Iv semestr 1-modul. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining umumiy masalalari



Download 89 Kb.
bet2/9
Sana02.03.2022
Hajmi89 Kb.
#479040
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-МАЪРУЗА

2. Qanday o‘qitish kerak? savoliga ta’lim berishning metodlari, metodik usullar, mashqlar sistemasi, qo‘llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish, amaliy ishlar sistemasini, dars, uning turlarini ishlab javob beradi.
3. Nega xuddi mana shunday o‘qitish kerak? Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali metodlarini o‘rganish, tanlash, asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish vazifalarini bajaradi.
Ona tili o‘qish metodikasi ta’imning turli bosqichlarida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlaydi, o‘qishning muvaffiyatini va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, uni bartaraf etish usullarini topadi.
Nutqiy va orfografik tipik xatolarni tekshiradi, uni oldini olish chora -tadbirlarini belgilaydi. Ona tili ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘rgatiladi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalarning nutqini o‘stirish nazarda tutiladi. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar nutqini o‘stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o‘zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.


Ona tili o‘qitish metodikasi fani to‘rt bo‘limni o‘z ichiga oladi:
1. Savod o‘rgatish metodikasi, ya’ni elementar o‘qish va yozishga o‘rgatish. Bolalarga savod o‘rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo‘yilgan masalalardandir. Chunki xalqning savodxonligi ozodlik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil O‘zbekiston Respublikamizda har bir kishining savodxon bo‘lishiga alohida e’tibor berilmoqda. 1-sinfga qadam qo‘ygan bolalarga barcha o‘quv qurollarining sovg‘a qilinishi prezident I.Karimovning kelajak avlodning savodxon, yuksak madaniyat egasi bo‘lib etishishlari uchun g‘amxo‘rligining bir namunasidir.
2. O‘qish metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish predmetining vazifasi birinchi navbatda bolalarni tez (me’yorida), to‘g‘ri, ongli va ifodali o‘qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
3. Grammatika va imlo metodikasi. Bu bo‘lim elementar to‘g‘ri yozuvga va husnixatga o‘rgatish ya’ni, grammatik tushunchalarni, boshlang‘ich imlo malakasini shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
4. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish metodikasi. Bu bo‘lim boshlang‘ich sinflarda alohida o‘rin tutadi. Bolalar birinchi marta tilni, nutqni o‘quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o‘ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o‘zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og‘zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.
Metodika bolalarning nutqini boyitishni sintaktik va bog‘lanishli nutqini o‘stirishni ham ta’minlashi kerak.
Shuni aytib o‘tish kerakki, bog‘lanishli nutq maktablarda alohida bo‘lim sifatida o‘rganilmaydi. U til fanining boshqa bo‘limlari bilan bog‘langan holda o‘rganiladi.

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish