Iv-variant 1-topshiriq Diqqat nuqtasi nimalarni o’z ichiga oladi? (yozma)


Dirijor qo’l harakati bilan qanday ishoralarni ko’rsatadi? (yozma)



Download 25,6 Kb.
bet7/9
Sana16.01.2022
Hajmi25,6 Kb.
#377229
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.05711 Dirij.4-variant (1)

2. Dirijor qo’l harakati bilan qanday ishoralarni ko’rsatadi? (yozma)

Dirijyor qo’llarining diqqat nuqtasidan yuqori tomon ko’tarishi, yani auftakt ijrochilar uchun nafas olish jarayoni hisoblansa , qo’llarning quyiga tushib bir nuqtaga kelib qo’nishi ijroning boshlanishidan darak beradi va mana shu nuqta ijro nuqtasi deyiladi. Bu holda qo’lning tirsak va bilakni birlashtiruvchi bo’g’ini bel balandligida bo’lib , panja va bilak qismlari yerga qaratilgan bo’ladi va harakatning davomi aynan shu nuqtadan boshlanadi. Ijro nuqtasining asosiy vazifasi tashkilotchilikdan iborat. Ijro nuqtasi hamisha aniq va ravshan bo’lishi kerak. Aytish joiz-ki , nuqta deyilganda biz to’xtash ma’nosini emas, balki mazkur hissaning bir bo’lagi, deb tushunishimiz lozim. Ijroni uzish nuqtasi ham auftaktga o’hshash uch mavriddan iborat: 1. Ijrochilarning asarning oxiri akkordiga tayyorlab o’tkazish; 2. Ijroni uzishga tayyorlash; 3. Ijroni uzish. Birinchi mavridda dirijyor o’zining qo’l harakatlari bilan, ijrochilarni asar xarakteriga muvofiq oxirgi akkordga o’tkazish. Ikkinchi mavridda dirijyor ijrochilarga oxirgi akkordni cho’zdirib turib, uzishga tayyorlash. Nihoyat , uchinchi mavridda esa –dirijyor ijroni uzib to’xtashlarni ta’minlash zarur. Dirijyorlik apparatini o’rganish davrining boshlang’ich jarayonida , talaba uchun qo’l harakatining amplitudasi ovoz quvvatining mp, mf-dan , tezlik sur’at esa mo’tadil , yani o’rta me’yor dan oshmasligi ma’qul. Ijro tо‘xtalishini kо‘rsatish. Dirijorlikda ijroning vaqtincha yoki umuman tо‘xtatishning ahamiyati katta. Shu bois hali tо‘xtashni kо‘rsatuvchi usul ham juda muhim. Afsuski, aniq tо‘xtatishga murabbiylar aniq ijro boshlashga nisbatan kamroq e’tibor beradilar. Shu bois talabalar, odatda, bu usulni bо‘shroq о‘zlashtiradilar va tovush davomiyligini kо‘rsatilgan vaqtdan kechroq yoki ertaroq tо‘xtatadilar. Yangrashni tо‘xtatish ma’lum tayyorgarlikni talab etadi, chunki bunda barcha ijrochilar bir 63 vaqtda tо‘xtashlariga erishish darkor bо‘ladi. Bu yerda yana auftakt masalasi kо‘ndalang turadi. Bunda tegishli qо‘l harakati aniq, kо‘rimli, vaqt bо‘yicha mutanosib va dinamika bо‘yicha tiniq bо‘lishi kerak. Tovush tо‘xtalishini kо‘rsatish uchun harakat tanlashda tabiiylikdan kelib chiqish kerak, yani qо‘l harakati dirijor uchun qulay, orkestrga esa tushunarli bо‘lishi kerak. Odatda bu harakat u yoki bu darajada dumaloqroq chiziq yoki tо‘xtatish vaqtida dirijor qо‘lining qanday joylashganligiga qarab u yoki bu yо‘nalishdagi tо‘g‘ri chiziq shaklida bо‘ladi (о‘ziga — chapga, о‘zidan — о‘ngga yoki pastga). U yoki bu hollarda tо‘xtatishni kо‘rsatuvchi harakat uchun yо‘nalishni qanday tanlamoq zarur? Yangrashni tо‘xtatuvchi harakat sо‘nggi yangrovchi xissa tomonga yо‘nalishi kerakligini shu о‘rinda istisno hollarini aytib о‘tish joiz. Amaliyotda sо‘nggi yangrovchi xissa qisqa bо‘lganligi bois, tо‘liq tо‘ldirilmaganligi (8–li, 16– li, chorak) yoki tez sur’atda berilishiga duch kelamiz. Bunday hollarda tо‘xtatish harakatini aynan shunday xissada amalga oshirish kerakki, bunda harakatli yakunlovchi turtki bilan monandlik bо‘lishi lozim. Shuning uchun ham mazkul qо‘l harakati yо‘nalishi bu yerda ushbu xissa yо‘nalishiga tо‘g‘ri keladi. Tо‘xtatish harakati tezligi sо‘nggi xissaning qisqaligi yoki uning tez sur’ati bilan taqozo etilgan hollarda bu harakat sо‘nggi xissa tomon, yani, pastga yо‘naltirilgan tо‘g‘ri chiziq kо‘rinishiga ega bо‘ladi. Agar sо‘nggi yangrovchi xissa uzoqroq davom etsa yoki tо‘liq yangrasa, unda bu harakatni qо‘llash tavsiya etilmaydi, chunki sо‘nggi xissaning yangrashi tо‘liq ushlab turilmaydi. Bunday hollarda sо‘nggi yangrovchi xissa odatiy usul bilan taktlanadi, tо‘xtatish harakati ushbu xissa keyingi xissa boshlanguncha egallagan vaqti hisobiga bajariladi. Bunda dumaloqroq shakldagi harakat qо‘llaniladi. Uning ishlatilishi sо‘nggi xissa yangrashini tо‘ldirish uchun harakatni chо‘zish kerakligi bois taqozo etadi. Buni tez va sekin sur’atda bir xil meyorda bajarish kerak bо‘ladi. Tо‘xtatish harakatlarining barchasini yо‘nalishiga qarab shartli ravishda ikki guruhga bо‘lish mumkin.


Download 25,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish