GEOGRAFIYA 7-sinf II variant
1. Turon kichik o’lkasida qish oyi iqlimiga xos bo’lgan qaysi xususiyat Qozog’iston kichik o’lkasi iqlimi uchun xos emas?
A) Sovuq kunlarning ko’pligi B) Namlikning ko’p bo’lishi
C) Iliq kunlarning ko’p bo’lishi D) Qor qoplamining qalinligi
2. Topografik xaritalarda gorizontallar bir-biriga yaqin o'tqazilgan bo'lsa nimani bildiradi?
A) Yonbag’irlar tikligini B) Yonbag’irlar qiyaligini C) Pastlikni D) Botiqni
3. Voqea va hodisalarning tarqoq usulda joylanishini ,elgilashda qanday shartli belgi usuli ishlatiladi?
A) Nuqta B) Chegara C) Chiziqli D) Rang berish
4. O’rta Osiyo tog’larida qancha tur o’simlik mavjud?
A) 5000 dan ortiq B) 6000 dan ortiq C) 7000 dan ortiq D) 8000 dan ortiq
5. O‘rta Osiyoning g‘arbiy va sharqiy chekka nuqtalari koordinatlari o‘rtasida necha daraja farq borligini toping.
A) 29,30 B) 31,20 C)33,10 D) 35,30
6. Quyidagi shaharlardan qaysi birida Quyosh 1 yilda 2 marta zenitda bo‘ladi?
A) Singapur (10 20′ shm. k.) B) Los- Anjelos (340 shm. k.)
C) Sankt- Peterburg (600 shm. k.) D) Buenos- Ayres (350 shm. k.)
7. Turkiston tog`idan shimoli-g`arbga qarab qaysi tog`lar ajralib chiqqan?
A) Morguzar va Chumqor B) Ugom va Qorjantov
С) Chotqol va Qizilnura D) Yakkabog` va Chaqchar
8. O`zbekiston hududi qaysi davlatlarning yer maydonini qo`shib hisoblasak ham ulardan 4 marta katta?
A) Belgiya, Gollandiya va Daniya B) Belgiya, Gollandiya va Shveysariya
С) Shveysariya, Buyuk Britaniya va Italiya D) Gollandiya, Italiya va Daniya
9. Qaysi daryoning uzunligi 397 km?
A) Chirchiqning B) Sangzorning С) Qashqadaryoning D) Surxondaryoning
10. O`zbekistonning 3400 m balandlikdan boshlanuvchi qor va muz suvlaridan to`yinadigan daryolari qaysi javobda berilgan?
A) Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, So`x, Isfara
B) Sirdaryo, Norin, Qoradaryo, Chirchiq, Surxondaryo
С) Qashqadaryo, G`uzordaryo, Sangzor, Ohangaron, G`ovasoy
D) Zominsuv, Sheroboddaryo, Tursundaryo
11. Qishda — yanvarda o`rtacha harorat O`zbekistonning qaysi qismida eng past hisoblanadi?
A) Samarqandda B) Ustyurtda C) Termizda D) Toshkentda
12. Chirchiq-Ohangaron tabiiy-geografik o`lkasi qaysi tabiiy obyektlarni o’z ichiga oladi?
A) G`arbiy Tyanshan tog`larining bir qismini hamda Chirchiq va Ohangaron vodiylarini, shuningdek, Dengizko’l ko’`lini
B) Janubiy Tyanshan tog`larining bir qismini hamda Chirchiq va Ohangaron vodiylarini, shuningdek, Dalvarzin cho`lini
C) G`arbiy Tyanshan tog`larining bir qismini hamda Chirchiq va Ohangaron vodiylarini, shuningdek, Dalvarzin cho`lini
D) G`arbiy Tyanshan tog`larining bir qismini hamda Norin va Qoradaryo vodiylarini, shuningdek, Dalvarzin cho`lini
13. Farg`ona vodiysidagi ko’llar qaysi javobda keltirilgan?
A) Sariqamish, Sudochye, Ziyko`l B) Axsikentko`l, Damko`l
С) Ulug`sho`rko`l, Abilko`l, Oqko`l, Bo`ztovko`l D) Chordara, Qayroqqum, Chorvoq
14. Zanzibar orollarini, Viktoriya ko’lini va Nil daryosining boshlanish irmogi’ Kagera ekanligini kim aniqladi?
A) Vavilov B) Stenli C) Lingviston D) Vasko-da Gama
15. Qaysi mintaqada samum va hamsin shamoli esib qum bo’roni bo’lib turadi?
A) Ekvatorial B) Subekvatorial C) Tropik D) Subtropik
16. 3309 m balandlikka ega bo’lgan tog`?
A) Kichik Chimyon B) Katta Chimyon C) Beshtar D) Boboyiyob
17. Tibesti tog’ining balandligi qancha?
A) 3415 m B) 3426 m C) 3452 m D) 4521 m
18. Kongo daryosining Lukuga irmog’i qayerdan boshlanadi?
A) Viktoriya ko’lidan B) Tanganika ko’lidan C) Efiopiya tog’idan D) Drakon tog’idan
19. Afrikaning Hind okeani havzasidagi eng yirik daryosi qaysi?
20. Antarktikaning maydoni qancha?
21. Irbis deb qaysi hayvon ataladi?
22. Braziliya yassi tog’ligining barcha daryolari nimadan to’yinadi?
23. Suvaysh kanali qachon ishga tushirilgan?
24.Tog’ning etagida havoning bosimi 750mm, cho’qqisida 400 mm ga teng bo’lsa, tog’ning nisbiy balandligini aniqlang ?
25. Janubiy Amerika tekislik hududida qaysi kichik o’lkalar ajraladi?
Специализированная
Do'stlaringiz bilan baham: |