Yangi mavzuni bayoni: Olinishi. Tuzlarni ko‘p usullar yordamida olish mumkin. Quyidagi jadvalda tuzlarni olish usullari keltirilgan. 1. Metallning metallmas bilan ta’sirlashuvidan: Fe + S = FeS.
2. Metallarning kislota bilan ta’sirlashuvidan : Zn + 2HC1 = ZnCl2 + H2↑.
3. Metallarning tuz bilan ta’sirlashuvidan : Cu + Hg(NO3)2 = Cu(NO3)2 + Hg.
4. Amfoter oksid hosil qiluvchi metallarning ishqorlar bilan ta’sirlashuvidan: Zn + 2NaOH = Na2ZnO2 + H2↑. 5. Asosli oksidlarning kislotalar bilan ta’sirlashuvidan: CaO + 2HC1 = CaCl2 + H2O.
6. Asosli oksidlarning kislotali oksidlar bilan ta’sirlashuvidan: MgO + SiO2 = MgSiO3.
7. Asoslarning kislotalar bilan ta’sirlashuvidan: 2KOH + H2SO4 = K2SO4 + 2H2O;
KOH + H2SO4 = KHSO4 + H2O; Bi(OH)3 + HCl = Bi(OH)2Cl + H2O.
8. Asoslarning kislotali oksidlar bilan ta’sirlashuvidan: NaOH + CO2 = NaHCO3; 2NaOH + CO2= Na2CO3 + H2O. 9. Ishqorlarning tuzlar bilan ta’sirlashuvidan:
CuCl2 + NaOH = Cu(OH)Cl + NaCl; CuCl2 + 2NaOH = Cu(OH)2 + 2NaCl.
10. Ishqorlarning metallmaslar bilan ta’sirlashuvidan: 2NaOH + Cl2 = NaCl + NaClO + H2O.
11. Tuzlarning kislotalar bilan ta’sirlashuvidan: BaCl2 + H2SO4 = BaSO4 + 2HC1.
12. Tuzlarning kislotali oksidlar bilan ta’sirlashuvidan:
Na2CO3 + SiO2 = Na2SiO3 + CO2; CaCO3 + CO2 + H2O = Ca(HCO3)2.
13. Tuzlarning tuzlar bilan ta’sirlashuvidan: Ba(NO3)2 + Na2SO4 = BaSO4 + 2NaNO3.
14. Tuzlarning metallmaslar bilan ta’sirlashuvidan: 2KJ + Cl2 = 2KC1 + J2.
Fizik xossalari. Tuzlar — kristall tuzilishdagi qattiq, turli rangdagi moddalar bo‘lib, suvda har xil erish qobiliyatiga ega. Tuzlar tarkibida kristallizatsion suv tutishi mumkin .Tuzlar namunalari hamda mis sulfat CuSO4 va kristallizatsion suv tutgan mis kuporosi CuSO4·5H2O Kimyoviy xossalari.Tuzlar kimyoviy jihatdan faol moddalar bo‘lib ko‘plab o‘zgarishlarga uchraydi. 1. Tuzlar ishqorlar bilan ta’sirlashadi: yangi tuz va yangi asos yoki asosli tuz hosil bo‘ladi: MgCl2 + 2NaOH = Mg(OH)2 + 2NaCl; MgCl2 + NaOH = Mg(OH)Cl + NaCl.
2. Tuzlar kislotalar bilan ta’sirlashadi : Yangi kislota va yangi o‘rta tuz hosil bo‘ladi:
Ba(NO3)2 + H2SO4 = BaSO4↓+ 2HNO3. Nordon va o‘rta tuz hosil bo‘ladi: Ca3(PO4)2 + 2H2SO4 = Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4. Faqat nordon tuz hosil bo‘ladi: Na2S + H2S = 2NaHS.
3. Tuzlar o‘zaro ta’sirlashadi: yangi tuzlar hosil bo‘ladi, agar eruvchanligi yomon tuz hosil bo‘lsa, bu almashinuv reaksiyasi oxirigacha boradi AgNO3 + NaJ = NaNO3 + AgJ↓. AgNO3 va NaJ dan AgJcho‘kmasi hosilbo‘lishi
4. Tuzlar metallar bilan ta’sirlashadi: yangi tuz va metall hosil bo‘ladi. Metallarning faollik qatorida turgan har bir metall o‘zidan o‘ng tarafda turgan metallni tuzidan siqib chiqaradi, lekin o‘zidan chap tarafda turgan metallarni tuzlaridan siqib chiqara olmaydi. Magniydan chap tarafda turgan metallar (Li, K, Ba, Ca, Na va b.) suv bilan reaksiyaga kirishib ketishi tufayli tuzlardan metallarni siqib chiqarish uchun qo‘llanilmaydi.
CuSO4 + Fe = FeSO4 + Cu↓ Hg(NO3)2 + Cu = Cu(NO3)2 + Hg
Do'stlaringiz bilan baham: |