6. Buxoroning qaysi amiri Qrim va Kavkazga borganida qimmatbaho sovg‘alar va saroylar sotib olar edi?
A) Amir Muzaffar B) Amir Abdulahad
C) Amir Olimxon D) Amir Nasrullo
7. XIX asr ikkinchi yarmida Buxoro amirligida aholining 90% ga yaqinini kimlar tashkil qilar edi?
A) dehqonlar B) savdogarlar C) hunarmandlar
D) chorvadorlar
8. 1917-yil 8-aprelda jadidlar qaysi shaharlarda namoyish o‘tkazishgan?
A) Kogon va Romitan B) Vardonze va Chorjo‘y
C) Kerki va Buxoro D) Kogon va Chorjo‘y
9. 1920 yilgi siyosiy-harbiy jarayonlardan keyin Amir Olimxon qayerga qochishga majbur bo‘ldi?
A) Xorazmga B) Afg‘onistonga C) Toshkentga
D) Orenburgga
10. Buxoroda tuzilga birinchi hukumat – Xalq nozirlari kengashiga kim boshchilik qilgan?
A) S.Inog‘omxo‘jayev B) Fayzulla Xo‘jayev
C) Fitrat D) Mahmudxo‘ja Behbudiy
11. Said Olimxon nechanchi yilda taxtga o‘tirgan?
A) 1910-yil B) 1893-yil C) 1918-yil D) 1905-yil
12. Qachon yosh buxoroliklar Chorjo‘yda qo‘zg‘olon uyushtirdilar?
A) 1918 yil 1-mart B) 1920 yil 6-oktabr
C) 1919 yil 2-mart D) 1920 yil 29-avgust
13. Said Olimxon Peterburgga o‘qishga borgan yilni aniqlang.
A) 1889-yil B) 1890-yil C) 1893-yil D) 1891-yil
14. “Inqilobchi yosh buxoroliklarning Turkistondagi markaziy buyrosi” tuzilgan yilni aniqlang.
A) 1910-yil B) 1920-yil C) 1918-yil D) 1917-yil
15. Yosh buxoroliklar amir hokimiyatining ag‘darilishi va demokratik tuzumning o‘rnatilishini mahalliy aholi orasida tashviqot qilish maqsadida qaysi matbuot nashrlarini tashkil qildi?
A) “Shuhrat” gazetasi va “El bayrog‘i” jurnali
B) “Xurshid” gazetasi va “Oyna” jurnali
C) “Uchqun” gazetasi va “Tong” jurnali
D) “Shuhrat” gazetasi va “Al-izoh” jurnali
16. XIX asr oxirida Buxoro amirligida paydo bo‘lgna telefon aloqasi qaysi obektlarni bog‘lagan edi?
A) Rossiya imperatorining siyosiy agentligi va qo‘shbegi uyi
B) Turkiston general-gubernatori uyi va Rossiya imperatorining siyosiy agentligi
C) Buxoro amiri Arki va Sirdaryo viloyati gubernatori uyi
D) Buxoro amiri Arki va Turkiston general-gubernatori uyi
17. Buxoro amirligi hududi orqali dastlabki temiryo‘l o‘tkazilganidan 30 yil o‘tib … .
A) amir manifest e’lon qildi
B) Toshkentda birinchi tramvay paydo bo‘ldi
C) amir hokimiyati ag‘darildi
D) qizil armiya tomonidan Buxoro egallandi
18. Buxoro amirligida faoliyat ko‘rsatgan jadid taraqqiyparvarlarini aniqlang.
A) Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy-Ajziy, Is’hoqxon Ibrat, Musajon Sayidjonov
B) Fayzulla Xo‘jayev, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Obidjon Mahmudov, Abduqodir Muhitdinov
C) Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Abdulvohid Burhonov, Usmon Xo‘ja, Abduqodir Muhitdinov, Musajon Sayidjonov
D) Mirzo G‘ulom, Hamza, Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, Munavvar Qori, Abduqodir Muhitdinov, Musajon Sayidjonov
19. Buxoro amirligida xirmonlarni xatga olgan shaxs foydasiga aholidan qanday soliq undirilgan?
A) dorug‘ayi muzd B) kafsan C) tanobona
D) yaksara
20. Buxoro amiri 1917-yil e’lon qilgan farmonida qaysi tadbirlarni amalga oshirishni va’da bergan edi?
1) odil sudlov, xiroj, zakot va boshqa soliqlarni undirishning barqaror asosini yaratish; 2) mehnat majburiyatlari bekor qilinishi; 3) amaldorlarga xizmat yuzasidan vazifalarni ijro etish chog‘ida qo‘shimcha ustama haq olish taqiqlanishi; 4) savdogarlar erkin savdo agentliklarini tuzish; 5) amaldorlarga davlat tomonidan belgilangan maosh tashkil etish; 6) mamlakat uchun foydali bilimlarni rivojlantirish va rag‘batlantirish; 7) amir xazinasidan tashqari davlat xazinasini tashkil qilish; 8) davlat kirim va chiqimlarini belgilaydigan byudjet tashkil qilish; 9) bosmaxonalar ochish; 10) maxbuslarni zindondan ozod etish;
A) 1, 2, 3, 4, 5, 7 B) 1, 2, 4, 6, 8, 10
C) 1, 2, 4, 5, 7, 9, 10 D) 1, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10
21. Buxoro amirligida qaysi lavozim ahamiyati va mavqeyi jihatidan qushbegidan keyingi o‘rinda turgan?
A) Devonbegi B) Shayxulislom C) Ko‘kaldosh D) Mehtar
22. Buxoro amirligida ko‘tarilgan nechanchi yilgi qo‘zg‘olon Pomir chegara qo‘shinlari ko‘magi bilan bostirilgan?
A) 1888-yilgi B) 1889-yilgi C) 1891-yilgi
D) 1885-yilgi
23. Buxoro amiri Abdulahad hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.
A) 1880-1918-yillar B) 1886-1910-yillar
C) 1885-1910-yillar D) 1893-1911-yillar
24. Kalif dehqonlari nechanchi yil qo‘zg‘olon ko‘tardi?
A) 1888-yil B) 1889-yil C) 1891-yil D) 1885-yil
25. Arabcha “o‘ta fidoyi” ma’nosini anglatadigan atamani aniqlang.
A) mutaassib B) radikal C) konservativ
D) liberal
26. Buxoro amiri Olimxon Peterburgda qancha vaqt ta’lim olgan edi?
A) 2 yil B) 13 yil C) 7 yil D) 3 yil
27. Qachondan boshlab Buxoro amirligida rus qishloqlari paydo bo‘la boshladi?
A) 1886-yil B) 1888-yil C) 1880-yil D) 1890-yil
28.Buxoro amirligida bog‘ va polizlar uchun qanday soliqlar undirilgan?
A) dorug‘a B) ushr C) tanobona D) yaksara
29. Buxoro amirligini Moskva bilan bog‘laydigan temiryo‘l qaysi hududlar orqali o‘tar edi?
A) Toshkent, Orenburg
B) Krasnavodsk, Mang‘ishloq
C) Verniy, Avliyoota, Astraxan
D) Turkiston, Almati, Petropavlovsk
30. Rossiyaning Afg‘oniston bilan olib boriladigan savdosi qaysi hudud orqali o‘tar edi?
A) Qo‘qon xonligi B) Xiva xonligi
C) Turkmanlar yerlari D) Buxoro amirligi
31. “Yosh buxoroliklar” iborasi qay tariqa paydo bo‘lgan edi?
A) jadid maktablarini bitirgan buxorolik yoshlarning ijodiy faoliyati natijasida
B) Fayzulla Xo‘jayev va Mahmudxo‘ja Behbudiy tarafdorlarining madaniy islohotlari natijasida
C) amirdan yangi farmonni e’lon qilishni talab qilish uchun tuzulgan inqilobiy qo‘mita nomidan olingan
D) jadidlarning o‘zlarini boshqa hududdagi taraqqiyparvarlardan ustunligini ko‘rsatishi natijasida
32. 1917-yil Buxoro amirining farmoni e’lon qilingan bo‘lib, bu farmonni qo‘llab-quvvatlagan vazmin va bosiq yosh buxoroliklar vakillarini aniqlang.
A) Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mullaxon o‘g‘li, Mirzo G‘ulom
B) Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Usmon Xo‘ja
C) Mirzo G‘ulom, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat
D) Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy
33. XIX asr oxirida Buxoro amirligi aholisi qancha bo‘lgan?
A) 3 mln. atrofida B) 2 mln. atrofida
C) 1,5 mln. atrofida D) 2,5 mln. atrofida
34. 1917-yil Buxoro amirining e’lon qilgan farmonidan qoniqmagan holda islohotlarni yanada chuqurlashtirish tarafdori bo‘lgan radikal harakat vakillarini aniqlang.
A) Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mullaxon o‘g‘li, Mirzo G‘ulom
B) Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Usmon Xo‘ja
C) Mirzo G‘ulom, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat
D) Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy
35. Vose qo‘zg‘oloni nechanchi yilda bo‘lgan edi?
A) 1888-yil B) 1889-yil C) 1886-yil D) 1885-yil
36. Keskin va qat’iy chora-tadbirlar tarafdorlari nima deb atalgan?
A) liberal B) mutaassib C) radikal D) tolerant
37. Buxoro amiri xazinasini ro‘yxatga olgan amirlik qushbegisini aniqlang.
A) Mirzo Nasrullo B) Amir Sayfiy
C) Islomxo‘ja D) Mirzo Rizoqul
38. 1917-yil 8-aprelda namoyish o‘tkazgan jadidlarga kimlar rahnamolik qilgan?
A) Usmon Xo‘ja va Mahmudxo‘ja Behbudiy
B) Fayzulla Xo‘jayev va Abdurauf Fitrat
C) Musajon Saidjonov va Sadriddin Ayniy
D) Fayzulla Xo‘jayev va Abduqodir Muhitdinov
39. Baljuvon bekligida ko‘tarilgan Vose qo‘zg‘olonining sababi nima edi?
A) beklik aholisining bir yilda ikki marta mehnat majburiyatiga jalb qilinishi
B) oldingi hosilsiz yillar uchun ham o‘sha yilning o‘zida soliqlarni yig‘ishga intilish
C) harbiylikdan bosh tortgan aholiga nisbatan ikki baravar “qozon puli” solig‘ining joriy etilishi
D) kafsan solig‘ining oshirib yuborilishi
40. Amir Muzaffar davrida Buxoro amirligida ko‘tarilgan eng yirik qo‘zg‘olonlardan birini aniqlang.
A) Yetimxon qo‘zg‘oloni B) Ko‘lob qo‘zg‘oloni
C) Darvishxon qo‘zg‘oloni D) Vose qo‘zg‘oloni
41. XIX asr ikkinchi yarmida Xiva xonligida turli majburiyatlar, doimiy yoki favqulodda soliqlarning ... turi mavjud bo‘lgan.
A) 18 B) 20 C) 25 D) 15
42. 1873-yildan keyin Xiva xonligidagi yerlarning hosildor katta qismi Rossiya tasarrufiga o‘tishi oqibatida xonlik ma’muriyati sarf-xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qanday yo‘l bilan qoplay boshladi?
A) yangi soliqlar joriy qilish yoki ilgari mavjud bo‘lganlarini oshirish
B) turkmanlarning chorvasini oldingisiga qaraganda 40% kamaytirish va qolganlarini xazina hisobiga musodara qilish
C) vaqf yerlarini 40% gacha qisqartirib, xazina foydasiga dehqonlarga bo‘lib berish
D) vaqf yerlarini 20% gacha qisqartirib, xazina foydasiga dehqonlarga bo‘lib berish
43. Manbalarda qayd etilishicha, XIX asr oxirgi choragida Xiva xonligidagi 64 ta masjid va madrasa qancha yerga egalik qilar edi?
A) 48 ming tanobga yaqin
B) 205 ming tanobdan ziyod
C) 306 ming tanobga yaqin
D) 160 ming tanobdan ziyod
44. Xiva xonligida “cho‘ppuli” solig‘i ...
A) mehnat majburiyati haqida xabar berganlar foydasiga to‘langan
B) qo‘y va echkilarni qo‘rada qishlaganligi uchun olinadigan soliq
C) o‘tloqlardan foydalanganlik uchun to‘langan
D) mehnat majburiyatiga chiqmagan aholi to‘laydigan soliq
45. Manbalarda qayd etilishicha, XIX asr oxirida Xiva xonligida qancha ruhoniylar oilasi barcha soliqlardan ozod etilgan?
A) 3 ming atrofida B) 2 mingga yaqin
C) 1,5 ming atrofida D) 4 mingga yaqin
46. XIX asr oxirida Xivada qancha masjid bo‘lgan?
A) 140 ta B) 160 dan ortiq C) 154 ta
D) 80 ga yaqin
47. XIX asr oxirida Xiva xonligida faoliyat ko‘rsatgan madrasalarda ta’lim olish necha yilgacha bo‘lgan?
A) 10 yil B) 18 yil C) 21 yil D) 14 yil
48. XIX asr oxirida Xiva xonligida faoliyat ko‘rsatgan maktablar soni qanchani tashkil etgan?
A) 160 dan ortiq B) 1000 ga yaqin
C) 1,5 mingga yaqin D) 2 mingga yaqin
49. XIX asr oxirida Xiva xonligida oliy ta’lim hisoblangan madrasalarda asosiy fanlar sifatida qaysi fanlar o‘qitilgan?
A) arifmetika, geometriya, tarix, adabiyot
B) islom huquqi, biologiya, geometriya, tarix
C) matematika, adabiyot, mantiq, tarix
D) arab grammatikasi, islom huquqi, falsafa
50. XIX asr oxirida Xiva xonligida bosh vazir lavozimi egasi qanday nom bilan atalgan?
A) biy B) inoq C) devonbegi D) mehtar
51. Xiva xonligida muntazam qo‘shinni kim boshqargan?
A) yasovulboshi B) to‘pchiboshi
C) mirshabboshi D) amirlashkar
52. Rossiya hukumati Xiva xoni ustidan nazorat qilish maqsadida Kengash ta’sis etgan bo‘lib, Kengash a’zolaridan qanchasi rus hukumati vakillari edi?
A) 3 tasi B) 4 tasi C) 2 tasi D) 5 tasi
53. XIX asr oxirida Xiva xonligining muntazam qo‘shini qanchani tashkil qilgan?
A) 2000 B) 3000 C) 1500 D) 2500
54. XIX asr oxirida Xiva xonligida aholining 90% ini tashkil qilgan dehqonlar umumiy yerlarning qanchasiga egalik qilganlar?
A) 5% ga B) 10% ga C) 8% ga D) 7% ga
55. Xiva xonligida 1910-1915-yillarda kerosin va neft bilan ishlaydigan nechta sanoat korxonasi barpo etildi?
A) 92 ta B) 40 ta C) 81 ta D) 38 ta
56. 1917-yilda Buxoro amirligida nechta sanoat korxonasi bo‘lgan?
A) 92 ta B) 72 ta C) 81 ta D) 48 ta
57. XX asr boshlarida Yangi urganch shahrida tashkil qilingan paxta tozalash zavodlarining nechtasi mahalliy tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan?
A) 8 tasi B) 10 tasi C) 3 tasi D) 6 tasi
58. 1909-yilda tashkil etilgan “A-Meta” sindikati qaysi tadbirkorlarning kapitalini birlashtirgan edi?
A) Tojiniyozov-Baqqolov B) Rizayev-Solijonov
C) Madiyorov-Baqqolov D) Manuilov-Maksum
59. “Birgalikda ishlash” ma’nosini anglatuvchi atamani aniqlang.
A) kapital B) sindikat C) kasanachilik D) trest
60. Matyoqub pishiq boshchiligidagi qo‘zg‘olon qaysi tumanlarda bo‘lgan edi?
A) Xonqa, Hazorasp, Bog‘ot
B) Yangi Urganch, Pitnak, Xonqa
C) G‘azovot, Pitnak, Bog‘ot
D) Xonqa, Xo‘jayli, Ko‘hna Urganch
61. XIX asr ikkinchi yarmida Xiva xoni ustidan nazorat qilish uchun Kengash ta’sis etilgan bo‘lib, u necha kishidan iborat edi?
A) 4 kishi B) 7 kishi C) 5 kishi D) 9 kishi
62. XIX asr oxirida Xiva xonligi ma’muriy jihatdan nechta viloyatga bo‘lingan edi?
A) 40 ta B) 27 ta C) 20 ta D) 15 ta
63. Xiva xonligida jarchi foydasiga yig‘iladigan soliqni aniqlang.
A) “afanakpuli” B) “cho‘ppuli” C) “kafsan”
D) “dorug‘oyi”
64. XX asr boshida 11 ta paxta tozalash zavodlari qaysi shaharda joylashgan edi?
A) Gurlanda B) Qong‘irotda C) Mo‘ynoqda
D) Yangi Urganchda
65. XIX asr oxiri – XX boshlarida Xiva xonligida vujudga kelgan yangi shaharlarni aniqlang.
A) Yangi Urganch, Toshhovuz
B) Bog‘ot, Taxta, Mo‘ynoq
C) Gurlan, Qo‘ng‘irot, Yangi Urganch
Do'stlaringiz bilan baham: |