III. MASHG‘ULOT
1. Zukkoligingizni tekshirib ko‘ring. Oldingi ikki doiradagi
uchtadan sonlar bo‘ysunadigan qonuniyatni topsangiz, uchinchi
doiradagi bo‘shliqni to‘ldirish shuncha murakkab emasligiga ishonch
hosil qilasiz?
2. Vali maktabga velosipedda ketyapti. Dars soat 9 da boshlanadi.
Soat 8.40 da u yarim yo‘lga yetdi. Agar shu tezlik bilan yursa u
maktabga darsdan 10 minut oldin yetib keladi. Vali maktabga necha
minutda yetib boradi?
3. Kartoshka ekilgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yer maydoni
bo‘yi 80 metr, eni 20 metr qisqa har 100 kv.m yerdan 3 qop kartoshka
kavlab olindi. Maydondan necha qop kartoshka chiqadi?
4. 9 sonini istagan songa ko‘paytiring va hosil bo‘lgan natija
raqamlari yig‘indisi 9 ga qoldiqsiz bo‘linishini isbotlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |