3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Mashg’ulot bosqichlari:
№
|
Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 7.Toshkent-2009. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism:1.Salomlashish. 2. Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: Olinishi.Kislotalarni quyidagi usullar yordamida olinadi:
1. Kislorodli kislotalarni kislotali oksidlar bilan suvning o‘zaro ta’siri natijasida olish mumkin:
P2O5 + 3H2O = 2H3PO4; SO2 + H2O = H2SO3.
2. Kislorodsiz kislotalarni metallmaslarning vodorod bilan ta’sirlashuvi mahsulotlarini suvda eritib olish mumkin:
H2 + Cl2 = 2HC1 (suvdagi eritmasi xlorid kislota); H2 + S = H2S (suvdagi eritmasi sulfid kislota).
3. Kislotalarni ularning tuzlariga boshqa kislotalarni ta’sir ettirib olish mumkin:
2CH3COONa + H2SO4 = 2CH3COOH + Na2SO4; FeS + 2HC1 = FeCl2 + H2S↑;
NaCl + H2SO4(kons.) = NaHSO4 + HCl↑; Na2SiO3 + 2HC1 = H2SiO3↓+ 2NaCl.
Fizik xossalari.Kislotalar qattiq (borat, ortofosfat kislotalari), suyuq (sulfat, nitrat kislotalar) bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi suvda yaxshi eriydi va ayrim gazlarning (vodorod xlorid HCl, vodorod bromid HBr, vodorod sulfid H2S) suvda eritmalari ham kislotalar bo‘lib hisoblanadi. Kislota molekulalarida vodorod kislota qoldiqlari bilan bog‘langan holdabo‘ladi.
Kimyoviy xossalari.Kislotalarning kimyoviy xossalari ularni ancha faol moddalar ekanligini ko‘rsatadi:
1. Kislotalar ko‘p indikatorlar rangini o‘zgartiradi. Masalan, quyidagi jadvalda indikatorarning kislotalar ta’sirida rang o‘zgartirishlari keltirilgan.
Indikator nomi
|
Neytral eritmadagi rangi
|
Kislota eritmasidagi rangi
|
Lakmus
|
Binafsha
|
Qizil
|
Fenolftalein
|
Rangsiz
|
Rangsiz
|
Metil zarg‘ aldog‘ i
|
To‘q sariq
|
Qizil
|
2. Kislotalar asoslar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi): H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O; HCl + Mg(OH)2 = Mg(OH)Cl + H2O; H3PO4 + KOH = KH2PO4 + H2O.
3. Kislotalar asosli oksidlar bilan ta’sirlashadi va tuz va suv hosil qiladi (bu reaksiya ham neytrallanish reaksiyasiga misol bo‘ladi): 2HNO3 + CaO = Ca(NO3)2 + H2O.
4. Kislotalar metallar bilan ta’sirlashadi va tuz hamda sharoitga qarab vodorod ajralib chiqadi yoki boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi : Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2↑
Metallarning faollik qatorida vodoroddan chapda turgan metallar uni kislotalardan siqib chiqaradi, o‘ngda turganlari esa siqib chiqara olmaydi va bunda boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi : Cu + 4HNO3 (kons.) = Cu(NO3)2 + 2NO2↑ + 2H2O.
Vodorodni siqib chiqaradi
|
H2
|
Vodorodni siqib chiqara olmaydi
|
Li
|
Cs
|
K
|
Ca
|
Na
|
Mg
|
Al
|
Mn
|
Zn
|
Cr
|
Fe
|
Ni
|
Sn
|
Pb
|
Cu
|
Ag
|
Hg
|
Au
|
Pt
|
5. Kislotalar tuzlar bilan ta’sirlashadi va yangi kislota hamda tuz (sharoitga qarab o‘rta yoki nordon) hosil qiladi:
A)O‘rta tuz va yangi kislota; BaCl2 + H2SO4 (suyul.) = BaSO4↓ + 2HC1.
B) Nordon tuz va yangi kislota NaCl + H2SO4 (kons.) =NaHSO4 + HCl↑.
Do'stlaringiz bilan baham: |