Ix –mavzu. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi



Download 51,2 Kb.
bet1/6
Sana15.11.2022
Hajmi51,2 Kb.
#865845
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-MAVZU Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi


IX –MAVZU. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi


9.1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari

Narx bozor kategoriyasi bо‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy ji­xatdan asoslangan narx va narxlash iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri hisoblanadi.


Narx siyosati davlat iqtisodiy siyosati va iqtisodiy strategiyasining muhim ajralmas qismidir. Shu sababli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda, mehnatkashlarning tashabbusi va omilkorligini rivojlantirishda narx bel­gilash siyosati alohida о‘rin egallaydi. Narxni hо‘jalik mexanizmi va о‘zini о‘zi pul bilan ta’minlashning ustuni deyish mumkin. Jamoaning va ayrim xodimning daromadlari, ular iqtisodiy manfaatlari narxning, ya’ni narxning tо‘g‘ri belgilanishiga bog‘liq.
Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini kо‘rsatib turadi, u pasayib ketsa, tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bо‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki sifati­ni yaxshilash zarurligi kun tartibiga qо‘yiladi.
Narx pul muomalasi holati, kreditlash samaradorligi va iqtisodiyotning moliyaviy sog‘lomligi bilan bog‘liq. Davlatning, korxona (firma)lar va ularda ishlovchilarning, umuman, aholining о‘zaro rejali bog‘lanishi narx yordamida amalga oshi­riladi, ijtimoiy resurslardan foydalanish ta’minlanadi, yalpi ichki mahsulotni hisobga olish va taqsimlash amalga oshirila­di. Narxni tovar qiymati belgilaydi, ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bо‘lishi mumkin. Bu esa, bozordagi о‘sha mahsulotga bо‘lgan talab va taklifga bog‘liq. Tovar narxsining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi darajasi va boshqa tovarlar о‘rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid quvvatiga ham bog‘liq bо‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx yordamida korxona­lar ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy muommolaridan biri, nima ishlab chiqarish foydali ekanligini hal etishdir. Narx tovar taklifi, aholining tо‘lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarining oshib yoki kamayib ketishi tо‘g‘risida korxona egalariga axborot beruvchi vosita hamdir. Narxning yana bir vazifasi qiymat о‘lchovidir. Bunda qilingan xarajatlar va olingan natija ma’lum bir narx yordamida hisob-kitob qilinadi.
Xо‘jalik yuritish amaliyotida esa narx muhim iqtisodiy vosita, dastak deb qaraladi. Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bо‘lib, ishlab chiqarishdagi mehnat sarflanishi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi. Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf etiladi. Ularning majmuasi - qiymatdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat - tovarni yaratishga ketgan ijtimo­iy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i, ehtiyojni qondira olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli bо‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qismi qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. Muayyan narx sharoitida kо‘proq foyda olish uchun xarajatlarni kamaytirish zarur.
Narxlar tovar-pul munosabatlari muomalasining shakli va realizatsiya qilinadigan mahsulot turiga kо‘ra farqlanadi. Narxning turlari bir-biri bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lib, ular yagona tizimi tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim elementlari quyidagilardir:
a) ulgurji narxlar. Ular firmalar о‘z mahsulotlarini katta hajmda boshqa firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganlirida qо‘llaniladi. Ulgurji narx korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni, zarur foyda olishni ta’minlanishi zarur;
b) chakana narxlar. Ulardan tovarlarni bevosita iste’molchilarga sotishda foydalaniladi. Bu narxlarga davlat savdosi, xususiy mulk egalari dо‘konlari va bozorda yuzaga kelayotgan narxlar kiradi. Chakana narx darajasi aholining peal daromadlari bilan belgilanadi.
v) xarid narxlari qishloq xо‘jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida ishlatiladi.
g) dunyo narxlari xalqaro savdo munosabatlarida qо‘llaniladi.
Narxlar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga о‘z vazifalari orqali ta’sir etadi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijlimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi narxni hosil qiladi.
Nazariy jihatdan olib qaralganda, narx - tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Amaliy jihatdan qaralganda esa, narx - muhim iqtisodiy vosita, dastak hisoblanadi. Ma’lum­ki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bо‘lib, ishlab chiqa­rishning о‘zidagi mehnat sarfi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi. Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf qilinadi, ularning majmuasi qiymat, demakdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i, ehtiyojni qondira olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli bо‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qism qiymatni yaratishda ishti­rok etmaydi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi narxni hosil qiladi.
Narxning iqtisodiy mazmunini uning fuksiyalari yaqqol kо‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bо‘lishidan qat’i nazar (tovar, xizmat, ish kuchi, qarz puli narxini — buning farqi yо‘q) besh asosiy funksiyani bajaradi:
1. Bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi. Bunda narx bozordagi talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.
2. Hisob-kitob, о‘lchov funksiyasi. Narx qiymatning pul­dagi ifodasi, chunki bajarilgan ish xajmi, foyda-zararning barchasi narx asosida hisob-kitob qilinadi.
3. Iqtisodiy regulyator funksiyasi. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy vositalaridan biridir. Undagi о‘zgarish bozor holati (konyukturasi)ni bildiradi.
4. Raqobat vositasi funksiyasi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuch, narx vositasida bellashuv raqobatning asosiy kо‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Fir­malar о‘z raqiblarini yengish, ularni bozordan siqib chiqarish uchun narxni о‘zgartirib turadilar.
5. Ijtimoiy himoya funksiyasi. Narx ayrim aholi toifalarini kambag‘allikdan saklash vazifasini о‘taydi. Odatda, aholining nochor va muhtoj qatlamlariga tovarlar arzonlashtirilgan narxlarda sotiladi.
Bular ijtimoiy dotatsiyalangan narxlar bо‘lib, ularni moliyaviy jihatdan davlat byudjeti yoki byudjetdan tashqari mablag‘lar ta’minlaydi. Dotatsiyalangan narxlarni davlat belgilaydi.
Bozor iqtisodiyotining о‘ziga xos tizimi borki, u о‘zaro bog‘langan, bir-birini taqozo etuvchi, ammo turli maqsadlarda qо‘llanuvchi narxlar majmuasidan tashkil topadi. Narxning shakllanish jarayoni murakkab bо‘lib, uning ishtirokchilari g‘oyat kо‘pchilikni tashkil etadi. Narxlar turli vazifalarni bajarganligi sababli ham ularning turi kо‘p.
Narxlarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
1. Ulgurji narxlar. Tovarlar kо‘tarasiga katta mikdorda sotilganda bu narxlardan foydalaniladi. Bunday narxni aso­san ulgurji savdo-sotiq olib boriladigan savdo markazlarida uchratish mumkin.
2. Chakana baxolar. Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda foydalaniladi. Bu narx о‘z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo tashkilotchilarining xarajati va foydasini oladi.
3. Nufuzli narxlar. Bu narxlardan obrо‘talab iste’molchilarga tovarlar sotilganda va xizmatlar kо‘rsatilganda foy­dalaniladi.
4. Dotatsiyali narxlar. Bunda tovarlar davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlarda olinadi.
5. Davlat narxlari. Bu ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan buyurtma berilganda qо‘llaniladi.
6. Mavsumiy narxlar. Bu mavsumiy ishlab chiqariladigan tovarlarga belgilanadi.
7. Milliy va jahon narxlari—alohida tovarning baynalmilal xarajatlari. Bunda jahon bozoridagi talab va taklif nisbati hisobga olinadi.
8. Standart narxlar. Xaridor chо‘ntagidagi pulga qarab, ma’lum davrgacha о‘zgarmaydigan kat’i standart narxlar qо‘llaniladi.
9. Preyskurant narxlar. Bu narxlar sotuvchi uchun muljal narx, xaridor uchun bildirishlik yoki ma’lumot narx hisoblanadi.
10. Ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun muzokaralarga tayyorgarlik kо‘rish mobaynida tadbirkor ent avvalo, о‘zi uchun maqbul bо‘lgan narx kо‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qiladi. Shu maqsadda u narxni uchga ajratadi. YA’ni maksimal (eng yuqori), minimal (eng past) va obyektiv narx.
Maksimal narx — (sotuvchi nuqtai nazaridan) - bu muzokaralarni shu narxdan boshlash mumkin bо‘lgan kо‘rsatkichidir.
Minimal narx — (qо‘shilishi mumkin bо‘lgan eng past narx) - bu tovar narxining shunday kо‘rsatkichiki, tadbirkor muzokaralar davomida undan tushmaslikka harakat qiladi.
Obyektiv narx — bu, tarkibida о‘rtacha sifat kо‘rsatkichlariga ega bо‘lgan u yoki bu tovarning о‘rtacha narxsidir.



Download 51,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish