lum kunlarni belgilagan kishi to’g’risida. Abdulloh ibn Mas’ud odamlarga payshanba kuni va’z aytar edilar.Bir kishi ularga dedi:”Ey Abdulloh, har kuni va’z aytishingizni juda ham istardim”. Abdulloh dedilar:”Sizlarga malol kelib qolishini istamasligim kunda va’z aytishdan meni qaytaradir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizlarga vaqti-vaqti bilan va’z aytganlaridek,men ham sizlarga vaqti-vaqti bilan va’z ayturmen”.
44-bob. Ulamolarga jim turib quloq solishning ma’qulligi Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Haj-jat ul-Vido’da turganlarida Jarir ibn Abdullohga: «Odamlarni jim qilg‘il, tinglasinlar!»— dedilar. So‘ngra: «Mendan keyin bir-biringizni o‘ldiradigan kofirlar bo‘lib ketmangiz!»—deb qo‘shib qo‘ydilar.
TAHORAT KITOBI
2-bob. Namoz tahoratsiz qabul qilinmag'ay. Rasululloh sallolohu alayhi vasallam :"Tahorati singan kishining, tahorat olmaguncha namozi qabul qilinmag'aydir",-dedilar. Hazramavtlik bir kishi dedi:"EY Abu Hurayra, tahorat sinish degani, nima degani?" Abu Hurayra:"Ovozsiz yoki ovozli yel",-dedilar.
40-bob. Oyoqni tovonigacha yuvmoq Amr ibn Yahyo rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Zayddan Amr ibn Abu Hasan Rasulullohning qanday tahorat olishlari to‘g‘risida so‘radi. U: «Idishda suv keltiringiz!»— dedi. So‘ng idishdan qo‘liga suv quyib, 3 marta yuvdi, keyin idishga qo‘lini tiqib suv oldida, 3 marta og‘iz va burun chayqadi, 3 marta yuzini yuvdi, ikki marta ikki qo‘lini tirsagigacha yuvdi. Keyin suv olib, mash tortdi, qo‘lini peshonasidan ensasigacha, ensasidan peshonasigacha bir marta yurgizdi».
AZON (AYTISH) KITOBI
140-bob. Namozxonning, toq rak’at qilganda, avval bir oz o‘tirib olib, keyin turmog‘i Molik ibn Huvayris Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdi. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam toq rak’at qilganlarida ham avval bir oz nafasni rostlab olib keyin turdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |