Ix –mavzu. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi


Korxonaning narx siyosati va shakllanish strategiyasi



Download 51,2 Kb.
bet2/6
Sana15.11.2022
Hajmi51,2 Kb.
#865845
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-MAVZU Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi

9.2. Korxonaning narx siyosati va shakllanish strategiyasi

Narxning iqtisodiyotdagi о‘rni beqiyos bо‘lganidan uning har bir turidan oqilona foydalanish tadbirkorlik uchun muhim ahamiyatga ega. Shu sababli korxonalar va firmalar narx belgilashga katta e’tibor beradilar. Ular о‘zlarining narx strategiyasini ishlab chiqishda quyidagi maqsadlarni kо‘zlaydilar:


- tovar sotishni kо‘paytirish;
- kо‘proq foyda olish;
- о‘rnini muayyan mavqeini saqlab qolish.
Tovar sotishni kо‘paytirishdan uch natija kutiladi: a) tovar sotishni kо‘paytirish orqali bozorda о‘z xissasini oshi­rish, imkon bо‘lganda bozorni о‘z nazoratiga olish; b) har bir tovarni (tovar birligini) sotishdan tushadigan foydaning kamayishiga rozi bо‘lgan xolda tovarlarni kо‘plab sotish orqa­li keladigan yalpi foydani oshirish; v) tovarni kо‘p sotish natijasida uning hajmiga nisbatan savdo-sotiq xarajatlarini qisqartirish.
Bozordan raqiblarni surib chiqarib, о‘z mavqeini mustaxkamlash uchun firmalar maxsus narx qо‘llaydilar, uni bozorga kirib olish narxi yoki demping narx deb ataladi.
Bu narx raqibni sindirishga qaratilganligidan davlat uni ta’qiklaydi, shu sababli firmalar uni yashirin qо‘llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini kechib yuborish shaklida bо‘ladi.
Bozorda sotuvchi bilan xaridor о‘rtasidagi iqtisodiy munosabat bо‘lganidan narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Xaridor deganda, biz tovar va xizmatlarni iste’mol etuvchilar - fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun resurslarni sotib oluvchi firmalarni tushunamiz. Narxlarning shakllanishida tovarni ishlab chiqarishdan tortib, iste’molga yetgungacha bо‘lgan mehnat sarflari ishtirok etadi. Jamiki xarajatlar narx tarkibiga kiradi.
Narxni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidagicha:
1. Iqtisodiy xarajat darajasi;
2. Tovarlarning naflilik darajasi;
3. Tovarga bо‘lgan talab va uning taklifi;
4. Raqobat shakllari va usullari;
5. Tovarni iste’mol qilish vaqti.
Raqobat cheklangan bozorlarda (sof monopoliya, monopolistik raqobat, oligopoliya) ishlab chiqaruvchilarning о‘rni bozor narxlarini belgilovchi muhim omillardan hisoblanadi. Monopo­liya sharoitida bozorda bir turdagi mahsulotlar taklif qilinishi sababli narx ustidan tо‘liq nazorat amalga oshiriladi.
Bu degani monopolist ishlab chiqaruvchilarning narx belgilashdagi hukmronligi, iste’molchi daromadlari cheklanganligi bilan tо‘qnash qiladi. О‘rnini bosuvchi tovarlarning mavjudligi ham ularning narx belgilashdagi mutlaq imkoniyatini cheklaydi.
Oligopoliya sharoitida esa alohida ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) bir-biriga bog‘liq bо‘lganliklari sababli narxlarni mustaqil belgilashga botina olmaydilar. Faqat narx belgilashda yashirincha kelishishlari mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga о‘tish jarayonida narxning roli va ahamiyati beqiyosdir. Ma’lumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Bu iqtisodiyot Yer yuzidagi kо‘pgina davlatlarda turli darajada va о‘ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bor­moqda. Uning mohiyat belgilarini eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida kо‘rish mumkin. Shunday belgilaridan biri, narxlarning liberallashuvi, narx-navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi. U bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuvi asosida yuzaga keladi. Kelishilgan narxlar esa bozor munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul bilan о‘lchanadi. Bozor iqti­sodiyoti pulsiz bо‘lishi mumkin emas. Pul esa, iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bо‘lib, iqtisodiyotda о‘ta muhim rol о‘ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadri-qimmati, inflyatsiya, valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning kо‘zgusi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bо‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) о‘z izmini о‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifa­ti va narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bо‘ladi.
Narx shakllanishida raqobat muhim о‘rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki yutkazish narxni belgilashga ham bog‘liq. Raqobatlashuv jarayonida xaridor kо‘p bо‘lsa, yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar kо‘p bо‘lib, ular raqobatlashishsa, past narxlar vujudga keladi.
Raqobat kurashida xarajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan о‘ta past narxlar ham paydo bо‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xо‘jalikni oqilona yuritish esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan foydalanishni talab qiladi.
Korxonflar raqobat kurashida iste’molchilarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, narxlar diversifikatsiyasi uch xil bо‘lishi mumkin: Istemolchi daromadiga kо‘ra istemolchi xajmiga kо‘ra va tovarlar turiga kо‘ra.
Istemolchilarni daromadiga kо‘ra narxlarni belgilashning ideal varianti har bir xaridorning imkoniyatidan kelib Chiqib, u sotib oladigan har bir tovarga maksimal narxni xaridorning rezerv narxi deb qaraladi. Har bir xardor uChun rezerv narx belgilashdir.
Xaridor uChun rezerv narx belgilashda istemolChilarning daromadiga kо‘ra narxlarni ideal diversifikatsiyasilash deyiladi.
Ideal diversifikatsiyasi firma daromadi kanday bо‘lishini kо‘rib Chiqamiz. BirinChi navbatda firma monolog narx Rm da qanCha foyda olishini aniqlaymiz.
Buning uChun umumiy ishlab Chiqarilgan va sotilgan tovar xajmi Hm ning har bir qо‘shimCha ishlab Chiqarilgan va sotilgan birlik maxsulotdan olinadigan qо‘shimCha foydani qо‘shib Chiqamiz. Bu qо‘shimCha foyda AP=MR-MC ga teng. Ushbu Chekli daromad .MR birinChi maxsulot uChun maksimal bо‘lib, uning Chekli xarajati MS yeng mimnimaldir. Keyingi har bir qо‘shimCha mahsulot uChun Chekli daromad kamayib boradi, Chekli xarajat yesa ortib boradi.
Endi firma ideal diversifikatsiyadan foydalandi deylik. U maxsulot narxini har bir haridor uchun u tufayli mumkin bо‘lgan. Maksimal darajada qilib belgilaydi, va natijada Chekli daromad Chizig‘i, firma foydasini masimallashtiradigan ishlab Chiqarish bilan bog‘liq bо‘lmay qoladi. Har bir-birlik qushishga maxsulot sotishdan tushadigan qо‘shimcha foyda tovarga tо‘lanadigan narxga bog‘liq. Bog‘liq funksiya bshlib, chekli daromad chizig‘i talab Chizig‘i bilan ustma ust tushadi. Narx diversifikatsiyasi firmaning harajatlari tarkibiga tasir qilmaydi.

Download 51,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish