Iv bob. Aholi statistikasi


 Aholining tabiiy harakati statistikasi



Download 248,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana13.04.2022
Hajmi248,79 Kb.
#549149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AHOLI STATISTIKASI

4.4. Aholining tabiiy harakati statistikasi.
Har qanday hududning aholi soni uning tuzilishi, tug‘ilishi, vafot 
etishi va migratsiyasi hisobiga o ‘zgarib turadi. Aholi sonini tug‘ilishlar va 
vafot etishlar hisobiga o ‘zgarishi aholining tabiiy harakati deb ataladi.
Aholining tabiiy harakati avvalo mutloq ko‘rsatkichlar bilan 
ifodalanadi: tug‘ilishlar soni - T, vafot etganlar soni - VE, tabiiy o ‘sish 
soni - (T-VE). Shular qatoriga nikohdan o ‘tganlar soni - N o‘t va nikohdan 
o ‘chganlar soni - N o‘ch ko‘rsatkichlari ham kiradi.
Aholining tug‘ilishi, vafot etishi va tabiiy o ‘sish darajasi va o ‘zgarishi 
kishilar hayotining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga bog‘liq. Bu 
ko‘rsatkichlar avvalo ma’lum davr (masalan, bir yil) uchun mutloq 
miqdorlarda aniqlanadi va shu jarayonlar xaqida m a’lum fikr yuritish 
imkoniyatini bersa xam, lekin ular bunday tabiiy xarakatlarning 
intensivligi (tezligi) darajasini ifodalab bera olmaydi, chunki mamlakatlar 
aholisi soni xar xil. Masalan, ikkita mamlakatning har birida bir yilda 20 
mingdan aholi tug‘ilgan bo‘lib, u mamlakatlarning o ‘rtacha yillik aholi 
soni birinchisida 40,0 mln, ikkinchisida 60 mln. kishiga teng. Tug‘ilish 
darajasi qaysi mamlakatda yuqori yoki past ekanini aniqlash uchun bu 
jarayonlarning nisbiy darajalari aniqlanadi. Buning uchun tug‘ilish, vafot
59


etish va tabiiy o ‘sish absolyut sonini mamlakatning o ‘rtacha yillik aholi 
soniga bo‘lish kerak. Statistikada bunday ko‘rsatkichni har bir ming 
kishiga nisbatan (promilleda) ifodalanadi.
Aholining tabiiy xarakatini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichlarga 
quyidagilar kiradi:
Birinchi guruh - aholi tabiiy harakatining umumiy ko‘rsatkichlarini 
aniqlash uchun demografik hodisalar sonini aholining o ‘rtacha yillik 
soniga bo‘lib aniqlanadi.
1. Tug‘ilishning umumiy koeffitsienti m a’lum xududdagi aholining 
xar 1000 tasiga nechta tug‘ilish to ‘g ‘ri kelishini ifodalaydi
Tug‘ilish umumiy Kt=T x 1000%/A;
«A» shahrining o‘rtacha yillik aholi soni 400 ming kishi. 2004 yilda
5,6 ming kishi tug‘ilgan
Umumiy tug‘ilish K -5,6/400 x 1000%=14%0;
Demak, shahardagi har ming kishiga 14 bola tug‘ilganini ifodalaydi. 
Bu ko‘rsatkichni ham vaqt bo‘yicha, ham xududlar bo‘yicha solishtirish 
mumkin.
2. Vafot etishning umumiy koeffitsienti xar ming kishidan nechtasi 
vafot etganini ifodalaydi.
Umumiy vafot etish K -V E /A x 1000%0
«A» shaxrida 2004 yilda 4,0 ming kishi vafot etgan.
Umumiy vafot etish K-4,0/400x1000% =10% 0 
Demak, shahardagi har ming kishidan 10 tasi vafot etganini 
ifodalaydi.
3. Aholining tabiiy o ‘sish koeffitsienti xar 1000 kishiga to ‘g ‘ri kelgan 
tabiiy o ‘sish darajasini ko‘rsatadi.
Tabiiy o ‘sish K*=T-VE/A x 1000%
«A» shahri uchun tabiiy o ‘sish koeffitsienti 
Tabiiy o ‘sish K -5,6-4,0/400 x 1000%=4%0 yoki 
Tabiiy o ‘sish Kt=14-10=4%
Demak, shahardagi har ming kishiga 4ta tabiiy ko‘payish to ‘g ‘ri 
kelgan.
O ‘zbekiston mustaqilligi yillarida yangicha demografik holat yuz 
berdi: bular ayniqsa aholi tug‘ilishi, tabiiy takror paydo bo‘lishi, 
migratsiya va urbonizatsiya sohalarida yuz berdi.
Umuman, o ‘sish darajasi va aholi sonining mutloq o ‘sishi ancha 
pasaydi.
Keyingi o ‘n yil ichida (2001-2010 yy.) O ‘zbekiston aholisi 3,4 mln. 
kishiga ortdi va 28,3 mln. kishini tashkil etdi. O ‘rtacha har yil aholi
60


1,4%ga ortdi, yoki o ‘rtacha yillik absolyut o ‘sish - 375 ming kishini 
tashkil etdi.
Avvalgi o ‘n yillikda (1991-2000 yy.) O ‘zbekiston aholisi 3,9 mln. 
kishiga ortdi va 25,0 mln. kishini tashkil etdi. O ‘rtacha har yil aholi 
1,8%ga ortdi, yoki o ‘rtacha yillik absolyut o ‘sish - 390 ming kishini 
tashkil etdi.
Undan avvalgi o ‘n yilda (1981-1990 yy.) O ‘zbekiston aholisi 4,1 mln. 
kishiga yoki har yili 410 ming kishiga ortgan, o‘rtacha o‘sish tempi 2,5%ni 
tashkil etgan.
Undan ham avvalgi o ‘n yilda (1959-1970 yy.) esa mamlakat aholisi 
o ‘rtacha 3,8%ga ortgan.
4. 
Yashash koeffitsienti tug‘ilish va vafot etish orasidagi nisbatni 
ifodalaydi:
Yashash K -T /V E x 100%0; yoki
Yashash Kt=Umumiy tug‘ilish Kt/Umumiy vafot etish K
Yuqoridagi misolda «A» shaxrida yashash koeffitsienti =1,4 
(tug‘ilganlar soni vafot etganlar sonidan 1,4 marta ko‘p)ga teng.
Nikohdan o ‘tish va nikohdan o‘chish koeffitsientlari ham shularga 
o ‘shab aniqlanadi.
Ikkinchi guruh ko‘rsatkichlar - maxsus va yakka koeffitsientlar 
demografik jarayonlar sonini o ‘sha guruh aholi soni bilan solishtiriladi. Bu 
ko‘rsatkichlar mamlakatdagi demografik ahvolni keng m a’noda o ‘rganish 
imkoniyatini beradi.
1. Tug‘ilishning maxsus koeffitsienti yil davomida bola tug‘ish 
yoshidagi xar 1000 ayoldan (yosh guruhi 15-49 yosh) qanchasi bola 
ko‘rganini ifodalaydi:
Maxsus tug‘ilish Kt=T/A15-49 yosh x 1000%
Bunda, A 15-49 yosh - 15-49 yoshdagi ayollarning o‘rtacha yillik soni 
tug‘ilishning umumiy va maxsus koeffitsientlari orasida quyidagicha 
bog‘lanish mavjud:
Maxsus tug‘ilish Kt=Umumiy tug‘ilish Kt/d
Bunda d=A15-49/A - 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi 
salmog‘i.
«A» shahridagi 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi 
salmog‘i 24,5% bo‘lsa,
Maxsus tug‘ilish K -14% /0,245=57,1% 0
2. Tug‘ilish va vafot etishning yosh koeffitsientlari. Masalan, vafot 
etishning yosh koeffitsienti m a’lum yoshdagi kishilarning vafot etish 
darajasini ifodalaydi:
61


Vafot etish K -X yoshda vafot etganlar soni/Ax х 1000%
Uchinchi guruh - andozaviy koeffitsientlar bo‘lib, ular aholini takror 
paydo bo‘lishini hududlar bo‘yicha yoki bir hududdagi har xil vaqtlar 
orasidagi o ‘zgarishlarni aniqlash imkoniyatini beradi.

Download 248,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish