GEOGRAFIYA 7-sinf I variant
1. To'rg'ay Platosi qaysi tog'lar orasida joylashgan.
A) Sulton Uvays va Yetimtov B) Zarafshon va Turkiston
C) Oqtog' va Qoratov D) Mug'ojar va Ulutov
2. Qumli cho’l o’simliklarining asosiy o’t o’simligi qaysi?
A) Arpag'on B) Qo'ng'irbosh C) Boychechak D) Iloq
3. Voqea hodisalarning haqiqiy o'lchamlari qanday shartli belgilar yordamida belgilanadi.
A) Masshtabli B) Masshtabsiz C) Chiziqli D) Yozuvli
4. Quydagi variantlarning qaysi birida mamlakatimizdagi tuz koni noto‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Ingichka B) Borsakelmas C) Xo‘jaikon D) Boybichakon
5. Dunyodagi eng baland va eng keng sharsharani belgilang.
1) Viktoriya; 2) Zambezi; 3) Anxel 4) Iguasu; 5) Gersoppa; 6) Tugel; 7) Niagara; 8) Livingston.
А) 1,7 В) 2, 5С) 3, 4 D) 6, 8
6. Xitoy sayyohi Chjan-Syan O‘rta Osiyoning qaysi hududlarini o‘rgangan?
A) Farg‘ona va Xorazm tabiati Issiqko‘l atrofi B) Issiqko‘l atrofi, Xorazm va Zarafshon vodiysi
C) Issiqko‘l atrofi, Farg‘ona, Murg‘ob va Zarasfshon vodiysi D) Farg‘ona va Xorazm vodiysi
7. 1868-yilda qaysi shaharda kuchli zilzila bo`lib o`tganligi tarixiy hujjatlarda qayd qilingan?
A) Urgutda B) Buxoroda С) Urganchda D) Samarqandda
8. O`zbekistonda qanday jonzotlarning 57 turi bor?
A) Sutemizuvchilarning B) sudralib yuruvchilarning
С) Qushlarning D) baliqlarning
9. O`zbekistonning shimoliy qismiga yozda (22-iyunda) quyosh necha gradus burchak hosil qilib tushadi?
A) 71 - 72° B) 76 ° С) 73° D) 74 - 75°
10. So`nggi yillarda O`zbekistonda qancha shifobaxsh mineral suv manbayi aniqlandi?
A) 60 dan ortiq B) 50 dan ortiq С) 40 dan ortiq D) 30 dan ortiq
11. Quyidagi noyob o`simlik turlaridan qaysilari “O`zbekiston Qizil kitobi” kiritilgan?
A) Karovin shirachi, Turkiston yovvoyi noki, yovvoyi anor B) Zarafshon piyozi, tog`piyoz, yantoq
С) O`zbekiston lolasi, yovvoyi anjir, qo’g`a D) Yovvoyi uzum, chinnigul, qamish
12. O`zbekiston daryolari energiya resurslari jihatidan O`rta Osiyoda qaysi davlatlardan so`ng uchinchi o`rinda turadi?
A) Tojikiston va Qirg`izistondan so`ng B) Tojikiston va Qozog`istondan so`ng
С) Turkmaniston va Qirg`izistondan so`ng D) Qozog`ston va Qirg`izistondan so`ng
13. Maorilar Yangi Zelandiya aholisining necha foizini egallaydi?
A) 8% B) 9% C) 10% D) 15%
14. Melaneziya so’zining ma’nosi nima?
A) Qora orollar B) kichik orollar C) ko’p orollar D) yirik orollar
15. Vulqon orollarni belgilang.
A) Gavaiy, Pasxa, Tuamotu B) Yangi Gveniya, Pasxa, Tuamotu
C) Gavaiy, Marjon, Tuamotu D) Gavaiy, Pasxa, Yangi Zelandiya
16.Subtropik iqlim mintaqasi Shimoliy Amerikaning qaysi hududlarini egallaydi?
A) 400 sh.k dan Meksika qo’ltig’i oralig’idagi hududlarni
B) 500sh.k dan Meksika qo’ltig’i oralig’idagi hududlarni
C) 400 sh.k dan Gudzon qo’ltig’i oralig’idagi hududlarni
D) 500sh.k dan Gudzon qo’ltig’i oralig’idagi hududlarni
17. Missuri so’zining manosi nima?
A) Loyqa daryo B) katta daryo C) kichik daryo D) tiniq daryo
18. Shimoliy Amerika subarktika iqlim mintaqasi qanday havo massalari ta’sirida bo’ladi?
A) Yozda tropik, qishda arktika B) yozda mo’tadil, qishda subarktika
C) Yozda mo’tadil, qishda arktika D) yozda ekvatorial, qishda arktika
19. Panama kanali qachon ishga tushirilgan?
20. “Qayrilgan dengiz” nomi qaysi okeanga tegishli?
21. Qachondan boshlab ko’k kitni ovlash taqiqlangan?
22. Janubiy Amerika subekvatorial o’rmonlar zonasi qaysi hududlarni egallaydi?
23. Sambolar qaysi irqlarning chatishishidan hosil bo’ladi?
24. Missisipining deltasi har yili Meksika qo’ltig’i tomon necha metr o’sib boradi?
25. Makenzi daryosi qaysi havzaga quyiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |