Toxiriylar sulolasi - Toxiriylar sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahr va Xuroson mustaqil davlatga aylanishda dastlabki natijalarga erishdi. O'rta Osiyo Somoniylar sulolasidan bo'lmish aka-uka Nosir va Ismoil inb Ahmadlar xatti harakati tufayli to'la mustaqillikka erishdi.
Somoniylar sulolasi - Somoniylar sulolasiga asos solgan Somon yirik yer egasi bo'lgan. Manbalarning birida u Balx yaqinidan, ikkinchisida esa Samarqand atrofidan yoki Termizdan bo'lgan deb qayd etilgan. Somonxudot Somon qishlog'i oqsoqoli bo'lgan. Xalifa Ma'mun mahalliy hukmdorlardan Somonxudot avlodlari - uning nabiralariga Movarounnahr hududlarini boshqarish huquqini topshiradi. Asad ibn Somon o'g'illaridan Nuh Samarqandga, Ahmad Farg'onaga, Yahyo Shosh va Usturshonaga, Ilyos Chag'aniyon va Hirotga hokimlik qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |